Aniq va abstrakt tafakkur
Tafakkur — aniq tafakkur va abstrakt tafakkur deb ikkiga bo'linadi.
Agar biz fikr yuritilayotgan narsani idrok qilsak yoki tasawur qilsak, bu
tafakkur
aniq
tafakkur deb ataladi.
Bizning o'zimiz shu onda turgan xonamiz to'g'risidagi muhokama-
larimiz mana shunday aniq tafakkurning bir misolidir. Biz tasawur qi
lishimiz mumkin bo'lgan biror daryo to'g'risidagi, biror qurilish
to'g'risidagi, biror tarixiy voqealar to'g'risidagi muhokamalar ham aniq
tafakkurga misol bo'la oladi.
Bu —
narsalarning obrazlariga bevosita tayanuvchi tafakkurdir. Bu —
yaqqol tafakkurdir.
Aniq tafakkur ham predmetli-yaqqol tafakkur va yaqqol-obrazli tafakkur
deb ikkiga bo'linadi.
Tafakkur obyekti bevosita idrok qilinadigan tafakkur
Do'stlaringiz bilan baham: |