Nutq yozuv vositasi bilan ifodalanganda so'zlarning tovush tuzilishi
yozma, grafik belgilar sistemasiga ko'chiriladi. Nutqning yozma ifodasi
qo‘l va barmoq muskullari yordami bilan hosil qilinadi. Lekin bunda
yozish jarayoni artikulatsiyadan ajralgan holda emas, balki artikulatsiya
asosida voqe boMadi. Yozishning artikulatsiya bilan bunday bogManganligi
savod chiqarishning dastlabki bosqichlarida, ayniqsa, sezilarli boMadi.
Endigina savod chiqarayotgan o'quvchi har bir so'zni yozayotganida shu
so'zni albatta gapirib yoki pichirlab aytib turadi. Yozish malakasi rivoj
lanib ketganida (avtomatik tus olganida) ham bo‘gMzning yengil harakat
qilishi davom etaveradi, buni alohida asboblar yordami bilan qayd qilish
mumkin (32—33-rasm).
Ikkinchi signal sistemasining mexanizmlari tafakkurning asosi boMgani
kabi, nutqning ham nerv-fiziologik asosidir (uchinchi bobga qaralsin).
Hayvonlarning tashqi dunyo bilan munosabati ularning faqat bevosita
taassurotlari orqali voqe boMadi. Odamning tarixiy rivojlanishi natijasi
da esa unda «ikkinchi signal sistemalari, ana shu birlamchi signallaming
signallari so'zlar tariqasida paydo boMdi, rivojlandi va nihoyat darajada
takomillashdi». Qo'zg'ovchi vosita sifatida, so‘z uch shaklda namoyon
boMishi mumkin: 1) eshitish organini qo‘zg‘ovchi shaklda — eshitiladi-
gan so‘z; 2) ko‘rish organini qo‘zg‘ovchi shaklda — yozilgan so‘z;
3) kinestezik qo‘zg‘ovchi shakl sifatida - aytilayotgan yoki yozilayotgan
so‘z (l.P. Pavlov, Полное собрание сочинений, III tom,
2-kitob, 232-bet). Shu shakllar orasida l.P. Pavlov organlarining ki
nestezik qo‘zg‘alishi alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi: «Nutq,
awalo, nutq organlaridan bosh miya pastiga o‘tuvchi maxsus kinestezik
qo‘zg‘alishdir. Nutq ikkinchi signallardir, signallaming signalidir». Eshi-
tilib turgan, aytilayotgan va ko‘rinib turgan (yozuv) so‘z qo‘zg‘ovchi
boMibgina xizmat qilmasdan, shu bilan birga, qo‘zg‘alishga javob reaksi-
yasi boMib ham xizmat qiladi. Bunda javob reaksiyasi boMgan so‘z o‘z
navbatida — ikkinchi signal sistemasidagi jarayonlarni vujudga keltiradi-
gan qo'zg'ovchidir.
Qo'zg'ovchi nutq va javob so'z reaksiyasi bo'lgan nutq, bosh miya
po'stining maxsus uchastkalari bilan — nutq markazlari bilan bog'langan.
Nutq markazlari eshitish markazi, harakatlantirish markazi va ko'rish
markazi deb uch xil markazga bo'linadi.
Eshitish markazi so'l chakkaning orqa bo'limida joylashgan. Miya
ning bu uchastkasi eshitilgan so'zlarni idrok qiladi, boshqalarning nutqini
tushunish va o'zlashtirishni vujudga keltiradi, bu markaz buzilib qolga
nida nutq chuvalab ketadi, buni
Do'stlaringiz bilan baham: