Parafinlarni sulfoxlorlash. Alkansulfonatlar olish texnologiyasi. Parafinlarni sulfooksidlash jarayoni texnologiyasi. Spirt va olefinlarni sulfatlash



Download 53,06 Kb.
Sana11.03.2022
Hajmi53,06 Kb.
#490712
Bog'liq
sulfoxlarlash


Parafinlarni sulfoxlorlash. Alkansulfonatlar olish texnologiyasi. Parafinlarni sulfooksidlash jarayoni texnologiyasi. Spirt va olefinlarni sulfatlash
Alkilarensulfonatlar turidagi SFM tarkibi aromatik yadro (gidrofob qism) bog'langan alkil guruhi va gidrofil sulfonat guruhi SO2ONa iborat. Ularni ikki guruhga ajratish mumkin:
1) neft sulfonatlari. Ularni neft fraksiyalarini sulfirlash bilan olinadi: 2) sintetik sulfonatlar.
Neft alkilarensulfonatlarini turli neft fraksiyalariga oleum bilan ishlov berish orqali olinadi. Neft sulfonatlarining sirt faolligi sintetik sulfonatlarga nisbatan ancha past boiadi, lekin narxi arzon. Ular o'tkir hidli, rangli boiganligi sababli, kir yuvish vositalari tayyorlashda juda kam foydalaniladi, lekin ular moylarga qovushqoq prisadkalar, neft sanoatida emulgator va deemulgator flotatsiya agentlari sifatida qo'llaniladi.
Sintetik alkilarensulfonatlar (sulfonollar) asosiy sintetik yuvish moddalari hisoblanadi. Eng birinchi yuvish vositasi nekalni naftalinni izopropanol (yoki izobutanol) va H2SO4 ishlov berish bilan olingan. Sulfat kislota bilan bir vaqtni o'zida alkillash katalizatori va sulfirlash vositasi vazifasini bajaradi, bunda yadroga o'rtacha ikkita alkil guruhi kiritiladi:
CI0H8 + 2ROH + H2SO4 → R2C10H5SO2OH + 3H2O
Alkilarensulfonatlar sintez qilish uchun alkil guruhi C10-C15bo'lgan alkilbenzollar qo'llaniladi. Hozirgi vaqtda alkil guruhi manbai sifatida parafinli neftlarning kerosin fraksiyasi, yumshoq parafinlar, n-olefinlar (α-olefinlar) yoki qo'shbog'i ichki holatda bo'lgan olefinlar qo'llaniladi.
Alkilarensulfonatlar-qattiq kristall moddalardir. Alkil guruhi tarmoqlanganda, ular suvda yaxshi eriydi, to'g'ri zanjirli va alkil guruhi uzoqlashgan sulfonatlarni suvda va spirtda eruvchanligi yomonlashib boradi. Ular rangsiz va hidsiz boiadi.
Parafinlar qo'llanilganida jami jarayon xlorlash, benzol alkilxlorid bilan alkillash, sulfirlash va neytrallash, olefinlar qo'Hanilganda esa jarayon alkillash, sulfirlash va neftrallashdan iborat boiadi:
Olingan mahsulot turli uzunlikdagi alkil guruhiga ega bo'lgan sulfonatlar aralashmasidan iborat boiadi. Undan tashqari A1C13 izomerlanuvchanlik ta'siri tufayli alkillashda moddalar aralashmasi hosil boiadi, ulardagi fenilsulfonat guruhi bilan bogiangan boiadi.
Alkil guruhi tarmoqlangn bolsa, ular suvda yaxshi eriydi; alkil zanjirining to'g'rilanishi va uzayishi bilan suvda va spirtlarda eruvchanligi kamayadi. Ular deyarli rangsiz va hidsiz. Ularni kiyim va motorlarni yuvishda yuvish kompozitsiyalari olish uchun, idish va turli xil sherstlarni yuvishda, kimyoviy tolalarni oqartirishda qoilaniladi.
Ushbu SFM olishda uzoq vaqt davomida sulfirlash bosqichini davriy va uzluksiz ravishda oleum ishtirokida olib borilgan.
Hozirgi vaqtga kelib, eng ilg'or SO3 qo'llash usulidan foydalaniladi (10.5-rasm). Bu ishlab chiqarishda S03 ni texnik kislorod bilan qisman oksidlab SO3 olish 1-blokda olib boriladi. 2-sovutgichda sovutilgan va konsentratsiyalangan mahsulotlar suyuq SO2 da 10-15% li S03 eritmasi holida 3-yig'gichga yig'iladi. Ushbu eritma, shuningdek, suyuq SO2 dagi alkilaromatik uglevodorodlar eritmasi 4-reaktor tarelkasiga kiritiladi, u reaktor qobig'i devoridan pastga plyonkaga o'xshab oqib tushishi natijasida reaksiya tugaydi. Reaktordan chiqayotgan suyuqlik tarkibida 5-7% SO2 bo'ladi, ajratish uchun isitiladi va 5-vakuum bug'latgichga yuboriladi, shundan so'ng u 7-yig'gichga oqib keladi va boshqa qayta ishlash bosqichlariga yuboriladi (neytrallash, aralashtirish, quritish). Gazsimon SO2 reaktorning tepa qismi va bugiatgichdan so'ng 1-blokka qaytariladi.



11.1-rasm. Suyuq uglerod to'rt oksidi eritmasida sulfirlash sxemasi:
1- SO2 ni SO3 gacha oksidlash bloki; 2-sovutgich; 3,7-yig'gichlar; 4-reaktor; 5-bug'latgich; 6-isitgich
Download 53,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish