P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet371/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

Flegmatik temperament 

— hissiyotning juda sekin, kuchsiz qo'zg'alishi 

va uzoq davom etmasligi bilan farq qiladi. Flegmatik temperamentli kishilar 

hissiyotlarining tashqi ifodasi kuchsiz bo'ladi.  Bu xil temperamentli odam- 

larni  xursand  qilish,  xafa  qilish  yoki  g'azablantirish  ancha  qiyin.

Flegmatiklarning psixik jarayonlari sust bo'ladi.  Bu xil  temperamentli 

odamlar  nihoyat  og'ir,  yuvosh,  bosiq,  harakatlari  salmoqli  bo'ladi.  Agar 

bir faoliyatga  kirishsalar,  uni  qat’iyat  bilan  davom  ettiradilar.

Flegmatik temperamentli  bolalar yuvosh,  mo'min qobil  bo'ladi.  Ular 

ko'pchilikka  aralashmaydigan,  tortinchoq  va  hech  kimga  tegmaydigan, 

birovni  ranjitmaydigan bo'ladilar.  Agar birov ular bilan urish  chiqarmoq- 

chi bo'lsa,  o'zlarini  chetga olishga  harakat qiladilar.  Ular shovqin-suron- 

li,  harakatli  o'yinlarga  moyil  bo'lmaydilar.  Bu  xil  temperamentli  bolalar 

jizzaki  bo'lmaydilar va odatda  ular o'yin-kulgilarga  moyil  emaslar.

Flegmatik temperamentli kishilar (bolalar) tashabbus ko'rsatishga moyil 

bo'lmaydilar,  lekin  ular  faoliyati  yo'lga  qo'yilsa,  ancha  qunt  bilan  ish 

ko'radilar,  yaxshi  o'qib  ketishlari  mumkin.

Har qaysi odam temperamentini batamom bir tip doirasigagina «sig'dirib» 

bo'lmaydi, albatta. Tip tushunchasining o'zi faqat bir-birlariga o'xshash bir 

guruh  odamlarnigina o'z  ichiga olishligini  nazarda tutadi.  Har qaysi  odam




temperamentida  o'ziga  xos  individual  xususiyatlari  bo'ladi,  bu  xususiyat- 

lami batamom muayyan bir temperament tipiga kiritib bo'lmaydi.  Bu xu­

susiyatlar  ayni  individual  xususiyatlardir,  ya’ni  shu  shaxsning  o'zigagina 

xos xususiyatdir.  Ko'pchilik odamlarda bir tip temperament alomatlari  ik­

kinchi bir tip temperament alomatlari bilan qo'shilgan bo'lishini ko'ramiz; 

chunonchi, xolerik temperamentli kishida melanxolik yoki flegmatik tem­

perament  alomatlari  bo'lishi,  sangvinik  temperamentli  kishida  xolerik  va 

flegmatik temperament  alomatlari bo'lishi  mumkin va hokazo.

Odamlarni faqat ularda qaysi temperament belgilari ustun bo'lsa, shun­

ga qarab,  ma’lum bir temperament tipiga kiritish  mumkin.




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish