Burun ko`rinishi – fe`lingizdan so`zlaydi
Bu safar burningizning shakliga qarab, xarakteringizdagi ayrim jihatlarni aniqlaymiz.
1. Uzun, bir tekis burun. Yon qanoti deyarli tekis, uchi esa pastga qaragan bo`ladi. Ko`pincha uzun burunli insonlar, juda qiziquvchan, optimist bo`lishadi. Ular o`zgalarga yordam berishga doim shaylar. Shuningdek uzun burunli insonlar atrofidagilarda qiziqish uyg`otadi. Ular haqida yana bir ma`lumot: har qanday muammoga echim topishga ustalar.
2. Grekcha burun. Shaklan ingichka, uzun va to`g`ri tuzilgan. «Grek»lar har doim ham diqqat markazida bo`lishni istamaydilar. Ular juda tejamkor va yaqinlariga sodiqdirlar. Bunday burun egalari o`z tuyg`ulari haqida gapirishga qiynaladilar, shuning uchun bunday insonlar odamovi ko`rinishadi.
3. Qayrilma (ilmoqsimon) burun. Bu turdagi burunni ko`pchilik qush tumshug`iga o`xshatadi. Burunning yon qanoti egilgan, uchi esa pastga qaralgan bo`ladi. Qayrilma burun egalari yangilik yaratishga o`ch va fidokor kishilardir. Ular o`z prinsiplarini ehtiros bilan himoya qilishga tayyor turishadi. Maqsadlariga erishish uchun esa tavakkal qilishdan cho`chishmaydi.
4. Arkali burun. Uning ko`rinishi qayrilma burunga juda o`xshaydi, ammo uchi qirraliroq. Bunday burun egalari zo`r tashabbuskorlar. Ular o`z ishlariga doimo xaqgo`ylik va ma`suliyat bilan yondashadilar va zarur cho`qqilarni doimo zabt etadilar.
5. Tugmacha burun. Juda kichkina va bejirim burun. Eng keng tarqalgan burun turi. Tugmacha burunlilar har qanday qarorni o`zlari qabul qilishadi. Atrofdagilarga yoqishga harakat ham qilishmaydi. Ular juda kuchli fe`l-atvorga egalar. Ularni gapdan ko`ra qilingan ish qiziqtiradi. Deyarli har doim istaganlarini qo`lga kiritadilar.
6. To`g`ri burun. Burun ko`rinishi juda to`g`ri, uchi ozroq yumaloq, teshiklari esa katta. Bunday insonlar mustahkam, qattiq va jiddiy fe`l-atvorli shu bilan birgalikda juda ehtirosli va jo`shqin shaxsdirlar. Ularning jaxloi burun uchida turadi. Ammo tezda hovurlaridan tushishni ham bilishadi.
7. Botiq burun. Burun yuqori qismida katta bo`lmagan bo`rtiq bo`lib , bunday burun egalarini oramizda ko`plab uchratish mumkin. Sahiy va o`zgalar muammosini hal qilish istagi kuchli ekanligi bilan ajralib turuvchi bu toifa kishilarni xafa qilish oson.
8. Qiyshiq burun. Nomi yoqimsiz bo`lishiga qaramay mazkur burun sohiblari yumshoqfe`l, qalbi esa mehr-muhabbatga limmo-limdir. Burun yuqori qismi qayrilgan, uchi esa yumaloqlangan bo`ladi. Ular har bir qilayotgan ishlariga juda e`tiborlidirlar. Eng yaxshi suhbatdosh, do`st va sheriklar aynan qiyshiq burunli insonlar hisoblanadi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |