raqamlash
aniqligi va tezligini ancha oshiradi. Bu texnologiyaning yana
bir
nechta
ustunliklari
bor,
masalan,
bir
vaqtda
bir
nechta
foydalanuvchilarga ishlash imkoniyati, rastrli tasvirlarni dastlabki
o’zgartirish va h.k. Bularning hammasi pirovard natijada
rastrlarni
vektorlash
uchun maxsus DT to’plamining rivojlanishiga olib keldi.
Professional GATlarning ko’pchiligi o’rnatilgan
vetorizatorlarga
ega, ular
rastrli tasvirlarni raqamlash jarayonini avtomatlashtiradi. Ko’p ma’lumotlar
GAT-ilovalar tomonidan to’g`ridan-to’g`ri o’zlashtiriladigan formatlarga
keltirib bo’lingan.
32
1.8-rasm. WACOM digitayzeri va Contex keng formatli skaneri.
Tasvirni bosmaga chiqarish shuningdek katta formatdagi mahsulotni
olish bilan ham bog`liq. Buning uchun GAT uchun periferiya uskunalaridan
yana bir komponentdan – keng formatli plotterdan foydalaniladi, 1.9-rasm.
Hozirgi kunda bosishning purkovli texnologiyasi eng keng tarqalgan, zero
bunda narx-sifat nisbati optimaldir. Biz mavjud plotterlarning texnik
tavsiflarini sanab chiqmaymiz. Plotterlar bo’yicha to’laroq axborotni
Internetda topish mumkin.
1.9-rasm. Mimaki CG-60st plotteri.
GATning yana bir komponentini tilga olish lozim, u kartalarning yoki
dala kuzatuvlarining dastlabki axborotini olish va ishlash tezligini ancha
oshiradi. Bu zamonaviy taxeometrlar va geodezik asboblar, shuningdek
yo’ldoshli pozitsionirlash navigastiyasi tizimlaridan (GPS) foydalanib
bajarilgan dala o’lchovlari natijalarini avtomatik ro’yxatga olish uchun
mo’ljallangan apparaturadir, 1.10-rasm.
33
1.10-rasm. Garmin firmasining GPS-navigatori.
So’nggi yillarda cho’ntak personal kompyuterlari (Pocket PC)
GATning yana bir almashtirib bo’lmaydigan komponenti bo’lib qoldi, ular
fazoviy axborotni tez va ishonchli qabul qilish, ishlash, tahlil qilish va
uzatish imkoniyatini beradi. Cho’ntak PKlarining ustunliklari shubhasiz:
gabaritlari va og`irligining kichikligi, ko’pfunksionallik, foydalanishning
soddaligi, nisbatan arzonligi, 1.11-rasm.
1.11-rasm. GAT-ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilish uchun
qo’llaniladigan Compaq cho’ntak PK.
Ta’kidlash lozimki, mikroelektronikada so’nggi yillardagi yutuqlar
professional keng formatli kartografik skanerlar, plotterlar va ba’zi bir
boshqa periferiya uskunalarining narxida o’z aksini topmadi. Avvallaridek
bu GAT apparat ta’minotining eng qimmat turadigan elementlaridan
biridir.
34
Do'stlaringiz bilan baham: |