P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet376/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

xarakter  xislat­

lari 

deyiladi.  Xarakter  xislatlari  kishida  tasodifiy  uchraydigan  xususiyat 

boMmay,  balki  kishining  xulqidagi 

doimiy,  barqaror  xususiyatlar 

boMib, 


bu  xususiyatlar shaxsning  o‘zigagina xos  boMadi.

Har bir  odam  ayrim  paytlarda  mardlik,  salobatlilik,  rostgo‘ylik,  sof- 

dillik  ko‘rsatishi  mumkin.  Lekin  kishining  hayoti  va  faoliyatida  ayrim 

paytlardagina  yuz  beradigan  bunday xususiyatlar hali  uning barqaror xa­

rakter  xususiyatlari  boMa  olmaydi.  Biz  kishi  xarakterini  ta’riflamoqchi 

boMganimizda,  bu  odam mardlik qildi  yoki  rostgo‘ylik,  sofdillik  ko‘rsatdi 

demasdan,  balki bu odam  mard,  rostgo'y,  sofdil deb gapiramiz.  Bu degan 

so‘z,  mardlik,  to‘g‘rilik,  sofdillik  shu  odamga  xos  fazilat,  uning  xarakter 

xislati  degan  so'zdirki,  tegishli  paytda  mardlik,  rostgo‘ylik,  sofdillik 

ko‘rsatishni  biz  muqarrar ravishda  bu odamdan  kuta olamiz.  Agar biz  bir 

kishining  xarakter  xususiyatini  bilsak,  bu  odamning  tegishli  paytda  qan­

day xatti-harakat ko‘rsatishni oldindan to'g'ri taxmin qila yoki ayta olamiz.

Kishi  xarakteri  tarkibiga  kiradigan  ayrim  xislatlari  ijtimoiy  munosa- 

batlarning taraqqiyotiga bogMiq  holda,  tarixiy  ravishda vujudga  kelgan  va 

o‘zgargan.  Sinfiy jamiyatda  xarakterning  ham  sinfiy xislatlari  tarkib  top­

gan.  Kishilar xarakteridagi ayni bir xislatning o‘zi turlicha  ijtimoiy muhit­

da  turlicha  baholanadi:  bir  ijtimoiy  sinf,  bir  tarixiy  davr  uchun  ijobiy 

hisoblangan xarakter xususiyati  ikkinchi bir sinf,  ikkinchi bir ijtimoiy davr 

uchun  salbiy bo'lib qoladi.

Ijtimoiy munosabatlaming o‘zgarishi bilan u maMum bir guruhga yoxud 

sinflarga  xos  bo'lgan  ko'p  xarakter xislatlari  qaytadan  tarbiyalanadi  yoki 

yo‘qolib  ketadi,  shu  bilan  birga  yangi  xarakter xislatlari  paydo  bo'ladi.

XX asrning yakuniy bosqichi  buyuk ijtimoiy o'zgarishlar va burilishlar 

davri  boMib  tarixga  kirayapti.  Bu  o'zgarishlarning  eng  ulug'i  SSSR  deb 

atalgan  kommunistik  imperiyaning  barbod  bo'lishi  va  sobiq  ittifoqdosh



respublikalaming, jumladan,  jumhuriyatimizning  mustaqillik,  milliy  tik- 

lanish va demokratik yoMiga kiravotganidir.  Bu xalqlar insoniyatning hay­

otida sinalgan tabiiy-tarixiy taraqqiyot yoMi — bozor iqtisodiyotiga o‘tyapti, 

bevosita jahon  iqtisodiy-ijtimoiy  oqimiga  qo‘shilyapti.

Ushbu  ulkan  tarixiy jarayonlar  kishilarning  ruhiyatiga,  xarakteriga, 

axloq-odobiga,  o£zaro  munosabatlariga  chuqur  va  ziddiyatli  ta’sir 

ko‘rsatyapti.  Bu  ta’sirlar xalqimizning milliy tiklanishi va milliy qadriyat- 

larigagina  emas,  balki  kishilarimizning  xarakter  xislatlarini  ham 

o‘zgartirishga sabab boMmoqda.

Xarakter va  uning shakllanishi,  namoyon boMishi uchun kishilarimiz- 

ni  o‘rab  olgan  muhiti,  turli  faoliyatla^ga  turlicha  munosabatlar,  yashab 

turgan  jamiyatimizdagi  munosabatlar  sabab  boMadi.  Bu  esa  xalqimizda 

yangicha  xarakter  xislatlarining  shakllanishiga,  asriar  davomida  avlod- 

dan-avlodga o‘tib kelayotgan saxiylik, samimiylik, o‘zaro hamkorlik,  bir- 

biriga yordam, iffat, sharm-hayo,  kamtarlik,  mehmondo‘stlik kabi sifatlar 

barqaror  xususiyatlarga  aylanib  qolmoqda.  Bu  xususiyatlar  yana  avlod- 

dan-avlodga  o‘tadi  va  mazmun,  sifat  jihatidan  o‘zgaradi  va  u  kishilami 

o‘z-o‘ziga, jamiyatga,  mehnatga,  narsalar  va  hodisalarga  boMgan  muno- 

sabatlarda  yangicha xarakter xislatlarni  shakllantiradi.

Zahmatkash  xalqimizning  xarakteridagi  irodaviy,  axloqiy  va  fahm- 

farosatga  bogMiq  boMgan  xislatlar  mustaqillikni  mustahkamlashda  yana 

ham  rivojlandi.  Xarakterning  bu  sifatlari  terrorizmga  qarshi  kurashda, 

diniy aqidaparastlik,  vahobizm,  narkomaniya va shu  kabi  illatlarga qarshi 

kurashda  yaqqol  namoyon  boMdi.  Qancha  begunoh  kishilarning  yostigM 

quridi,  lekin  xalqimiz  o‘zining  matonati,  qat’iyati  bilan  o‘z  xarakterini 

namoyon  qildi.

Hozirgi  kunda  laganbardorlik,  xushomadgo‘ylik,  takabburlik,  egaizm, 

tamoyilsizlik  kabi salbiy  illatlar o ‘rnini  o ‘zaro  muruvvat,  hamkorlik,  kishi- 

larni  hurmat  qilish,  ularga  qoMlaridan  kelguncha  yordamlashish,  mehr- 

saxovat,  adolat,  savobli  ishlar qilish,  halol  va  haromni,  vijdonni  his  qilish 

yaxshilik  kabi  ijobiy  sifatlar  egallab  bormoqda.

Bizda  yangicha  xarakter  xislatlari  tarkib  topmoqda.  Bu  kishilarning 

mehnatiga  yangicha  munosabat,  jamiyat  manfaatlariga  sodiqlik,  mehr- 

muruvvatli  boMish,  yordamga  muhtoj  kishilarga  iltifotli  boMish  kabi  yuk­

sak  fazilatlar  shakllanmoqda.

Kishilarimizning  xarakter  xislatlari  ularning  dunyoqarashi   va 

c ’tiqodlari  bilan  belgilanadi  va  ularning  qiziqish,  qobiliyatlari  bilan 

mahkam  bogMangandir.  Dunyoqarash  va  e ’tiqodlar  Vatanimizga  fidoko- 

rona  muhabbat,  jasorat,  mehnatsevarlik,  mardlik,  sabot  va  rostgo'ylik 

singari  xarakter  xislatlarini  shakllantiradi  va  nohaqliklarga  nisbatan  sez- 

girlik  singari  xarakter  xislatlarining  vujudga  kelishi,  ko'proq  kishining



hissiyotlarida  zohir  boiadi.  Kishi  xarakterida  markaziy  o‘rinni  ishg'ol 

etadigan sifatlar mazkur  odamning  iroda sifatlari  va  ma’naviy  qiyofasida 

ifodalanadigan  sifatlardir.

Kishining  xarakteri  uning  o'ziga  xos  xislatlarining  majmuidir.  Ana 

shu  xislatlar orasida  shu  kishini jamiyat a’zosi sifatida xarakterlab  beruv­

chi  xususiyatlar eng  muhim  ahamiyatga egadir.




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish