O’yin va o’quv faoliyatida bola diqqatini boshqarish usullari.
Bog’cha yoshidagi bolalarda ayrim psixik jarayonlarning rivojlanishi bilan birga ularning shaxsi va shaxsiy xislatlari ham tarkib topa boshlaydi. Bolaning tashqi muhitdagi narsa va hodisalar hamda o’ziga nisbatan bo’lgan to’g’ri , oqilona munosabatlarining asosi huddi shu davrda yuzaga keladi. Bundan tashqari, bog’cha yoshidagi davrda bolaning qobiliyatlari tez rivojlanib, yangi-yangi ehtiyojlar va qiziqishlar hosil bo’ladi. Bola shaxsining ana shunday rivojlanib borishi natijasida uning xarakteriga oid sifatlar namoyon bo’la boshlaydi.
Bog’cha yoshidagi davrda bolada qanday xarakter xislatlari tarbiyalansa, bu xislatlar bolaning maktab yoshidagi davrda va hatto katta odam bo’lib yetishganida ham namoyon bo’ladi. Shuning uchun boshqa yoshdagi davrda bolada ijobiy shaxsiy xislatlarning tarkib topishiga alohida ahamiyat berish lozim.
Bolalar bog’cha yoshidan boshlab xulq-atvorining axloqiy normalari va qoidalarini intensiv ravishda o’zgartira boshlaydilar. Ular o’zlarining u yoki bu xatti-harakatlariga kattalar tomonidan beriladigan baholarga zo’r qiziqish bilan qaraydilar. Shuning uchun ular hamisha nima yaxshi-yu, nima yomonligini, qanday harakat to’g’ri-yu qanday harakat noto’g’riligini aniqlashga intiladilar. Bunday ishda bolalarga hamisha yordam berish kerak, ularning bunday harakatlarini qo’llab-quvvatlash lozim.
Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, axloqiy norma va qoidalarni amalda kattalar hamda tengdoshlari bilan bo’lgan munosabatda qo’llay olish tajribasiga ega bo’lishi kerak. Shundagina bu axloqiy norma va qoidalarni singdira oladi. Ana shuni nazarda tutib, bolalar bilan munosabatda axloq normalari va qoidalaridan chetga chiqmay, bu sohada ularga namunalar ko’rsatish kerak.
Shunday qilib, yuqorida aytib o’tganimizdek, bolaning bkg’cha yoshidagi davrida uning faqat psixik jarayonlarigina emas, balki shaxsi va shaxsiy sifatlari kamol topadi. Maktabga borish bolalarning hayotida juda katta voqeadir. Maktab hayoti bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi, maktab davrida bolalarning asosiy faoliyatlari o’zgaradi. Maktab yoshidan boshlab bolalarning asosiy faoliyatlari, asosiy vazifalarini o’tish, fan asoslarini puxta o’zlashtirish bo’lib qoladi. Yetti yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo’lgan o’qish ulardan yangi sifat, yangi xususiyatlarga ega bo’lishlarini talab qiladi. O’qish faoliyati uchun bolalarda diqqat, o’tkir zehn, mustahkam hotira, tafakkur, yaxshi nutq, iroda va shuning bilan birga mustaqillik, batartiblik xislatlari bo’lishi kerak.
Bolalarning maktabga o’tishlari ularning yaslidan bog’chaga o’tishlariga qaraganda murakkab bosqichdir. Shuni ham nazarda tutish kerakki, bolalar maktabga o’tishlari natijasida ularning ularning ijtimoiy holatlarida o’zgarishlar yuz beradi. Masalan, yetti yoshga yaqinlashgan bolalar bog’chada “katta” ya’ni katta guruh bolalari deb hisoblanar edilar. Maktabga o’tishlari bilan yana “eng kichiklar” qatoriga tushib qoladilar.
Yetti yoshdagi bolalarning maktabga o’tishlari bilan yuzaga keladigan ana shunday jiddiy o’zgarishlarni nazarda tutib, ularni maktabdagi yangi hayotga har tomonlama tayyorlash kerak. Ma’lumki bolalar bog’chasining asosiy vazifalaridan biri bolalarga har tomonlama tarbiya berib, ularni taraqqiyot darajalarining maktabda o’qiy oladigan qilishdan iboratdir. Bu o’z navbatida maktabdagi o’qish ishlari bilan bog’chadagi ta’lim-tarbiya ishlari o’rtasida ma’lum izchillik bo’lishini talab etadi.
Bog’chada bolalarning jismoniy o’sishlariga qanchalik e’tibor berilsa, uning aqliy va axloqiy o’sishlariga ham shunchalik e’tibor beriladi. Bolalarning maktabga chiqishlari doimo nzarda tutilib, ular bilan o’tkaziladigan ta’limiy mashg’ulotlarda bolalarning idroki, diqqati, tasavvuri, xotiralari, xayol hamda tafakkurlari, irodaviy sifatlari tizimli ravishda taraqqiy ettirib boriladi. Diqqat sezilarli darajada yoshga ko‘ra o‘zgaradigan asosiy yuqori nerv faoliyati jarayonlari rivojlanishi darajasiga bog‘liq.
Bola hayotining birinchi yilida qandaydir vaqt ichida u yoki bu predmet bilan shug‘ullanishi mumkin, biroq bunda uning diqqati xali turg‘un emas. Beixtiyor diqqat shakllanishining shu boshlang‘ich davri shu bilan tavsiflanadiki, bola rang-barang narsalarni ko‘rib, baland tovushlarni eshitib, vaqt o‘tishi bilan yanada sust, sekin tanish bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilarga e’tibor berishni boshlaydi.
2 yoshga borib u narsalarni ko‘rib chiqib, qo‘li bilan boshqarib, uzoq vaqt ularda diqqatini to‘lmaydi. Bu yoshda bolaning nutqqa ega bo‘lish bilan bog‘liq bo‘lgan ixtiyoriy diqqat belgilari yuzaga keladi.
3-4 yoshda bolalar ko‘pgina predmet va hodisalar bilan qiziqishni boshlaydi, kattalarni diqqat bilan eshitadi, soatlab ular ishini kuzatadi va o‘zlari o‘z oldiga muayyan vazifalarni ko‘yishga qobiliyatli bo‘ladi. Ularning diqqati bir joyga to‘plangan bo‘lishi mumkin, biroq hali ham yetarli darajada turg‘un bo‘la olmaydi.
Katta maktabgacha bo‘lgan yoshda diqqat turg‘unligi ancha olib boradi. Biroq bolalar hali uni yaxshi boshqara olmaydi. Ular uzoq vaqt qandaydir predmetni qidira olmaydi, diqqatini to‘play olmaydi. Ixtiyoriy diqqat maktabgacha yoshda hali sust rivojlangan va bolaning faoliyati uning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi, bular kattalar ishini bajarish hamda o‘yin o‘ynashdan iborat. O‘yin uni kuzatuvchanlikka, muayyan qoidalarni bajarishga o‘rgatadi, irodasini tarbiyalaydi.
Maktabdagi o‘qish, bilimlarini egallash jarayoni – bularning barchasi kichik yosh o‘quv yuzaga keladigan qiziqishlar natijasida, xususan o‘quv mashg‘ulotlariga bo‘lgan qiziqish asosida rivojlanadigan beixtiyor diqqatning tezda o‘sishiga yordam beradi. U nihoyatda materialning yorqinligi, uning ko‘rgazmaliligi va aniqligi, bola hissiy sohasiga bo‘lgan ta’siriga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |