Spestifikastiyalarni belgilash
bosqichida tizim funksiyalarini aniq
ta’riflash amalga oshiriladi, kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlarning
strukturasi beriladi, fayllarning strukturasiga, ma’lumotlarga kirishni
tashkil qilishga, ma’lumotlarni yangilash va chiqarib tashlashga tegishli
bo’lgan masalalar kompleksi hal etiladi. Spestifikastiyalar faqat tizim
bajarishi lozim bo’lgan funksiyalarni, qanday tarzda bunga erishilishini
ko’rsatmasdan bajaradi. Tizim funksiyalarini realizastiya qilishning batafsil
algoritmlarini tuzish ushbu bosqichda amalga oshirilmaydi.
124
Loyihalash
bosqichida spestifikastiyalar tomonidan beriladigan
algoritmlar ishlab chiqiladi, va axborot tizimining umumiy strukturasi
shakllantirladi. Ishlab chiqiladigan tizim katta bo’lmagan qismlarga
shunday bo’lib chiqiladiki, har bir shunday qismni realizastiya qilish uchun
javobgarlik yoki bitta ishlab chiquvchiga, yoki ijrochilar guruhiga
yuklatilishi mumkin bo’lishi kerak. Bunda tizimning shu tarzda belgilangan
har bir moduli uchun unga qo’yiladigan talablar: realizastiya qilinadigan
funksiyalar, modullarning o’lchamlari, bajarish vaqti va boshq.
shakllantirilgan bo’lishi kerak.
Keyingi bosqich –
kodlash
dir. Bu bosqich eng oddiysi. Uni
realizastiya qilishda yuqori daraja algoritmik tillaridan, strukturaviy va
ob’yektli-orientirlangan dasturlash uslublaridan foydalaniladi. Kodlash
dasturiy ta’minot ishlab chiqishning boshqa har qanday bosqichiga
qaraganda yaxshiroq o’zlashtirilgan.
Testlash
bosqichi – eng qimmat turadigan bosqichlardan biridir.
Testlashga sarflanadigan xarajatlar tizimni yaratishga oid barcha
xarajalarning yarmini tashkil qiladi. Yomon rejalashtirilgan testlash
ko’pincha muddatlarning cho’zilishiga va ishlar grafigining barbod
bo’lishiga olib keladi. Testlash jarayonida tizim uchun ish holatida
xarakterli bo’lgan ma’lumotlar qo’llaniladi. Sinovlarni o’tkazish rejasi
oldindan tuzilgan bo’lishi lozim, test ma’lumotlarining katta qismini esa
titzimni loyihalash bosqichida belgilash kerak.
Testlash uchta stadiyaga bo’linadi:
avtonom;
kompleks;
tizimli.
Avtonom
testlashda har bir modul dasturchilar tomonidan
tayyorlanadigan ma’lumotlar yordamida tekshiriladi. Bunda modulning
dasturiy muhiti testlashni boshqarish dasturi yordamida imitastiyalanadi, u
haqiqiy podprogrammalar o’rniga mazkur moduldan murojaatlar
bo’ladigan soxta dasturlarni (go’yo “zaglushkalar”ni) o’z ichiga oladi.
125
Do'stlaringiz bilan baham: |