P islomov toshkent 2017 O‘quv qo‘llanma



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/107
Sana27.06.2022
Hajmi6,64 Mb.
#707856
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   107
Bog'liq
2 5197618281720060714

2.8.1. Buferizatsiya 
Bufer zonasi
(buffer zone, buffer, corridor) – nuqtali, chiziqli yoki 
poligonal ob’yektlar to’plamiga nisbatan teng uzoqlikdagi ekvidistantlarni 
yoki ekvidistant chiziqlarni (equidistant line) hisoblash va tuzish yo’li bilan 
tashkil topgan poligonal qatlamni o’zida ifodalaydi. “Buferizastiya” 
(buffering) operatsiyasi, masalan, uch kilometrli chegara zonasini, temir 
yo’l liniyasi ixtiyoridagi 20 metrli mintaqani ajratish va h.k.lar uchun 
qo’llaniladi. Poligonal ob’yektning bufer zonasi poligonning ham 
tashqarisida, ham ichida tuzilishi mumkin. Agar ob’yektlar va
ekvidistantlar o’rtasidagi masofaga uning atributlaridan biriga mos 
keladigan qiymatlar qo’yilsa, u holda bu “tortishli buferizastiya” (weighed 
buffering) deyiladi. 


61 
Zamonaviy GATlarda bufer zonalari avtomatik tarzda yaratiladi, 
buning ustiga ularni har qanday tipdagi ob’yektlar atrofida tuzish mumkin, 
2.12-rasm. Sodda qilib aytganda, bufer zonalari – bu epidemiologiya 
zonalari, texnogen halokatlar (neft to’kilishi, atom stanstiyasidagi avariya) 
zonalari, turli radiotexnik qurilmalar va tizimlarning ishlash uzoqligi 
zonalari va h.k.lar bo’lishi mumkin. 
2.12-rasm. Turli grafik primitivlar uchun berilgan kenglikdagi bufer 
zonalarini tuzish. 
Daryoning ikkala tomoni o’yicha 500 metr cheagra ichida jylashgan 
ob’yektlarni qamrovchi oblastni yaratish masalasi turibdi deb faraz qiling, 
2.13-rasm. Bunday oblastni yaratish jarayoni byfer zonasini yaratish deb 
ataladi. Bunday zonaning o’zi esa bufer deyiladi. Buferning ko’rinishi 
uinng radiusi bilan belgilanadi. Bizning holatimizda buferning radiusi 500 
metr qiymatidir. 
2.13-rasm. Ob’yekt atrofidagi bufer zonasi. 


62 
Bufer yaratish uchun buferning yoki konstanta ko’rinishidagi, yoki 
jadval ustuni ko’rinishidagi, yoki ibra ko’rinishidagi raiusi berilishi kerak. 
So’ngra tekislik (bufer doirasi uchun segmentlar soni) ko’rsatilishi kerak. 
Aytaylik, bufer radiusi uning o’lchamlarini belgilaydi. Bufer shossening 
ikkala tomoni bo’yicha 10 kilometrli chegarada joylashgan ob’yektlarni 
qamrab olishi uchun buferning 10 kilomeir radiusini berish lozim. Agar 
radius sifatida ibora yoki jalvalning qaysidir ustunidan ma’lumotlar 
qo’llanilsa, u holda GAT radiusni hisoblaydi. Radiusni o’zgarmas kattalik 
(kostanta) tariqasida berish, shuningdek jalvalning qaysidir ustunidan 
qiymatlarni qo’llash ham mumkin. Masalan, shaharlar atrofida aholisining 
sonini aks ettiruvchi bufer zonalarini yaratish uchun bufer radiusi qiymatini 
“Aholi” ustunidan tanlash mumkin. Bundan tashqari, bufer radiusini ibora 
ko’rinishida berish mumkin. Shaharlar atrofida aholi zichligini aks 
ettiruvchi buferlar zarur deb faraz qilaylik. Lekin jadvalda aholi zichligi 
qiymatini o’z ichiga oluvchi ustun yo’q. Bunday holda bufer radiusini aholi 
zichligi shaharlarning aholi zichligi va maydoniga oid ma’lumotlar asosida 
hisoblanadigan ibora bilan berish kerak.
Bufer doirasi uchun segmentlar soni yumaloqlanish darajasini 
(tekislikni) belgilaydi. Bufer doirasini chizib chiqish uchun qanchalik ko’p 
segment ishlatilsa, buferlar tekisligi darajasi shunchalik katta bo’ladi. Shu 
bilan birga yoddan ko’tarmaslik lozimki, katta tekislik buferni yaratish 
uchun katta vaqt ham talab qiladi. Tekislikning standart qiymati – to’liq 
doira uchun 12 segmentdir. 
Har qanday zamonaviy GAT buferning ob’yekt chegarasidan boshlab 
kengligini ikkita – sferik koordinatalar uchun va dekrt koordinatalari 
uchun uslublar bilan hisoblab chiqa oladi. Sferik hisob-kitoblar Erning 
sferik yuzasidagi masofalarni o’lchaydi. Bu boshlang`ich ob’yekt 
chegarasidan yangi bufer ob’yektigacha bo’lgan masofa uzeldan uzelgacha 
o’zgarishi 
mumkin 
demakdir. 
Masofaning 
dekart 
hisob-kitoblari 
ma’lumotlar proyektsiyalangan X–Y tekisligida amalga oshiriladi. 
Barcha tanlangan ob’yektlar atrofida yagona bufer yoki har bir 
ob’yekt atrofida alohida buferlar yaratish mumkin. Bir nechta ob’yektlar 


63 
uchun bir vaqtda buferlashni ikkita usul bilan amalga oshirish mumkin. 
Birinchidan, bu ob’yektlarning barchasi atrofida yagona bufer yaratish 
mumkin. Bu holda, esdan chiqarmaslik kerakki, GAT olingan buferni 
ko’pburchak qabilidagi yagona ob’yekt deb hisoblaydi. Agar bufer 
ko’pburchaklaridan biri tanlab olinsa, qolgan hammasi ham tanlanadi. 
Boshqa usul har bir ob’yekt uchun alohida buferlar yaratish hisoblanadi. 

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish