11. Bitiruv malakaviy ishi natijalarini joriy qilinishi.
Bitiruv malakaviy ishi natijalari Farg‘ona viloyatidagi akademik litsey va
kasb-hunar kollejlarida biologiya va ekologiya fanlarini o‘qitishda,
biologiya bo‘yicha fan to‘garaklarida va Uchko‘prik tumani ―Mehrigiyo‖
tabiiy dorilar ishlab chiqarish birlashmasiga foydalanish uchun tavsiya
qilindi.
12. Bitiruv malakaviy ishini sinovdan o’tishi (aprobatsiyasi)
Mazkur Bitiruv malakaviy ishining asosiy natijalari Farg‘ona davlat
universiteti professor o‘qituvchilari va talabalarining 2013- yil mart
oyida o‘tkazilgan an‘anaviy ilmiy- amaliy anjumanlarida, umumiy
ekologiya va botanika kafedrasi yig‘ilishida, kafedra qoshidagi ―Yosh
ekolog ― fan to‘garagi yig‘ilishida eshitildi va muhokama qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |