Parallelepiped (yun. parallelos — parallel va epipedon — tekislik) — qarama-qarshi yoklari oʻzaro parallel va teng parallelogrammlardan iborat oltiyoqlik.
Parallelepiped 8 uchi, 12 qirrasi boʻladi. Yon qirralari asos tekisligiga tik boʻlgan Parallelepiped toʻgʻri aks holda ogʻma Parallelepiped deyiladi. Toʻgʻri Parallelepipedning yon yoklari toʻgʻri toʻrtburchaklardan iborat. . Asosi toʻgʻri toʻrtburchakdan iborat Parallelepiped toʻgʻri burchakli Parallelepiped deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |