Kafedra majlisi qarori bilan tuzilgan komissiya talabalarning hisobotlari
himoyasini qabul qiladi. Komissiya tarkibiga “Bank ishi” kafedrasi mudiri,
kafedraning yetakchi pedagog-xodimlari kiradi. Komissiya tarkibi va ish grafigi
(3 kishidan kam bo’lmagan holda)
Hisobotlarni qabul qilish o‟quv auditoriyalarida amalga oshiriladi.
9
Hisobotlar himoyasi zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilgan
holda
taqdimot (prezentatsiya)
ko‟rinishida ham amalga oshirilishi mumkin.
Tanishuv amaliyoti hisobotini himoya qilgan talabalar reyting tizimi asosida
baholanadi. Hisobotni himoya qilishda talabalar quyidagilarni taqdim qiladi:
amaliyot dasturi;
amaliyot kundaligi;
amaliyot ish rejasi;
amaliyot joyidan tavsifnoma;
amaliyot dasturiga muvofiq tuzilgan yozma yoki elektron hisobot.
Tanishuv amaliyoti hisoboti:
kirish;
mazkur dastur va kalendar grafikda ko‟rsastilgan mavzular bo‟yicha
talaba tomonidan tuzilgan hisobotlar;
xulosa;
foydalanilgan manbalar ro‟yxati;
ilovalardan iborat bo‟lishi kerak.
Hisobotda amaliyot o‟tashning barcha asosiy bosqichlari, ish turlari
bayon etilishi lozim. Hisobotda talaba kelajakda amaliyot o‟tash va tashkil etish
ishlarini yaxshilashga oid o‟z mulohazalarini ham bayon etishi mumkin.
Hisobot standart hajmdagi qog‟ozda (A4, 210-297 mm), chap tomondan 3
sm, qolgan tomonlari 2 sm dan hoshiyalar qoldirib, qo‟l yozma yoki elektron
ko‟rinishida yoziladi. Uning betlari ketma-ket sonlar bilan raqamlashtiriladi. Talaba
bank faoliyatiga oid amaliy materiallarni ilovada keltirishi, ular bo‟yicha
jadvallar, sxema, grafiklar shakllantirishi va ular bo‟yicha xulosalar yozishlari
lozim. Hisobotdani kompyuter vositasida bosib chiqarishda «Times New Roman»
14 o‟lchamli shriftida Misrosoft Word matndan foydalanish tavsiya qilinadi.
Hisobot talaba amaliyot o‟tagan bank materiallari bo‟yicha talaba tomonidan
mustaqil tuzilgan bo‟lishi lozim.
Hisobotning hajmi titul varaq, mundarija va ilovalardan tashqari kamida 30
bet
va ko‟pi bilan
50 betdan
oshmasligi lozim.
Hisobot kafedraga amaliyot tugagan sanadan
o’n kun
davomida yoki keyingi
kurs boshlanishidan 10 kun oldin topshiriladi. Kafedra tomonidan tayinlangan
amaliyot rahbari (ayrim hollarda kafedra mudiri tomonidan biriktirilgan pedagog-
xodim) hisobotni tekshiradi, o‟z mulohazalarini bayon etadi va taqriz yozadi.
Taqrizda hisobotning tayorlanishi va rasmiylashtirilishidagi yutuqlar va
kamchiliklar ko‟rsatiladi. Taqriz oxirida hisobotni himoyaga tavsiya etish yoki
tavsiya etmaslik to‟g‟risida ma‟lumot beriladi. Agar taqrizda «Himoyaga tavsiya
etilmaydi» deb ko‟rsatilgan bo‟lsa, hisobot talaba tomonidan taqrizda ko‟rsatilgan
kamchiliklar asosida qayta ishlanadi, to‟ldiriladi va qayta taqrizga beriladi. Ijobiy
xulosaga ega hisobotni kafedrada tuzilgan komissiya huzurida himoya qilish mumkin
bo‟ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: