P. M. Matyakubova, P. R. Ismatullayev, A. K. Miraliyeva, U. A. Maxmonov


 O‘LCHASHLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/104
Sana06.07.2021
Hajmi3,16 Mb.
#110041
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104
Bog'liq
OFA Oquv qollanma

1. O‘LCHASHLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR 
1.1. Fizika fani va fizikaviy bilimlarning paydo bo‘lishi haqida 
 
“Fizika” so‘zini birinchi marta Aristotel (eramizdan oldin 384 – 322 yy.) 
ishlatgan.  Uning  birinchi  kitobi  tabiat  haqida  bo‘lib,  “Fizika”  deb  nomlangan. 
Ikkinchi  kitobi  falsafaga  bag‘ishlangan  va  “Metafizika”,  Ya`ni  “Fizikadan 
keyin”  deb  atalgan.  Fizika  o‘zbek  tilida  XX  asr  boshlarigacha  “Ilmi  hikmat”, 
“Hikmat”deb Yuritilgan. 
Ma’lumki,  fizika,  kimyo  va  biologiya  tabiat  haqidagi  asosiy  fanlar 
hisoblanadi. Bu fanlarning har birining o‘z tadqiqot doirasi va usullari bor. Katta 
jismlar  (makrodunyolar)  zaminida  moddiy  zarrachalar  (mikrodunyolar) 
yotganidek, kimyo va biologiya asosida fizik jarayonlar yotadi. 
Fizika fani jonsiz tabiatning mikro, makro va megadunyolar deb ataluvchi 
katta  va  kichik  moddalar  hamda  har  xil  fizikaviy  maydonlar  harakati  bilan 
shug‘ullanadi. Bu  moddiy narsalar: elektron, proton kabi elementar zarralar va 
qum-tosh,  raketa,  sayyoralar,  yulduzlar  kabi  katta  jismlar  hamda  galaktikalar, 
kvazalar,  pulsarlar  kabi  uzoq-uzoqdagi  mega  samoviy  jismlar,  gravitatsion, 
elektromagnit  kabi  fizikaviy  maydonlar  va  boshqalar.  Bularning  hammasi 
materiyaning  har  xil  shakllari  bo‘lib,  ularning  mavjudligi  bizga,  bizning 
hohishimizga  bog‘liq  bo‘lmagan,  ob’ekiv  moddalardir.  Ularning  fizikaviy 
harakati  va  odamlar  uchun  foydali  va  zararli  xususiyatlarini  bilib  olish  – 
fizikaning vazifasiga kiradi.  
Materiya  va  harakat  esa  –  falsafaning  yirik  tushunchalari,  ya`ni 
kategoriyalaridir. Umuman, materiyaning massasi, tezligi, tezlanishi, energiyasi, 
impulsi,  bosimi,  xarakat  qonuniyatlarini  o‘rganuvchi,  tadqiq  etuvchi  va  bu 
sohalardagi  yutuqlardan  odamlar  uchun  foydalanish  haqidagi  tavsiyalarini 
beruvchi fan fizikadir.  
Gap  materiya,  harakat  va  qonuniyat  haqida  ketar  ekan,  -  bu 
tushunchalarning hammasi fizikaniki emas, balki falsafaning kategoriyalaridir. 



 
Fizika  rivojini  ham  tarixiy,  ham  mantiqiy  jihatdan  to‘rt  davrga  bo‘lish 
mumkin:  qadimgi  fizika,  o‘rta  asrlar  fizikasi,  klassik  fizika,  va  hozirgi  zamon 
fizikasi. 
Odamlarda  dastlabki  fizikaviy  tasavvurlar  qadimgi  Gretsiyada  bundan 
Yigirma  etti  asr  ilgari  paydo  bo‘lgan  va  keyinchalik  rivojlana  boshlagan. 
Demokrit, Epikur, Lukretsiy kabi olimlarning jismlar atomlardan tuzilgan degan 
g‘oYasi,  Arximedning  gidrostatikasi,  Aristotelning  harakat  sohasidagi  fikrlari, 
Ptolemeyning  geosentrizm  kabi  tamoyillari  fan  sifatida  fizikani  shakllanishiga 
xizmat qildi. 
O‘rta  asrlar  fizikasi  Sharqdan  boshlangan.  Kanallarni  qurishda 
gidromexanika,  gidrotexnika,  gidravlika,  geodeziYa  va  statika  usullarining 
ishlatilishi – texnik fizikaning paydo bo‘lishidan darak beradi. 
Al-Xorazmiy,  al-Farg‘oniy,  Farobiy,  Beruniy,  Ulug‘bek,  G‘iyosiddin 
Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi olimlar osmon mexanikasi sohasida 
kinematikani  yaratdilar  va  rivojlantirdilar.  Tezlik,  tezlanish,  trayektoriya 
tushunchalarini boyitdilar. 
Klassik  fizika,  asosan,  Galiley  va  Nyutondan  boshlandi.  XVII-  XIX 
asrlarda gurkirab  rivojlandi. U  klassik  mexanika, termodinamika, optika, elektr 
va magnetizmdan tarkib topgan. 
Hozirgi  zamon  fizikasi  XX  asrda  klassik  fizikani  o‘zgartirilgan  davomi 
sifatida  nisbiylik  nazariyasi,  kvant  mexanikasi  va  sinergetika  sifatida  asosan 
Albert Eynshteyn, Nils Bor, Ilya Prigojindan boshlangan. 
Eynshteynning  kashfiyotlari  tabiatshunoslik  bilan  falsafa  orasidagi 
bog‘lanishni  yanada  mustahkamladi.  Hatto,  A.Nerst  shunday  qiziq  fikrlarni 
aYtdi:  “Nisbiylik  nazariyasi  fizika  nazariyasi  emas,  falsafa  nazariyasidir”.  Bu 
fikrga javoban Eynshteyn shunday dedi: “Hech qanday fizik olim olamni g‘oya 
yaratganligiga  ishonmaydi,  shuning  uchun  ham  fizik-da.  Shu  bilan  birga, 
bizning  zamonamizda  fiziklar  falsafa  bilan  ilgarilarga  qaraganda  ko‘proq 
darajada  shug‘ullanmoqlari  kerak.  Bunga  fiziklarning  o‘z  fani  qiynchiliklari 
majbur qilyapti”. Mashhur fizik, Nobel mukofotining laureanti P. Brijmen (1882 


10 
 
-  1961)  shunday  fikrni  aytgan:  “Meni  Eynshteynning  fizikasi  emas,  falsafasi 
qiziqtiradi”. 
Falsafa  fizikadan  ilmiy  ozuqa  oladi,  fizika  esa  doim  falsafiy 
metodologiyaga muhtoj. 
 

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish