Палеарктика
UMUMIY XUSUSIYATLAR
Palearktika oblasti zoogeografik oblastlarning eng kattasi hisoblanadi.
Palearktika quruqlik uzunligi: 17 ming km
Palearktika quruqlik kengligi: 7 ming km
Geografik о‘mi va tabiiy sharoiti. Mazkur oblast Yer sharining shimoliy quruqlik qismini egallaydi. U Yevrosiyo, Afrikaning shimoli g‘arbiy qismini egallaydi. Uning janubiy chegarasi issiq va mo‘tadil mintaqada joylashgan bo‘lib, janubdan Efiopiya va Indo-Malay oblastlarining shimoliy chegaralari bilan chegaralanadi. Qutb havzasidagi bir nechta orollar ham mazkur oblastga tegishli.
O‘zbekiston hududining ham zoogeografik jihatdan ushbu oblastga tegishliligini hamda oblastning keng maydonni egallaganligini inobatga olgan holda, batafsil va chuqur ma’lumot berishga harakat qilindi.
PALEARKTIKA OBLASTI FAUNASI:
Palearktikaning ekologik sharoitlarini turli-tumanligi uning geografik joylashuvi va tarixiy shakllanishi bilan tushuntiriladi. Palearkitikaning tabiiy sharoiti juda xilma-xil. Faunasi o‘zining kelib chiqishiga ko‘ra, qadimgi tropik Yevrosiyo faunasiga tegishli. Fauna uchlamchi davming oxiri va to‘rtlamchi davrdagi, ya’ni muz bosish davridagi cho ilashish va iqlimiy omillaming almashinuvi kabi xilma-xil ekologik sharoitlar natijasida tubdan o‘zgarishlarga uchragan.
Buning oqibatida fauna tarkibidagi turlar soni, birinchidan, juda kamaygan, ikkinchidan, unda juda ko‘p filogenetik yosh guruhlar paydo bolgan. Bu guruhlar sovuq va issiq sharoitda yashashga moslashgan.
Fauna tarkibida nisbatan kam sonda endemiklaming uchrashi, uning qadimda boshqa faunistik oblastlar bilan aloqada boiganligini tasdiqlaydi. Mazkur hududda tipik tropik o‘rmonlar uchramaydi. Keng maydonni egallaganbalandtog‘ tizmalari, choilar, dashtlar, tundra, tayga, nina bargli va keng bargli o‘rmonlar landshaftning turli-tumanligini ta’minlaydi. Bu yerdagi togii hududlar iqlim hamda o‘simliklar olamining vertikal mintaqal xususiyat namoyon qilishiga sabab boiadi.Palearktika zoogeografik oblasti geografik va ekologik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiluvchi juda keng maydonni egallaganligi hamda faunaga xos xususiyatlami oydinlashtirish maqsadida, ushbu oblastni turli mintaqalarga (tundra, tayga, nina bargli va keng barg’li o‘rmon, dasht, choi va boshqalarga) ajratgan holda o‘rganish maqsadga muvofiq. Shu asosda, quyida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi hududidagi turli geografik mintaqalar va ulaming faunasiga xos ayrim umumiy xususiyatlar bayon etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |