Iroda va diqqat.
Ixtiyoriy (irodaviy) diqqatning kuchi iroda kuchi
bilan saqlab turiladi. Ko'pincha, ixtiyorsiz diqqatning barqarorligi ham
faoliyat jarayonida irodaning zo'ri bilan ushlab turiladi. Shuning uchun
iroda, asosan, diqqatda ko'rinadi, desa boMadi. Agar kishi diqqatli boMishni
xohlab, buning uchun zo'r bersa, diqqat kuchli va barqaror boMadi; bun
da kishi ixtiyorsiz ravishda paydo boMadigan va diqqatning obyektiga
munosabati bilmagan taassurotlar, tasawurlar, fikr va hissiyotlami siqib
chiqarish va yo'q qilib yuborish uchun zo'r harakat qiladi.
Irodaning ishga solinishida kishining bir maqsadga intilishi, uning
ishga shaylanib, hozirlanib turishi katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun,
kuchli va barqaror diqqat hosil qilishda m a’lum ishga moyillik va tayyor
boMishlik katta rol o'ynaydi. Bu ishga shaylanish, yoM tutishdir. Chunon
chi, agarda o'quvchi uy vazifasini tayyorlashga shaylansa, o'qish ishiga
hafsala qo'ysa, uning diqqati butun ish davomida unchalik zo'r berishni
talab qilmaydi. Shuning bilan bir vaqtda, uning diqqati kuchliroq va
barqarorroq boMadi. Diqqatning g'oyat darajada mujassamligini va barqaror
ligini saqlab turish uchun kishining ishga muvofiqlanishi, ishlashga odat-
lanib qolganligi katta ahamiyatga egadir.
Ma’lumki, deyarli har qanday ish boshda qiyinchiliklar bilan bogMiq
boMadi, kishidan alohida kuch bilan zo'r berishlikni talab qiladi. Bironta
yangi ishning boshlanishida unga qarata birdaniga diqqatni to'plash qiyin
boMadi. Biz, ko'pincha, o'zimizni ma’lum bir ish bilan «shug'ullanishga»
majbur qilamiz. Masalan, fanning biz uchun qandaydir yangi boMgan
sohasi bo'yicha kitoblarni sistemali ravishda o'qiymiz. Bunday hollarda
diqqatimizni to'plash uchun, ko'pincha, anchagina zo'r berishga, ko'p
kuch sarf qilishga to'g'ri keladi. Lekin, ma’lum bir vaqt davomida aynan
bir sharoit va ayni bir vaqt ichida m a’lum ish bilan shug'ullanar ekanmiz,
natijada bunday ishga o'rganib qolamiz. Masalan, kitob bilan ishlashni
olsak, unga o'rganib qolgan sharoitimiz bilanoq aytarli zo‘r bermay va
unchalik kuch sarf qilmay o'qiy boshlaymiz. Faoliyatimizning boshqa
turlarida ham diqqat berib turish uchun bizda hosil boMgan odatlar xuddi
shunday ahamiyatga egadir.
Shunday yo'l bilan biz uchun misli odat bo'lib qolgan diqqat, ya’ni
maMum bir tashqi ifodaga ega boMgan va organizmning ayni ish sharoiti
ga odatlanib ko'nikishi tufayli doimo ishga tayyor diqqat hosil boMadi.
Bunday diqqat psixologiyada, boshqacha qilib aytganda, odat bo‘lib
qolgan diqqat deb ataladi.
Bunday odat bo'lib qolgan diqqatning hosil bo'lishida ishdagi saran-
jomlik, jumladan, ma’lum ish joyining tayin bo'lishligi, muayyan bir ishning
ma’lum reja bilan qilinishi (o'qish mashg'ulotlarining qat’iy jadvaliga ri
oya qilinishi), mehnat asboblarining va materiallarining joy-joyida bo'lishi
katta ahamiyatga egadir. Maktabda partadagi o'rinni tez-tez almashtirib
turish, uyda doimiy ish joyining bo'lmasligi — bulaming hammasi
o'quvchining diqqatiga salbiy ta’sir qiladi.
Odat bo'lib qolgan diqqat ishda saranjomlik bo'lishi uchun juda muhim-
dir. Bizdagi odatlar mashq natijasida hosil bo'ladi. Shuning uchun, kuch
li va barqaror .diqqat ham mashqning mahsulidir.
Qiziqishlar va diqqat. Diqqatning to'planishi va barqarorligini saqlab
turishda kishining qiziqishlari katta ahamiyatga egadir. Ixtiyorsiz diqqatning
barqarorligi, asosan, kishining ayni faoliyatiga bevosita qiziqishiga, ishti-
yoqiga bog'liq. Bevosita qiziqish — bu ayni ish jarayonining, ish-harakat-
larning o'ziga, ish usullariga bo'lgan qiziqishdir.
Ixtiyoriy diqqatning kuchi va barqarorligi, asosan vositali qiziqishga,
ya’ni faoliyatning maqsadi, ishning natijasi bilan qiziqishga bog'liq. Ixti
yoriy diqqat asosida qilinadigan ish jarayonining o'zi zo'r berishni talab
qilish tufayli noxush bo'lishi mumkin. Bunday ish davomida diqqatning
to'planishi va barqarorligi erishilgan maqsadni, ish natijalarining zarurligi
va ahamiyatini anglash orqali saqlab turiladi. Yoshlaming qiziqishlari,
ularning asosiy va hayotiy maqsadlari O'zbekistonning mustaqilligini mus-
tahkamlashi, uning kelajagini, faolligini ta’minlashdan iboratdir. Bunday
maqsadlarni anglash o'z ishi jarayonida diqqatining g'oyat darajada
to'planishi va barqarorligini ta'min etuvchi eng muhim shartlardandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |