P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


IV.  DIQQATNING  XUSUSIYATLARI



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

IV.  DIQQATNING  XUSUSIYATLARI

Diqqat  bir  qancha  xususiyatlarga  ega  bo'lib,  ulardan  asosiylari  — 

diqqatning  ko'chuvchanligi,  bo'linishi,  ko'lami,  kuchi  va  barqarorligidir.

Bu  xususiyatlarning  qanchalik  yaqqol  ifodalanishiga  qarab,  har  turli 

faoliyat  jarayonida  ayrim  odamlar  diqqatining  ma’lum  bir  (ijobiy  yoki 

salbiy)  sifatlari  belgilanadi.



Diqqatning  ko‘chuvchanligi

Diqqatning ko'chishi deganda, biz uning bir narsadan ikkinchi boshqa 

bir  narsaga,  faoliyatning  bir turidan  boshqa  turiga  o'tishini  tushunamiz. 

Masalan,  odam  o'z  diqqatini  kitob  o'qishdan  surat  ko'rishga,  surat 

ko'rishdan esa o'z fikrlarini bayon etishga ko'chirishi mumkin. O'quvchilar 

o'z  diqqatlarini  bir fanni  o'qishdan  boshqa fanga ko'chiradilar,  chunon­

chi,  matematikadan  tarixga,  tarixdan  rus  tiliga  va  shuning  kabilar. 

Diqqatning ko'chishi  ixtiyorsiz va ixtiyoriy tarzda sodir bo'lishi  mumkin.

Diqqatni ko'chirishning nerv-fiziologik asosi, asosan,  ikkinchi signal­

lar sistemasining signallari  orqali  bosh  miyaning  po'stida  paydo  bo'lgan 

optimal  qo'zg'alish  o'chog'ining o'rin  almashtirishidir.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Diqqatning  ko‘chiriIishi  ko‘p  hollarda  qiyinchiliklar  bilan  bogMiq 

boMadi.  Masalan,  ba’zan  diqqatni  bundan  oldingi  obyektdan ajratish  qi­

yin  boMsa,  boshqa  hollarda  oldingi  ishining  ketidan  qilinadigan  yangi 

ishga  kirishib  ketish  qiyin  boMadi.  Diqqatni  ko'chirishning yengillik yoki 

qiyinligi  bir qancha  sabablarga  bogMiqdir.  Bu  sabablardan  biri  — ketma- 

ket  qilinadigan  ish  mazmunlari  o'rtasida  bogMiqlik  bor yoki  yo'qligidir; 

agarda bunday bog'liq yo'q  bo'lsa,  diqqat  tez va yengillik bilan ko'chishi 

mumkin.  Diqqatni ko'chirishning yengillik yoki qiyinlik sabablaridan yana 

biri diqqat qaratilgan narsalarga va bajarilayotgan ishlaiga nisbatan kishining 

munosabatidadir.  Masalan,  agar  kishi  ilgari  qilgan  ishiga  zo'r  qiziqish 

bilan  qarab,  undan  keyingi  qilinadigan  ishga  aytarli  qiziqmasa,  bunday 

paytda  ilgarigi  ishdan  diqqatni  ko'chirish  qiyin  bo'ladi  va  sekinlik  bilan 

amalga oshiriladi.  Aksincha,  agar keyingi  qilinadigan  ish  oldingisiga qara­

ganda qiziqarli  va yoqimliroq bo'lsa,  diqqat tez va osonlik bilan  ko'chadi. 

Agar qilinayotgan ish to'la tugallansa,  u paytda kishi o'z diqqatini bir faoli- 

yatdan  ikkinchisiga  yengillik  bilan  ko'chira  oladi,  aksincha,  agar  oldingi 

ishni  oxirigacha yetkazmay turib,  qandaydir sababga ko'ra,  diqqatni  yangi 

bir faoliyatga  ko'chirish  lozim  bo'lib  qolsa,  bu  narsa ancha qiyin bo'ladi.

Eng  yaxshi  diqqat,  albatta,  bir  narsadan  ikkinchi  narsaga tez  ko'cha 

oladigan  diqqatdir.  Diqqatning  mana  shunday  xususiyati  tufayli,  kishi 

atrofidagi  muhitga  tez  moslasha  oladi  hamda  o'zgaruvchan  sharoitdagi 

turli elementlaming ahamiyatlarini tezlik bilan belgilay oladi.  Diqqatning 

tez  ko'chuvchanligi  kishining  ishini  ham tezlashtiradi.

Diqqatning tez  ko'chuvchanligi,  uning boshqa sifatlari  kabi  kishining 

amaliy  faoliyati jarayonida taraqqiy  etadi.


Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish