Butun mavjudotning negizi bu materiya deb atalgan edi. Demokritning
ta’limotiga ko'ra, materiya atomlardan, ya’ni juda mayda, ko'zga
ko'rinmaydigan zarrachalardan — moddalardan tashkil topgan.
Barcha atomlar doimo harakatlanib turadi (Demokritning fikricha, ular
bo'shliqqa tushib turadi). Atomlar faqat shakl jihatidangina bir-biridan farq
qiladi. Burchaksimon, ilmoqsimon, g'adir-budur atomlar bo'lib, harakat-
langanda ular bir-biriga tegib ketadi, shuning uchun ham ular sekin ha-
rakatlanadi. Shu atomlaming birikishidan qattiq jismlar hosil bo'ladi. Dumaloq,
oval shaklidagi, sirg'anchiq atomlar ham bo'ladi, ular esa sekin harakatlanadi.
Bu atomlaming birikishidan suyuq gazsimon jismlar hosil bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |