P islomov toshkent 2017 O‘quv qo‘llanma


mavjud raqamli fayllarni kiritish



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/107
Sana27.06.2022
Hajmi6,64 Mb.
#707856
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   107
Bog'liq
2 5197618281720060714

mavjud raqamli fayllarni kiritish
bor. Gap shundaki, aksariyat idoralar va 
tashkilotlar geografik axborotning keng ko’lamli ma’lumotlar bazalariga 
egalar. Bunday ma’lumotto’plamlari ochiq bo’lishi kerak, ma’lumotlarni 
olish esa tarmoq texnologiyalari yordamida amalga oshirilishi lozim. 


56 
Ma’lumotlarning mavjud raqamli to’plamlariga ega bo’lish va ulardan 
foydalanishGATni to’ldirishning eng samarali usuli hisoblanadi. 
2.6. GATga ma’lumotlarni rastrli modeli bilan kiritish 
Rastrli model
ob’yektlarning uzluksiz xususiyatlari bilan ishlash 
uchun optimal hisoblanadi. Rastrli tasvir – bu alohida elementlar (rastrlar, 
yacheykalar, piksellar) uchun qiymatlar to’plamidir. Alohida rastr 
koordinatalar, rangining chuqurligi (rangli rastrlarda), kul rang (kul rang 
shkala), qor yoki oq rang (qora-oq tasvirlarda) gradastiyasi bilan 
tavsiflanadi. Umuman olganda rastrli kartina – odatdagi fototasvirdir, u 
an’anaviy qog`oz kartani skanirlash yoki er yuzasi uchastkasini aero- va 
kosmik fotografiyalash bilan olinadi. Rastrli tasvirni dpi (dot’s per inch – 
bir dyuymdagi nuqtalar) birliklarida o’lchanadigan va tasvirning bir 
dyuymida nechta piksel joylashishini ko’rsatadigan 
imkoniy aniqlik
(razreshenie) bilan tavsiflash mumkin. Imkoniy aniqlik qanchalik yuqori 
bo’lsa, tasvir shunchalik sifatliroq va axboriyroq bo’ladi. Lekin shuni esdan 
chiqarmaslik kerakki, imkoniy aniqlikning ortishi bilan rastrli tasvir fayli 
ham kattalashadi. GATlarda odatda imkoniy aniqligi 200–600 dpi 
diapazonidagi rastrli tasvirlardan foydalaniladi (faqat imkoniy aniqligi bir 
necha ming dpi ga etadigan aero-va kosmosuratlar bundan istisno bo’lishi 
mumkin). 
2.7. Kartalarni raqamlash xatolari 
An’anaviy kartalarni raqamlash va skanirlash ishlari qanchalik izchil 
o’tkazilmasin, xatolar muqarrardir. GAT ma’lumotlar bazasidagi xatolar 
darajasi dastlabki kartalarning xatoliklari darajasiga bevosita bog`liq. Bor 
gap shundaki, kartalar axborotni har doim ham adekvat aks ettiravermaydi 
va ob’yektlarning o’rnashgan joyi to’g`risidagi ma’lumotlarni har doim ham 
aniq beravermaydi. 2.9-rasmda an’anaviy kartalarni tuzishning har bir 
bosqichida xatolarning to’planib borish jarayoni ravshan ko’rsatilgan. 


57 
2.9-rasm. Kartani yaratishda noaniq(notug`ri) natija olish misoli. 
Raqamlash jarayonida quyidagi xatolarni ajratib ko’rsatish mumkin: 

uzilishlar (chiziqning ikki segmenti bir-biri bilan tutashmaydi); 

irg`ishlar (chiziq “pulsastiyalanish” uchastkalariga ega); 

sirtmoqlar (chiziq bazi joylarida o’ralib qoladi); 

kesishuvlar (chiziq segmentlari bir-birining ustiga tushib 
qoladi). 
Bundan tashqari yetib bormaganlik va o’tib ketganlik kabi xatolar 
ko’p uchraydi, 2.10-rasm. 
2.10-rasm. Kartalarni raqamlash xatolari. 


58 
Kartani diskret (ya’ni keyin yagona kartaga birlashadigan alohida 
oblastlar bo’yicha) raqamlashda mos kelmasliklar va tutashmasliklar 
vujudga keladi, 2.11-rasm. 
2.11-rasm. Diskret raqamlash xatosi. 

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish