Jarqo‘ton Qadimgi shahar harobasi (mil. av. 2-ming yillikning ikkinchi yarmi). Sherobod tumani (Sherobod daryo irmogʻi Boʻstonsoy oʻzanining chap sohili)da joylashgan. Sopolli madaniyatiga mansub qabilalarning Bronza davri yodgorligi. J. Aholisi sugʻorma dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan. Oʻzbekiston FA Arxeologiya institutining A. Asqarov rahbarligidagi ekspeditsiyasi qazish ishlari olib borgan (1973-yildan). J. (mayd. 100 ga) mudofaa devori bilan oʻralgan markaziy qoʻrgʻon, otashparastlar ibodatxonasi (qarang Jarqoʻton otashkadasi), qabriston (mayd. 20 ga), bir necha dahalardan iborat boʻlgan. J.da turar joy qoldiqlari, ibodatxona, kulolchilik mahallasi, metall eritiladigan ustaxonalar, 1000 dan ortiq qabrlar ochib oʻrganildi.Yodgorlikdan toshdan yasalgan omoch tishi, koʻplab sopol idish (xumcha, koʻzacha, togʻora, kosa, piyola, togʻoracha, lagan) lar jez igna, bigiz, xanjar, sopol andava, chaqmoqtoshdan ishlangan paykonlar, jez taqinchoqlar (rangli toshlar qadalgan koʻplab toʻgʻnogʻich, bilaguzuk, zirak, oyna) qimmatbaho toshlar va suyakdan yasalgan munchoqlar, jez surmadon, qabila muhr tamgʻalari, ip mato qoldigʻi topib o‘rganilgan. Tozabog‘yob madaniyat Xorazmdagi Bronza davriga oid arxeologik madaniyat (mil.av. 2-ming yillik oʻrtalari va). Tozabogʻyop kanali nomi bilan atalgan. 1938 y. S.P.Tolstov ushbu kanal yaqinidan bu madaniyatga oid manzilgoxlarni topgan. Keyinchalik Ya.Gʻulomov, M.A.Itina, A.Asqarovlar oʻrgangan. Tozabogʻyop madaniyati Jan. Orolboʻyi hududida mahalliy (Suvyorgan madaniyati aholisi) va Jan. Uraloldidan kelgan (yogʻochband madaniyati va Andronovo madaniyati aholisi) qabilalar aralashuvidan shakllangan. Kelgindi qabilalar taʼsiri antropologik tiplarda (mas., Koʻkcha—3) va tozabogʻyopliklarning moddiy madaniyatida koʻzga tashlanadi. Ular tomi qamish bilan yopilgan kulba va yertulalarda yashaganlar. Tozabogʻyop madaniyati Amudaryo deltasi, Quyi Zarafshon va Qayroqqum choʻl zonasida tarqalgan. Bu xududlardan yuzlab makon va 10 ga yaqin qabriston aniqlangan. Asosiy mashgʻulotlari — sugʻorma dehqonchilik va xonaki chorvachilik, mehnat va harbiy qurolaslahalar jezdan, baʼzan toshdan yasalgan. Oybolta quyish uchun tayyorlangan qoliplar topilgan. Tuvaksimon sopol idishlarning tagi yassi, qoʻlda yasalgan, oʻyma va qolipli geometrik naqsh berilgan. Tozabogʻyop madaniyati kishilari urugʻchilik jamiyatida yashaganlar, matriarxat anʼanalari saqlangan.Keyinchalik bu madaniyat negizida Amirobod madaniyati vujidga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |