2. Bo`laklarga ajratish usuli. Agar jism murakkab geometrik shaklda bo‘lsa, og‘irlik markazini topish uchun uni oddiy geometrik shakldagi bir qancha bo‘laklarga ajratilgan deb faraz qilinadi (shunday qilish mumkin bo‘lsa) va (1), (2) yoki (3) formulalardan murakkab shakldagi jism og‘irlik markazining koordinatalari topiladi. Bu erda lar mos ravishda hajmga, yuzaga yoki uzunlikka ega bo‘lgan murakkab shakldagi jismning bo‘laklarining hajmi, yuzasi yoki uzunligi; lar esa shu bo‘laklarning og‘irlik markazlarining tegishli koordinatalari. Agar murakkab shakldagi jismning birorta bo‘lagi kesib olingan holda bo‘lsa unga shu bo‘lagini fikran qo‘shish va yuqorida aytilgan bo‘yicha og‘irlik markazini koordinatalarini (1), (2) yoki (3) formulalardan topiladi. Faqat bunda fikran qo‘shilgan bo‘lakning hajmi, yuzasi yoki uzunligi manfiy ishora bilan olinishi kerak (kesib olingan bo‘lagi bo‘lgani uchun).
Do'stlaringiz bilan baham: |