P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

IX  B O B .  NUTQ

I.  NUTQ  TO‘G‘RISIDA UMUMIY  TUSHUNCHA

Nutq  — odamlar til  orqali  bir-biri  bilan  muomala  va  aloqa  qilishning 

alohida  usulidir.  Odam  o'z  nutqi  orqali  o'zining  bilimlari,  fikrlari,  hislari 

va istaklarini  boshqa kishilarga aytib bera oladi va boshqa kishilarning fikr­

larini o'zlashtirib oladi, boshqa kishilarning hislari va istaklarini bilib oladi.

Odamlar o'zlarining faoliyatlari va kundalik hayotlarida bir-birlari bilan 

shu  tarzda aloqa qilib turadilar.

Nutq  vositasi  bilan  aloqa  bog'lash jarayonida  har  bir  kishi  bilimlar- 

ning  ko'p 

qismini

  boshqa  kishilardan  oladi.

Nutq  vositasi  bilan  aloqa  bog'lash  odamning  doimiy  ehtiyoji  bo'lib, 

bu  aloqa  fikr olishga xizmat  qiladi.

Odam  boshqa  kishilar bilan  nutq  orqali  muomala  qilmay  yashay  ol­

maydi.  Odam  yakka o'zi  qolganida,  ko'pincha,  xayolidagi  suhbatdoshlar 

bilan  «o'z  ichida» gaplashadi.  Odam  o'ziga  notanish  bo'lgan  bir yoki  bir 

necha kishi o'rtasiga tushib qolsa, unda nimalamidir aytish yoki shu kishi­

lardan  nimalarnidir  eshitish  ehtiyoji  albatta  paydo  bo'ladi.  Bu  ehtiyoj 

qondirilmay qolsa, odamda ma’yus qiladigan «o'ng'aysizlik» hissi tug'iladi. 

Odamning  «aytadigan  hech  bir  gapi»  bo'lmagan  taqdirda  ham  shunday 

ehtiyoj  paydo bo'ladi.  Bunday  hollarda u  «nima  qilishini»  bilmay qoladi. 

Bunday  hollarda  unda  «nimani  gapirsam  ekan?»,  «nimadan  gap  boshla- 

sam  ekan?»,  «qanday  gap  boshlasam  ekan?»  deb  gap  mavzuini  qidirish 

boshlanadi.

Uchinchi  bobda  aytilganidek,  nutq tarixiy taraqqiyot jarayonida,  ong 

bilan  baravar,  insonlarda  til  vositasi  bilan  aloqa  bog'lash,  bir-birlariga 

biron  narsa aytish ehtiyoji tug'ilishi  natijasida paydo bo'lgan.  Kishi  nutqi 

mehnat jarayonida  o'sib  borgan.

Har  bir  kishining  nutqi  bolalik  chog'idan  boshlab  o'sib  boradi,  bu­

ning sababi  ham  boshqa  kishilar bilan  aloqada  bo'lish  ehtiyojidir.

Nutq  to'g'risida,  shu  bilan  birga,  til  to'g'risida gapirganimizda quyi­

dagilarga  e’tibor berishimiz  kerak.

«Nutq» va «til» degan terminlar ko'pincha bir xil  ma’noda ishlatiladi. 

Ammo  bu  terminlarning  ma’nosini  bir-biriga  aralashtirib  yuborish  yara­

maydi.  Garchi  nutq  bilan  til  bir-biriga  chambarchas  bog'langan  bo'lsa 

ham,  lekin  ularning  ikkovi  bitta  narsa  emas.

229



Biz  biror  kishiga:  «Siz  qaysi  tilda  (yoki  tillarda)  gaplashasiz?»  deb 

savol berganimizda,  biz shu  kishining nutqi, gapi  bilan  uning o‘z nutqida 

qanday til  (yoki  tillar)dan  foydalanishini  aniq  farq qilamiz.

Har  bir kishining  yoshiga,  bilimiga,  umumiy  izlanish  saviyasiga  qa­

rab,  uning  nutqi  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo'ladi.  Ayrim  kishilar 

kasbining  xususiyatlari,  shu  kishilarning  nimalarga  qiziqishi,  mijozi  va 

shu kabi xususiyatlari  ularning nutqlarida namoyon boiadi.  Har bir kishi 

bir yoki  bir necha tildan  foydalanib,  o'zicha gapiradi.  Har bir  kishining 

o‘z  nutqi  bor.

Odam  ongining  alohida  funksiyasi  bo'lgan  nutq  psixologiya  fani  to­

monidan  o'rganiladi.  Til  esa ijtimoiy hodisadir. Til  ayrim  kishida musta­

qil ravishda mavjuddir. Tilning ijodkori esa xalqning o'zidir, tarixan tarkib 

topgan  millatning  o'zidir.  Rus  tili,  o'zbek  tili,  xitoy  tili,  nemis  tili  va 

hokazo  deganimizda,  biz  mana  shu  ma’noda  gapiramiz.  Har  bir  avlod 

o'zidan oldin o'tgan avlodlar ishlab chiqqan tilga duch keladi va shu tilni 

egallab  oladi,  ya’ni  o'zining  nutq  orqali  qiladigan  muomalasida  shu  til­

dan  foydalanadi.

Nutq  bilan  til  bir-biridan  farq  qiladi,  lekin  ayni  vaqtda  ularni  bir- 

biridan  ajratib  bo'lmaydi;  nutq  ham,  til  ham  bir-biriga  bog'langan,  ular 

birlikda  mavjuddir.  Bu birlik shundan  iboratki,  har bir til  tarixiy taraqqi­

yot  davomida  odamlarning  nutq  vositasi bilan  aloqa  bog'lash jarayonida 

vujudga kelgan va o'sib borgan.  Har bir tilning yashab turishi kishilarning 

shu  tilda  gaplashuvlariga  bog'liq.  Agar  odamlar  biror  tilda  gaplashmay 

qo'ysalar,  bu  til  ham  yo'q  bo'lib  ketadi:  u  «o'lik  til»  bo'lib  qoladi.  Biz 

«o'lik» tillar borligini shu til aks ettirilgan yozma yodgorliklardan bilamiz. 

Masalan, qadimgi grek (yunon), lotin tillari mana shunday «o'lik» tillardir.

Til  bilan  nutqning  birligi  yana  shunda  namoyon  bo'ladiki,  har  bir 

kishi  o'z  nutqida  biror tildan  foydalanadi,  ba’zilari  esa  bir  necha  tildan 

foydalanadilar.

Gapirish  va  boshqa  odamlarning  nutqini  tushunish  uchun  til  bilish, 

shu  til  sistemasini  bilish,  shu  tilning tuzilishini  bilib  olish  kerak.


Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish