Geoinformatika
(GIS tehnology, geo-informatics) – geografik
axborot tizimlarini ilmiy asoslash, loyihalash, yaratish, ekspluatastiya qilish
va foydalanish, geoaxborot texnologiyalarini yoki GAT-texnologiyalarni
(GIS tehnology) ishlab chiqish bo’yicha, amaliy yoki geoilmiy maqsadlar
184
uchun GAT amaliy aspektlari yoki ilovalari (GIS application) bo’yicha fan,
texnologiya va ishlab chiqarish faoliyati. Geomatikaning tarkibiy qismiga
kiradi (nuqtai nazarlardan biriga ko’ra) yoki u bilan predmet va uslubiy
jihatdan kesishadi.
Geoaxborot texnologiyalari
– (GIS tehnology) – sin. GAT-
texnologiyalar – geografik axborot tizimlarini yaratishning texnologik
asosi, u GATning funksional imkoniyatlarini realizastiya qilish imkoniyatini
beradi.
Er kadastri
– bu ko’chmas mulk ob’yektlariga bo’lgan huquqlar
to’g`risidagi axborotning jamiyat uchun ochiq bo’lgan jamlamasidir, u
ko’chmas mulk ob’yektlarining tavsiflari to’g`risidagi turli ta’rifiy axborotni
o’z ichiga olishi mumkin.
Kartografik proyektsiya
– (map projection, projection) – Er shari
yoki ellipsoid (yoki boshqa sayyora) yuzasini tekislikda tasvirlashning
matematik jihatdan belgilangan usuli. K.p.ning umumiy tenglamasi
geodezik kengliklarni (V) va uzunliklarni (L) x va u to’g`ri burchakli
koordinatalar bilan bog`laydi: x = f1(B,L); y = f2(B,L), bu erda f1 va f2 –
mutaqil, bir qiymatli va yakuniy funksiyalar. Barcha K.p.lar sferik yuzadan
tekislikka o’tishda yuzaga keladigan u yoki bu buzilishlarga (distortions,
alterations) ega bo’ladi. Buzilishlarning tavsifi bo’yicha K.p.lar burchaklar
va
yo’nalishlar
buzilishlariga
ega
bo’lmagan
to’g`riburchakli
proyektsiyalarga (conformal projections, orthomorphic projections),
maydnlar buzilishiga ega bo’lmagan teng hajmli proyektsiyalarga
(equivalent projections, equal-area projectins, authalic projections),
qaysidir bir yo’nalishni (meridianlar yoki prallallarni) buzilishsiz saqlab
qoladigan teng oraliqli proyektsiyalarga (equidistant projections) va
burchaklar va maydonlar buzilishi u yoki bu darajada mavjud bo’lgan erkin
proyektsiyalarga (arbitraty projections, aphylactic projections, compromise
map projections) bo’linadi. Kartaning bosh masshtabi (principal scale,
nominal scale) ellipsoid (shar) chiziqli o’lchamlarining uni kartada
tasvirlashdagi kamayishi darajasini ko’rsatadi. Masshtab buzilishlari
kartaning har qanday nuqtasida uning o’z masshtabi (particular scale)
185
mavjudligida namoyon bo’ladi. Bunda kartadagi cheksiz kichik kesim
uzunligining ellipsoid (shar) yuzasidagi cheksiz kichik kesim uzunligiga
nisbati tushuniladi. Kartaning har bir nuqtasida K.p.dagi buzilishlar
darajasi bo’lib buzilishlarning cheksiz kichik ellipsi xizmat qiladi. Har xil
turdagi buzilishlarning taqsimlanishini izogrammalar (distortion isograms,
lines of equal distortions) – turli buzilishlar izoliniyalari vositasida
ko’rsatadigan maxsus kartalar mavjud. Sferik koordinatalarning holatiga
qarab, K.p. sferik koordinatalar o’qi Erning aylanish o’qiga mos keladigan
normal proyektsiyalarga (normal projections, normal aspect (or case) of a
map projection), sferik koordinatalar o’qi ekvator tekisligida yotadigan
ko’ndalang proyektsiyalarga (transverse projection, transverse aspect (or
case) of a map projection) va sferik koordinatalar o’qi er o’qiga burchak
ostida joylashgan qiyalama proyektsiyalarga (oblique aspect (or case) of a
map projection) bo’linadi. Turli fazoviy qamrov, tematika va ahamiyatga
ega
kartalarga
qo’yiladigan
turli
talablar,
shuningdek
kartografiyalanadigan hudud konfigurastiyalari xususiyatlarining o’zi va Er
sharidagi holati K.p. shta ko’p turliliga olib keldi. Normal to’rning
meridianlari va parallellarining turiga qarab, quyidagi K.p.lar farqlanadi:
stilindrik proyektsiyalar (cylindrical projections), ularda mmeridianlar
o’zaro teng masofada turgan parallel to’g`ri chiziqlar, parallellar esa –
ularga perpendikulyar to’g`ri chiziqlar tariqasida tasvirlanadi; konik
proyektsiyalar (conic(al) projections), ular bir nuqtadan chiqadigan to’g`ri
meridianlarga va konstentrik aylanalarning yoylari tariqasida tasvirlangan
parallellarga ega; azimutal proyektsiyalar (azimutal projections, zenithal
projections), ularda parallellar konstentrik aylanalar, meridianlar esa –
ushbu aylanalarning umumiy markazidan o’tkazilgan radiuslar tariqasida
tasvirlanadi;
psevdostilinidrik
proyektsiyalar
(pseudo-cylindrical
projections), unda parallellar parallel to’g`ri chiziqlar, meridianlar esa –
to’g`ri chiziqli markaziy meridiandan uzoqlashgan sari o’z egriligi ortib
boradigan
egri
chiziqlar
ko’rinishida
tasvirlanadi;
psevdokonik
proyektsiyalar (pseudo-conical projections), ularda parallellar konstentrik
aylanalarning yoylari, o’rta meridian – to’g`ri chiziq, qolgan meridianlar
186
esa – egri chiziqlar tariqasida ifodalangan; polikonik proyektsiyalar
(polyconic projections), ularda parallellar markazlari to’g`ri chiziqli
markaziy meridianda bo’lgan eksstentrik aylanalar, qolgan hamma
meridianlar esa – markaziy meridiandan uzoqlashgan sari o’z egriligi ortib
boradigan egri chiziqlar ko’rinishida ifodalangan; shartli proyektsiyalar
(conventional projections), ularda meridianlar va parallellar kartada juda
turli shakllarga ega bo’lishi mumkin. Listlar seriyasi ko’rinishida
yaratiladigan kartalar uchun ko’pyoqli proyektsiyalar (polyhedric
projections) qo’llaniladi, ularning parametrlari listdan listga yoki listlar
guruhiga o’tishda o’zgarishi mumkin. Kompyuterli texnologiyalar har
qanday turdagi K.p.larni buzilishlarning oldindan berilgan taqsimoti bilan
hisoblab chiqarish imkoniyatini beradi. Ba’zan K.p.ni kartadagi meridianlar
va parallellar to’ri deb xato aytishadi (muallif A.B. izohi).
Do'stlaringiz bilan baham: |