uchta guruhga
bo’lish mumkin:
1.
Ma’lumotlarni kiritish, saqlash, murakkab so’rovlar, fazoviy tahlil,
ma’lumotlarni chiqarish ishlarini o’z ichiga oladigan keng imkoniyatli
tizimlar. Bunday tizimlar mazkur tizimni foydalanuvchilarning funksiyalari
(ArcInf) bilan kengaytirish imkoniyatini beradigan o’z dasturlash tillariga
ega bo’ladilar. Bunday tizim ishlab chiqilishini muayyan operastion tizimda
odatiy dasturlarni ishlab chiqish bilan tenglashtirish mumkin. Faqat bu
holda operastion tizim rolini instrumental GAT, dastur rolini esa – ishlab
chiquvchilarning ushbu GAT to’ldiriladigan yangi funksiyalari o’ynaydi.
2.
Bir qator foydali funksiyalarni (MapObjects, GeoConstructor) o’z
ichiga oladigan dasturiy komponentlar yoki bibliotekalar. Ushbu uchinchi
guruh funksiyalari va DTlaridan foydalanib, ishlab chiquvchilar yangi tizim
yaratishlari mumkin, u o’zi ishlab chiqilgan operastion tizimda ishlaydi.
3.
Turli dasturlash tillarida DT yaratish muhitlari (Visual C++, Visual
Basic, Delphi). Ulardan foydalanib, ishlab chiquvchi yangi tizimdagi
ishlarning bir qismini ikkinchi guruh dasturiy komponentlari va
bibliotekalariga yuklashi mumkin, qo’shimcha yordamchi vositalarni jalb
qilmagan holda mutlaqo yangi tizimni ham yaratishi mumkin.
4.4. ARC/INFO (Instrumental GAT)
ARC/INFO
professional
mahsuloti
–
ma’lumotlar
bazasida
saqlanadigan fazoviy axborot bilan ishlashga mo’ljallangan birinchi
professional GATlardan biridir. Uni joriy qilish natijasida raqamli
kartografiyada va fazoviy axborot bilan ishlash uslublarida haqiqiy
to’ntaruv yuz berdi. ARC/INFO bazaviy dasturlar komplektidan va bazaviy
komplektga qo’shimcha tariqasida xarid qilinishi mumkin bo’lgan
qo’shimcha modullardan tashkil topgan. Dasturiy ta’minotning bazaviy
komplekti
turli
amaliy
sohalarda
ishlash
uchun
mo’ljallangan
to’lafunksional GATni o’zida ifodalaydi. U GATni yaratish va foydalanish
129
ishlarining ma’lumotlarni kiritishdan va ularni tahrirlashdan tortib, fazoviy
axborotni tahlil qilishning axboriy so’rovlarini tashkil qilish va oqqa
ko’chirilgan
kartografik
mahsulotni
qattiq
nusxalar
ko’rinishida
tayyorlashgacha bo’lgan butun stiklini qo’llab-quvvatlaydi. 4.2-rasmda
ARC/INFO GATining interfeysi keltirilgan.
4.2-rasm. ARC/INFO dasturining interfeysi.
Windows operastion muhitiga mo’ljallangan ARC/INFO 7.2-versiyasi
quyidagi modullarni o’z ichiga oladi: COGO, GRID, TIN, NETWORK,
ARCSCAN, ARCEXPRESS, ARCPRESS, ARCSTORM, ARCFM, ARCSDE.
ARC/INFO dasturiy ta’minoti kartalar yaratish va ularni tahrirlash,
ma’lumotlarni kiritish va o’zgartirish, kartografik ma’lumotlar bazalarini
boshqarish (4.3-rasm), kartalarni ustma-ust qo’yish va fazoviy tahlil,
dialogli aks ettirish va adresli geokodlash, yuzalarni modellash va ularni
aks ettirish, geodezik s’yomka materiallari bo’yicha kartalar tuzish, er
kadastri masalalarini yechish, er uchastkalarini taqsimlashni boshqarish va
boshqalar uchun mo’ljallangan vositalarni o’z ichiga oladi.
130
4.3-rasm. ARC/INFO kartografik axborot katalogi.
ARC/INFO uchun ochiqlikning ko’p miqdordaligi xosdir. Uning
funksiyalari UNIX va Windows operastion tizimlarida (OT) ishlashda bir
xil. Tizimga ODE (Open Development Environment) modulining – ishlab
chiqishning ochiq muhitining qo’shilishi ochiqlik sari sezilarli qadamdir u
GAT bilan ishlash uchun shaxsiy interfeyslar va funksiyalar to’plamlarni
Windows platformasida Visual Basic, Visual C++, Delphi, Power Builder
va UNIX platformasida C, Motif, Tcl/Tk kabi dasturlashning standart
muhitlaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
ARC/INFO bilan ishlash uchun PKga qo’yiladigan talablar: OT
Windows 2000/XP, 32 Mb RAM (minimum), diskdagi joyi: NTFS - 365Mb,
RAM/FAT – 440 Mb, page files – 100Mb (minimum). Pentium 133 dan
boshlangan prostessorlar, 32 Mb videoxotira, HDD 10-20 Gb, yaxshi katta
monitor tavsiya etiladi.
131
ARC/INFO dasturiy ta’minoti “suzuvchan ish joylari”ni qo’llashga
qodir. Bu hisoblash resurslarini GATdan tarmoqda foydalanuvchilar
o’rtasida optimal taqsimlash imkoniyatini beradi. ARC/INFO DT
yordamida ish stanstiyalari uchun geografik axborotning tarmoq bo’yicha
taqsimlanishini boshqarish va shu bilan birga ma’lumotlar bazasining
butunligini ta’minlash mumkin. ARC/INFO tarkibiga, uning 7.0-
versiyasidan boshlab, ARCSTORM fazoviy ma’lumotlar bazalari menejeri
kiradi.
ARCSTORMdan
foydalanish
tarmoqda
katta
sonli
foydalanuvchilarning kartografik bazalarga nafaqt axborot olish rejimida,
balki bir vaqtda tahrirlash rejimida bir vaqtda kirishini ta’minlash
imkoniyatini beradi. ARCSTORM blokirovkalashni karta listlari darajasida
emas, balki kartografik ob’yektlar darajasida ta’minlaydi, buninng ustiga
atributlar jadvalidagi tahrirlanadigan ob’yekt bilan tipologik bog`liq
yozuvlar, shu jumladan ARC/INFOga nisbatan tashqaridagi ma’lumotlar
bazasidagilar ham bir vaqtda blokirovkalanadi. ARCSTORM shuningdek
kartografik ma’lumotlar bazasida ham geografik ob’yektlarda, ham
ularning atributlarida bo’lgan o’zgarishlarning butun tarixini kuzatib borish
imkoniyatini beradi. Ma’lumotlar bazasining o’tgan holatlaridan biriga
qaytish imkoniyati mavjud. Bu er kadastri, er uchastkalarini taqsimlashni
boshqarish kabi masalalar uchun ayniqsa foydalidir.
ARC/INFO tizimining ishchi stanstiyalar uchun DATABASE
INTEGRATOR moduli kartografik ma’lumotlarni jadvalli ma’lumotlar bilan
eng kuchli relyastion MBBTlarda bog`lashni ta’minlaydi. Shunday qilib,
ARC/INFO geoaxborot tizimining foydalanuvchisi atributiv axborotni
saqlash uchun nafaqat ARC/INFOning etkazib beriladigan komplektiga
kiruvchi o’rnatilgan MBBTdan, balki Oracle, Ingres, Informix, Sybase kabi
MBBTlardan ham foydalanish imkoniyatiga ega. Bu tizimlarda ma’lumotlar
bazalariga ulanish foydalanuvchining komandalari darajasida dasturlash
zaruratisiz sodir bo’ladi. Ko’rsatilgan tizimlardan tashqari, ishlab
chiquvchining maxsus vositalari yordamida boshqa tashqi SQL MBBTlarni
ham ulash mumkin.
132
Ishchi stanstiyalar uchun ARC/INFO bir vaqtda GATning so’nggi
foydalanuvchisi uchun qulay grafik interfeys, dialogli menyu tizimlari va
kontekstli ko’rsatmalar tizimiga ega tizim barobarida, ishlab chiquvchining
kuchli instrumental vositasi ham hisoblanadi. ARC/INFOning ishchi
stanstiyalar uchun dasturiy ta’minoti to’rtinchi avlod GAT-til AML ni o’z
ichiga oladi. Foydalanuvchi o’z makrokomandalari va qulay ko’p darchali
interfeyslarihamda menyularini oson va tez yaratishi, shuningdek spestifik
masalalarni yechish uchun o’zining murakkab amaliy tizimlarini ishlab
chiqishi mumkin. Ishlab chiquvchi, masalan, ARC/INFO muhitida tabiiy
muhitda ifloslanishning yoki o’rmon yong`inining tarqalishi kabi murakkab
jarayonlarning o’z matematik modellarini realizastiya qilishi mumkin,
shunday qilib, bu model bilan natijalarni aks ettirish va modelni boshqarish
uchun kartografik ifodalashdan foydalanib, interaktiv tarzda ishlash
imkoniyatiga ega bo’ladi. Foydalanuvchilar piktogrammalar, tanlash va
boshqarish knopkalari, aylantirib ko’rish, suriluvchan chizg`ichlar va
boshqa grafik vositalarni qo’llashlari mumkin.
Paket ARCTOOLS foydalanuvchi interfeysini o’z ichiga oladi, u
menyuning ekran shakllariyordamida ishlaydi. 7.0 versiyasidan boshlab,
tahrirlash, ma’lumotlarni so’rash/ ko’rish, yuzalarni tarmoqli modellash,
muntazam setkada modellash maqsadlari uchun ARCTOOLSning yangi
vositalari qo’shildi. Modomiki butun grafik interfeys ARC/INFO AML
makrotilida realizastiya qilingan va bu makroslarning boshlang`ich matnlari
bibliotekasi taqdim etilar ekan, u holda zaruratga ko’ra interfeys maxsus
ishlab chiqilgan ilovalar uchun moslashtirilishi va kengaytirilishi mumkin.
ARC/INFO ma’lumotlar modeli umumlashtirilgan ob’yektlar klassi,
aynan regionlar deb atalmish maydonli ob’yektlar bilan ishlash uchun
kengaytirildi. Regionlar ARC/INFOda chiziqlarni gruppirovkalash uchun
uchun ishlatiladigan “marshrut” konstepstiyasini eslatadi. Regionlar
umumiy geometrik qismlarga ega bo’lgan bir-birini yopuvchi poligonlar
va ko’p maydonli ob’yektlar klasslarini topologiyani qaytatuzish va overley
operatsiyalarini
bajarish
zaruratisiz
to’g`ridan-to’g`ri
modellash
imkoniyatini beradi.
133
7.0 versiyasidan boshlab, modulining imkoniyatlari kengaytirildi.
Takomillashtirishlar quyidagilarni o’z ichiga olad: poligonlar va regionlarni
(oblastlarni) to’g`ridan-to’g`ri tahrirlash, topologiyani interativ tarzda
tuzish, trassalarni tahrirlashning yaxshilangan vositalari, kursorning
dinamik siljishi bilan bevosita qaytma aloqa, ob’yektlar guruhini bitta
operatsiyada tahrirlash imkoniyati. Bu kengaytirishlar ARCEDITdan
foydalanishni soddalashtiradi va ishni tezlao’tiradi.
Ishchi
stanstiyalar
uchun
ARC/INFO
zamonaviy
hisoblash
standartlariga
va
dasturlar
ishlab
chiqishning
qayidagilar
kabi
standartlariga amal qiladi:
Strukturali dasturlash.
UNIX va Windows NT/2000/XP operastion tizimlari.
Relyastion ma’lumotlar bazasining SQL bilan arxitekturasi.
Ethernet, TCP/IP, NFS, NCS, SNA kabi kommunikastiya
standartlari.
AML makrotili – to’rtinchi avlod GAT-tili.
Ma’lumotlar almashuvi standartlari – Digital Line Graphs
(DLG), Integrated Geographic Encoding and
Referencing (TIGER), Dual Independent Map Encoding (DIME),
PostScript, AutoCAD Data Ex-change File (DXF) va boshq.
Grafikaning
texnologik
standartini
barcha
zamonaviy
terminallar, digitayzerlar va tegishli grafik periferiya uchun
VCGL, HPGL, HPGL2 va boshqa standartlardan foydalanib
qo’llab-quvvatlash.
Tijoratga oid ilg`or ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari
bilan DATABASE INTEGRATOR yordamida integrastiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |