P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet365/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

Odatlaming ahamiyati. 

Odatlar,  malakalar singari, odamning faoliyat­

larida  katta  o'rin  egallaydilar.  Odatlar  bizning  hayotimizni  va  faoliyati- 

mizni saranjom-sarishta hamda tartibli qiladi. Gigiyena malakalari, maishiy, 

mehnat va estetik malakalar shular jumlasidandir. Chunonchi, mehnatning 

ratsional  rejimiga  rioya qilish odatlari, sanitariya-gigiyena odatlari, yaxshi 

madaniy  xulq-atvor odatlari  mehnat  unumdorligini  oshirishning  muhim 

shartlaridandir.  Salbiy  xarakterga  ega  bo'lgan  odatlar,  aksincha,  bizning 

hayotimizni  bebosh  qiladi  va  intizomsizlikka  sabab  bo'ladi.



Odatlar inson ongining barcha faoliyatini va xususan, tafakkur hamda 

diqqatini  tartibli  qiladi,  bizda  o‘ylash  odati  va  o‘ylashning  odat  boMib 

qolgan  usullari,  diqqatli  boMish  odati  va  odat  bo‘lib  qolgan  diqqat  vu­

judga kelishi  mumkin. Juda ko‘p odatlar xarakterimizning xislatlariga ay­

lanib  qoladi.  Shuning  uchun  ijobiy  odatlarni  paydo  qilish  kishini  eng 

kichik  yoshdan  boshlab  tarbiyalashning  muhim  vazifalaridan  biridir.

Odatlaming yuzaga kelishi juda yosh bolalik davrdan boshlanadi. Odat­

laming dastawal boshlab yuzaga kelishida bolalaming kattalarga taqlid qi- 

lishlari  katta rol  o‘ynaydi.  Bolada odatlaming yuzaga kelishi  ko‘p jihatdan 

kattalarning  xulq-atvoriga  bogMiq.  Maktabda  odatlar  o‘qituvchi  talablari - 

ning ta’siri  hamda o‘qituvchi tomonidan  o‘quvchilarning  qilgan  ishlari  va 

xulq-atvorlariga sistemali tarzda baho berib borish orqali yuzaga keltiriladi. 

0 ‘quvchilarda ijobiy odatlarni yuzaga keltirishda sinf jamoasi  hamda «Ka- 

molot» Yoshlar  Ijtimoiy  Harakati  ijtimoiy fikrining ta’siri alohida ahamiy­

atga  egadir.  Maktabda  mehnat  qilishga  odatlanishni  hosil  qilish  alohida 

muhim o‘rinda turishi kerak. 0 ‘quvchilarda mehnat  faoliyatiga tegishli  ijo­

biy odatlarni yuzaga keltirish lozim.  Masalan, bajaradigan mehnat vazifasi- 

ga javobgarlik  bilan  qarash,  ish joyini  to‘g‘ri  tashkil  qilish,  ish  asboblari, 

materiallar va mashinalarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda boMish, 

harakatlarni vaqt mobaynida ratsional (to‘g£ri) taqsimlash, qilinayotgan ish­

larni sistemali ravishda nazorat qilib borish, qiyinchiliklarni yengish, mehnat 

usullarini yaxshilash yoMida tashabbus va ijodkorlik ko‘rsatish hamda mehnat 

unumdorligini oshirishga intilish odatlari shular jumlasidandir.  Ijobiy odatlar­

ni  hosil  qilish bilan bii^ga salbiy odatlarni yo‘qotish yuzasidan  ham  ish  olib 

borish  lozim.  Salbiy  odatlarni  yo‘qotish  uchun  asosan  bunday  odatlarga 

qarshi  sistemali  ravishda va  muttasil  kurash  olib borish  kerak.  Salbiy odat­

laming oldini  olish zarur,  agar sharoit  imkon bergan joyda,  paydo boMgan 

salbiy odatlarni  ijobiy odatlar bilan  almashtirib  yuborish  kerak.

Maktabda  to‘g‘ri  hosil  qilingan  va  mustahkamlangan  odatlar maktab 

tugatilgandan so‘ng xulq-atvorning barqaror shakli boMib qoladi va shaxs­

ning  ancha  mustahkam  xislatiga  aylanadi.

Malaka  va  odatlar kishining  xulq-atvori  va  faoliyatining  barcha  turlari 

uchun zarurdir. Ammo  kishining faoliyati  va  xulq-atvorini  faqat  malaka va 

odatlardan  iborat  deb  boMmaydi.  Malaka  va  odatlar bilan  birga,  kishining 

ongli  ijodiy  faoliyati  ham  yuksak  darajada  o\sishi  va  namoyon  boMishi  lo­

zim.  Kerakli  malaka  va  odatlarni  tarbiyalash  bilan  bir^n,  kishida  okz  xulq- 

atvori va o‘z faoliyatiga nisbatan ongli munosabatda boM ishni ham o‘stirmoq 

kerak.




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish