Page Maker Aldus corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli qulay nashriyot tizimidir.
Aldus firmasining Yevropa bo`limi 1989- yil sentabrda Page Maker dasturining ruscha variantini e‘lon qildi.
Page Maker dasturining ishlashi uchun Microsoft Windows dasturining to`liq lahjasi bo`lishi talab qilinadi.
Shaxsiy kompyuterning amaliyot tizimi bilan tanish bo`lgan foydalanuvchi diskni formatlash, fayl nusxasini
hosil qilish, faylni o`chirish, uni bosib chiqarish yoki dasturni ishga tushirish buyruqlarini albatta biladi.
Windows muhiti amaliyot tizimning qobig‗i hisoblanib, foydalanuvchi uchun amaliyot tizimning barcha
imkoniyatlarini uning buyruqlarini yoddan bilmasdan turib ishga tushirishga imkon beradi.
Windows muhitida ishlash uchun sichqonchadan foydalanish juda qulaydir. Shu sababdan foydalanuvchi
sichqonchadan mohirona foydalana bilishi kerak. Sichqoncha yordamida quyidagi 6 ta asosiy harakatni bajarish
mumkin:
(Point) Ko`rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko`chirish;
(Click) Sichqoncha tugmasini bosib darhol qo`yib yuborish;
(Double click) Sichqoncha klaviaturasini ikki marta tez bosish;
(Select) Biror obyektni tanlash;
tanlab olingan surat, matn qismi yoki dasturning grafik simvolini boshqa joyga ko`chirish (Drag).
Buning uchun tanlab olingan obyekt ustiga ko`rsatkichni olib borib, sichqoncha tugmasi bosiladi va obyektni
kerakli joyga ko`chiriladi, so`ngra sichqoncha tugmasi qo`yib yuboriladi.
matnni sahifaga joylashtirish (Flow).
Page Maker dasturida katalog va fayllar bilan ishlaydi. Fayl nomi. PUB kengaytmasi bilan yoziladi. Misol
uchun: Sample1.PUB. Boshqa katalogga o`tish uchun sichqoncha yordamida ko`rsatkichni muloqot oynasidagi
«|» belgisi ustiga keltirib va sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosiladi. Chap oynada kataloglar ro`yxati
paydo bo`ladi. Kerakli katalog nomini tanlab sichqoncha tugmasini ikki marta bosiladi. Nashriyot tizimlarining
asosiy vazifasi nashrni tayyorlashda tez takrorlanuvchi operatsiyalarni iloji boricha ko`proq
avtomatlashtirishdir. Uning afzalligi esa, bu nashr sahifasi va uning umumiy ko`rinishini tayyorlashdagi
qulaylik va o`zgartirishlar kiritishning osonligi, hamda vaqt tejalishidir. Nashr sahifasining umumiy ko`rinishini
tayyorlashda shaxsiy kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Asl nusxa maketini bosib chiqarish
uchun esa lazerli printerdan foydalanish ma‘quldir. Matn va suratlar kompyuter xotirasiga iloji boricha oldinroq
kiritilgan bo`lishi kerak. Nashr elementlarini kompyuterda saqlashning asosiy afzalligi shundaki, matnni
to`g‗ridan-to`g‗ri harf terish qurilmasiga berish mumkin, matn bilan suratlarni mos joyga qo`lda joylashtirishga
ehtiyoj qolmaydi.
Page Maker dasturi yordamida nashr sahifasini ekranda ko`rish va unga bosib chiqarilgunga qadar
tuzatishlar kiritish mumkin. Barcha kerakli o`zgartirishlar kiritilgandan so`ng, asl nusxa maketi harf terish
qurilmasiga uzatiladi yoki lazerli printerda bosib chiqariladi.
Page Makerda qo`lyozmani nashrga tayyorlash Har qanday hujjatni nashr qilishda quyidagi ishlami bajarishga to`g‗ri keladi:
tahrirlangan qo`lyozmani oxirigacha tayyorlash;
surat va illustratsiyalarni yaratish va joylashtirish;
sahifalarning umumiy ko`rinishini ishlab chiqish;
original-maket (asl nusxa)ni tayyorlash.
Ko`rsatilgan rejani amalga oshirishda shaxsiy kompyuterlardan foydalanamiz. Page Maker nashriyot
dasturidan har bir sahifaning umumiy ko`rinishini tayyorlashda foydalaniladi. Sahifaning umumiy ko`rinishini
tayyorlash uchun bizda qo`lyozmaning hajmi hamda surat va illustratsiyalar haqida ma‘lumot bo`lishi kerak.
Sahifani nashrga tayyorlash uchun qo`lyozmaning matn va suratlarini qanday tartibda joylashtirish masalasini
hal qilish kerak bo`ladi. Ana shundan so`ng Page Maker yordamida asl nusxa maketi tayyorlanadi. Qo`lyozma
hajmi ma‘lum bo`lsa, sahifaning katta-kichikligini, suratlar egallaydigan qismni har bir sahifadagi ustunlar soni
va bosib chiqarish ko`rinishini aniqlashimiz vs sarlavhalarni turli ko`rinishda yozishni mashq qilishimiz
mumkin. Page Makei dasturida 17 xil ko`rinishda to`g‗ri chiziq, aylana va to`g‗ri to`rtburchaklarni chizishimiz
mumkin. Shtrixlashning turli variantlari bor, hamda turli grafik muharrirlarda tayyorlangan chizmalardan
foydalanishimiz mumkin.
Page Maker dasturini ishga tushirish Buning uchun WINDOWS tizimida ish stolida sichqoncha yordamida Pusk bo`limiga bosiladi, dasturlar
ro`yhatidan Adobe bo`limiga tegishli Page Maker nomi tanlanib, sichqonchaning chap tugmasi bir marta
bosiladi.
114
Page Maker (PM) dasturi ishga tushgach, yangi hujjat tayyorlashga kirishamiz. Buning uchun File (fayl)
tavsiyanomasini ochib, undagi New (Новый - yangi) buyrug‗ini tanlaymiz. Ekranda Document Setup (hujjat
parametrlari) muloqot oynasi paydo bo`ladi.
Bu oyna elementlari yordamida hujjat sahifalarining soni, o`lchamining qiymatlari kiritiladi. Target Printer resolution (Разрещение – bosib chiqaruvchi qurilma klaviatura) parametri yordamida bosib
chiqaruvchi qurilmaning turiga qarab, kerakli qiymat o`rnatiladi: agar bu ish suratli terish avtomatida bajarilsa,
qiymati 2450 bo`lishi mumkin, agar lazerli printer bo`lsa, qiymati 300 yoki 600 bo`lishi mumkin. Bosib
chiqaruvchi qurilma turini nashr qilinadigan sahifani tayyorlashdan oldin aniqlash maqsadga muvofiqdir. Bu
ishni Dosument Setup (Параметры документа - hujjat parametrlari) muloqot oynasidagi Compose to printer (parametr uchun tayyorlash) ro`yxati fordamida bajararniz. Ayrim hollarda bunday qurilma lazerli printer
bo`lishi mumkin. Lekin ko`p hollarda yuqori sifatli surat teruvchi avtomatdan foydalaniladi. Bosib chiqaruvchi
qurilmani oldindan aniqlash RM dasturi uchun kerakli shrift garnituralari va ranglar haqida ma‘lumot beradi.
Agar qurilma turi davomida o`zgartirilsa, nashr qilinayotgan sahifaning umumiy ko`rinishi o`zgarib ketishi
mumkin. Muloqot oynasida hamma parametrlarni o`rnatib bo`lgach OK klaviaturasida sichqoncha tugmasini
bir marta bosiladi. Ekranda toza sahifa ko`rinishi paydo bo`ladi.
7.1- rasm. Yangi hujjatning toza sahifasi
Sahifaga kerakli ma‘lumotlar yozilganidan so`ng, uni xotirada saqlash kerak. Buning uchun File
tavsiyanomasining Save (Сохранить-saqlash) yoki Save as (Сохранить как…- qaysi ko`rinishda saqlash...)
buyrug‗ini tanlanadi. yoki Ctrl+S klaviaturalarini bosiladi. Yangi hujjatni saqlanmoqchi bo`linsa ekranda
muloqot oynasi ochiladi. Hujjat saqlanadigan fayl nomini kiritib, muloqot oynasini yopish mumkin. Agar
hujjatning muqobil (alternativ) variantini boshqa nom bilan saqlamoqchi bo`lsa, Save as (Сохранить как...-
qaysi ko`rinishda saqlash...) buyrug‗ini tanlash kerak.
Xotiradagi hujjatni o`qish Xotirada saqlangan hujjatni ekranga chiqarish uchun File tavsiyanomasining Open (Открыть-ochish)
buyrug‗idan foydalanamiz. (файл-fayl) tavsiyanomasining Recent Publications (последные публикации -
oxirgi nashrlar) buyrug‗i yordamida xotiradagi oxirgi va nashrdan birortasini ochishimiz mumkin. Hujjat bilan
ishlashni tugatgandan so`ng uni yopish uchun File tavsiyanomasining Close (закрыть-yopish) buyrug‗idan
foydalanamiz.
Hujjat bo`ylab surilish Page Maker dasturida hujjat sahifalari bo`ylab surilishning uch xil usuli bor. Kerakli sahifa raqamini
ko`rsatib o`tish uchun Goto Page (Sahifaga o`tish) buyrug‗idan foydalanamiz. Ekranda paydo bo`lgan muloqot
oynasida kerakli sahifa raqami kiritiladi. Shablon-sahifaga o`tish uchun esa Layout (Maket) tavsiyanomasining
Goto Page (Sahifaga o`tish) buyrug‗ini tanlash yoki Ctrl-klavishlarini bosish mumkin. Hujjat sahifalarini
ketma-ket ko`rish uchun Goto Page (Sahifaga o`tish) buyrug‗ini tanlash vaqtida Shift klaviaturasini bosib
115
turish kerak. Page Maker ketma-ket 1-sahifadan boshlab hujjat sahifalarini ko`rsata boshlaydi. Ko`rsatishni
to`xtatish uchun sichqoncha tugmasini bosish kifoya.
7.2- rasm. Hujjat sahifalarini bildiruvchi piktogrammalar
Keyingi sahifaga o`tishning eng sodda usuli F12 klaviaturasini bosishdir. F12 bosilsa, bitta avvalgi
sahifaga qaytamiz. Agar siz ko`proq sichqonchani ishlatishni ma`qul ko`rsangiz, hujjat sahifalari bo`ylab
surilishning yana bir usuli bor. Hujjat oynasining chap tomondagi quyi burchagida sahifa ko`rinishidagi
piktogrammalar joylashgan. Chap tomondagi piktogrammalar shablon-sahifalarga mos keladi. o`ngroqdagi
piktogrammalar esa hujjat sahifalariga mos keladi.
Sahifani akslantirish ko`rinishini o`zgartirish Kompyuter ekranida sahifa ko`rinishini kattalashtirish uchun tavsiyanoma buyruqlaridan, klaviaturadan
va sichqonchadan foydalanish mumkin.
Yo`naltiruvchi chiziqlar va koordinata chizg‗ichlarini akslantirish Buning uchun Layout (Maket) tavsiyanomasining Guides and Rulers (Направляющие и Линейка -
yo`naltiruvchi chiziqlar va chizg‗ich) buyrug‗ini tanlash kerak. Chizg‗ichdagi birliklar tizimini File (Fayl)
tavsiyanomasidagi Preferences (Установки) buyrug‗i yordamida o`rnatish mumkin.
Shablon-sahifalar Page Maker o`z ichida bir nechta shablon-sahifalardan foydalanadi. Shablon-sahifalarda hujjatning
hamma sahifalari uchun umumiy bo`lgan elementlar oldindan o`rnatilgan bo`ladi. Shablon-sahifaga o`tish
uchun quyi chap burchakdagi shablon-sahifa piktogrammasida sichqoncha tugmasini bosish kerak.
Tavsiyanomaning Layout (Maket) bo`limidagi View (Ko`rinish) punktining ost tavsiyanomasini ochamiz
va kerakli o`lchovni tanlanadi. Agar tanlash vaqtida Alt klaviaturasini bosib turiisa, tanlangan ko`rinish o`lchovi
hujjatning hamma sahifalari uchun o`rinli bo`ladi. Ko`rinishni o`zgartirishning eng qulay usullaridan biri
sichqoncha yordamida o`zgartirishdir. Sichqoncha o`ng tugmasi bir marta bosilsa, sahifa tabiiy ko`rinishda
(100%) akslanadi (в натуральную величину). Agar Shift bilan birga o`ng klaviatura bosilsa, 200 %li
akslantirish o`rnatiladi. Agar ekranda kattalashtirilgan holat o`rnatilgan bo`lsa. o`ng klaviaturani bosib Fil in Window (To`liq sahifa) holatiga o`tiladi. Agar Ctrl+bo`sh joy klaviaturalari birgalikda bosilsa, sichqoncha
ko`rsatkichi o`rtasida «+» belgili lupa ko`rinishini oladi. Lupali ko`rsatkich bilan sichqoncha tugmasi har gal
bosilganda akslantirish ko`rinishi kattalashaveradi. Kichiklashtirib ko`rsatish uchun esa Alt+Ctrl+bo`sh joy
klavishlari birgalikda bosiladi. Bu holda sichqoncha ko`rsatkichi «-» belgili lupa ko`rinishiga o`tadi.
Uskunalar paneli (Toolbox) Uskunalar panelini ekranga chiqarish uchun Window tavsiyanomasinnig Toolbox buyrug‗ini ishga
tushiramiz.
7.3- rasm. Uskunalar paneli
– «Strelka» (Pointer) asbobi biror-bir obyektni tanlash uchun ishlatladi.
– «Matn» (Text) asbobi klaviaturadan matn kiritish uchun ishlatiladi.
116
– «Burilish» (Rotating) obyektlarni burish imkonini beradi.
– «Ramka» (Cropping) asbobi tasvirlarni ramka ichiga joylashtirish imkonini beradi.
– «To`g‗ri chiziq» (Line) asbobi yordamida to`g‗ri chiziq chizish mumkin.
– «Perpendikular» (Constrained Line) asbobi yordamida gorizontal chiziqqa nisbatan 45 gradusga
karrali bo`lgan burchaklar ostida to`g‗ri chiziq chizish mumkin.
– «To`g‗ri to`rtburchak» (Rectangle) yordamida to`g‗ri to`rtburchak chizish mumkin. Agar Shift
klaviaturasi bosib turilsa, kvadrat chiziladi.
– «Ellips» (Oval) – aylana va ellips shakllarini chizish uchun ishlatiladi. Aylana chizish uchun Shift
klaviaturasini bosib turish kerak.
– «Ko`pburchak» (Poligon) asbobi muntazam va yulduzsimon ko`pburchaklar chizish imkonini
beradi.
– «Lupa» (Magnifying Glass) – tasvirni kattalashtirish yoki kichiklashtirish imkonini beradi.
Ctrl+bo`sh joy klaviaturalari bosilsa ham shu ishni bajarish mumkin.
Uskunalar panelidagi biror asbobda sichqoncha tugmasini ikki marta bosilsa, avvalgi ishlatilayotgan
asbob inkor qilinib, ekranda yangisiga tegishli muloqot oynasi ochiladi.
Matn bilan ishlash «Matn» asbobi Uskunalar panelida joylashgan
ko`rinishidagi klaviaturachadir. Uskunalar paneli
ekranda ko`rinmasa, uni ochish uchun Window tavsiyanomasidagi Toolbox (Uskunalar paneli) buyrug‗ini
ishga tushirish kerak.
Matnni formatlash simvollarni va abzaslarni formatlashdir. Matnni formatlash uchun avval
formatlanadigan matn qismini ajratish kerak.
Matn qismini ajratish uchun, matn bo`ylab I-kursorni siljitib bitta simvoldan tortib matnning
hammasigacha ajratish mumkin.
Matnni ajratishning yana bir usuli bor. Buning uchun «Matn» asbobini tanlaymiz va ajratiladigan matn
qismining boshida Sichqoncha tugmasini bosamiz, Shift klavishini bosib turgan holda ajratilishi kerak bo`lgan
bo`lakning oxirida ham sichqoncha tugmasini bosamiz. Kerakli matn qismi ajralib qoladi. Shift klavishini bosib
turgan holda kursorni yo`naltiruvchi klaviaturalardan birini bosib ham matn qismini ajratish mumkin.
So`zni ajratish uchun shu so`z ustida «Matn» asbobi bilan sichqoncha tugmasi ikki marta bosiladi.
Abzasni ajratish uchun abzas ustida «Matn» asbobi bilan sichqoncha tugmasi 3 marta bosiladi.
Simvollar ketma-ketligini ajratish uchun sichqoncha ko`rsatkichini belgilangan nuqtadan kerakli joygacha
Shift klavishini bosib turib suriladi.
Katta hajmdagi matnni ajratish uchun Edit (Правка – tahrir qilish) tavsiyanomasining Select All (Выделить все – hammasini ajratish) buyrug‗idan foydalanish mumkin. Ctrl+A klavishlar kombinatsiyasi esa
shu operatsiyani tezroq bajaradi.
Simvollarni formatlash Matn muharrirlarida ishlatiladigan shriftlarning turlari ko`p. Ular shrift garnituralari deb ataladi va har bir
garnituraning nomi bor.
Page maker dasturida simvollarni formatlash vaqtida shrift garniturasining nomini, shriftning kattaligi -
kengligini, satrlar orasidagi masofa - interlinyajni va simvollarning yozilishi turlarini, simvollar kengligini
o`rnatish va simvollar orasidagi masofani kerning va treking yordamida o`zgartirishimiz mumkin.
Abzaslarni formatlash Abzasni formatlash atributlarini o`rnatish uchun Paragraph Ipecification (Abzas parametrlari) muloqot
oynasidan foydalanamiz. Muloqot oynasini ochish uchun Type (Matn) tavsiyanomasining Paragraph (Abzas)
buyrug‗ini ishga tushiramiz yoki Ctrl+M klaviaturalar kombinatsiyasidan foydalanamiz.