a
fonemasining o'z
belgilari,
b
fonemasining o'z belgilari,
sh
fonemasining va hokazolarning
ham o'z belgilari bor, biz shu belgilarga qarab, ayrim so'zlarni fahm-
laymiz. Bu belgilar, odatda, fonematik belgilar deb ataladi.
Biz gapirayotganimizda, odatda, mimika va imo-ishoralardan foy-
dalanamiz. Lekin mimika va imo-ishoralarni alohida til deb hisoblab
bo'lmaydi.
Mimika va imo-ishoralar nutqning emotsional (hissiyot) tomonlarini
ifodalab beradigan ixtiyorsiz harakatlardan iborat bo'ladi, yoki gapiruvchi
odam o'z nutqining ayrim joylarini uqtirmoq bo'rttirib ko'rsatmoq uchun
atayin ixtiyoriy ravishda qiladigan harakatlaridan iborat bo'ladi.
Ba’zan odamlar vaziyatga qarab, mimika va imo-ishoralardan nutq
ning qo'shimcha vositasi tariqasida foydalanadilar. Masalan: zarur jimlik-
ni buzmay biror fikmi bildirmoq uchun yoki nutqni eshittirish qiyin bo'lgan,
lekin o'zi ko'rinib turgan masofaga biror fikmi xabar qilmoq uchun mim
ika va imo-ishoralardan foydalaniladi. Lekin bu hollarda mimika va imo-
ishoralar tovush tilining so'z va gaplarini ifodalovchi faqat belgi bo'lib,
ayrim so'zlar va gaplarning o'rnida ishlatiladi.
Odamlarning imo-ishoralarini, mimikasini va pantomimikasini es-
latuvchi xilma-xil harakatlarni biz hamisha hayvonlarda, ayniqsa, oliy
hayvonlarda —
maymunlarda ham borligini ko'ramiz. Biroq, hayvonlar
ning bu harakatlarini odamlarning imo-ishoralari, mimikasi bilan bir xil-
234
www.ziyouz.com kutubxonasi
dagi harakatlar deb hisoblash mumkin emas. Odamlar o'zlarining imo-
ishoralarida, mimikalarida va o'zlarining ayrim tovush birikmalarida
o'zlarining ichki his va tuyg'ularini ifodalaydilar. Lekin, shu bilan bir
vaqtda, odam bu harakatlardan nutq elementlari tariqasida ham foydalanishi
mumkin, jumladan, odam shular orqali narsalarning ma’nosini ifodala
nishi, u yoki bu narsalarni ko'rsatishi, narsalarni tasvirlab berishi mumkin.
Kar-soqov (gung) odamlar imo-ishora va mimikadan aloqa vositasi
tariqasida foydalanishga majburdirlar, chunki ular og'zaki nutq tovush-
larini eshitmaydilar.
Yozuv ham nutqning moddiy vositasidir. Lekin yozuv tilning qandaydir
alohida turi emas, yozuv — tildan foydalanishning faqat alohida usulidir. Og'zaki
nutqda ham, yozma nutqda ham biz ayni bir tovush tilidan foydalanamiz.
Og'zaki nutq eshitish organlari vositasi bilan idrok qildirishga mo'ljallangan
nutqdir. Yozma nutq esa harflar va belgilar yordami bilan tovushlami, so'zlarni,
gaplarni ko'z bilan idrok qildirishga mo'ljallangan nutqdir.
Ko'rlar uchun o'ylab chiqarilgan maxsus yozuv (Brayl sistemasi) bor,
u muskul-teri sezgisi organlari yordami bilan idrok qildirishga mo'ljallangan
nutq vositasidir. Bu yozuv ham tovush tili asosiga ko'rilgan yozuvdir.
Kar-soqovlar (gunglar) ham o'qitish natijasida yozma nutqni bilib
oladilar, ular shu nutq vositasi bilan tovush tilining butun boyligini ham
bilib oladilar. Ular yozma nutqdan foydalanib, boshqa kishilar bilan to'la-
to'kis aloqa bog'laydigan bo'lib oladilar va hamma normal kishilar singari
kamol topaveradilar.
Nutqning fonetika jihatini bilib olish ma’lum bir tildagi har bir to-
vushni va har bir so'zni og'zaki nutqda to'g'ri aniq va ravshan qilib ayta
olish demakdir, yozma nutqda esa shu tildagi har bir so'zni to'g'ri yozish
demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |