IV. KO‘NIKMA VA MALAKALARNING H O SIL
BO 'LISH JARAYONI
Ko'nikma va malakalar hosil bo'lishning nerv-fiziologik asosi shartli
reflekslardir. Har bir malaka va har bir odat, o'z fiziologiyasi asosiga
ko'ra, shartli refleks bog'lanishlari sistemasidan iborat. Malaka va odat-
larning hosil bo'lishida, shuningdek, ulaming o'zgarishida shartli refleks-
laming hosil bo'lishi, o'zgarishi hamda tormozlanishiga oid bo'lgan bar
cha qonunlar, jumladan, dinamik stereotip hosil bo'lishi qonuniyatlari
amal qiladi. Malaka va odatlarni o'rganishda l.P. Pavlovning quyidagi
so'zlarini nazarda tutish lozim: «Bizdagi tarbiya, ta’lim, intizomning bar
cha turlari, har qanday odatlar qator-qator tuzilgan juda ko'p shartli ref
lekslardan iborat bo'lsa kerak. Muayyan sharoit, ya’ni muayyan
qo'zg'ovchilar bilan harakatlarimiz o'rtasida hosil bo'lgan va mustahkam-
langan bog'lanishlar ko'pincha, hattoki ataylab qarshilik qilishimizga qa
ramay, doimo o'z-o'zidan takrorlanaverishini kim bilmaydi? Bu narsa
muayyan bir harakatlarni bajarishga va shuning bilan birga, bunday ha-
rakatlami to'xtata bilishga, ya’ni ham musbat, ham manfiy reflekslarga
baravar taalluqlidir. Shuningdek, ba’zan o'yin paytida yoki turli san’at
mashg'ulotlarida ishda uchraydigan ortiqcha harakatlarni yo'qotish uchun
lozim bo'lgan tormozlanish tug'dirish oson emasligi ma’lumdir» (Полное
собрание сочинений, IV tom, 415-bet).
Psixikaning taraqqiyoti degan bobda ko'rsatib o'tilganidek, malaka va
ko'nikmalar hayvonlarda ham hosil bo'ladi. Hayvonlarda malaka va
ko'nikmalar ulaming ehtiyojlariga, yashash sharoitiga bog'liq holda, taqlid
yo'li bilan va shuning bilan biiga, odamlar tomonidan o'igatish yo'li bilan
hosil bo'ladi. Hayvonlarda malaka va ko'nikmalar birinchi signal sistemasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
doirasidagi bog'lanishlar asosida vujudga keladi. Odamda malaka va
ko'nikmalaming hosil bo'lishida birinchi signal sistemasi bilan o'zaro mu
nosabatda bo'lgan ikkinchi signal sistemasi ko'proq ahamiyatga egadir.
Biron narsaning uddasidan chiqa oladigan bo'lish uchun kishi, dastawal
qanday harakatlarga intilish kerakligini va bu harakatlarning qay yo'sinda
amalga oshirilishini bilib olishi va esida saqlab qolishi kerak. Shundagina
kishi talab qilingan natijaga erishishi mumkin. Ishning bajarish usullarini
bilgandan so'ng yoki bilish mobaynida kishi birovning tushuntirishi bo'yicha
yoki nusxaga qarab, xuddi shunday harakatlarni qila boshlaydi. Masalan,
endigina yozishni o'rganayotgan bola «а» harfini qanday yozish kerak
ligini o'qituvchining tushuntirishidan va nusxadan qarab bilib oladi. So'ngra
bu harfni uning o'zi ham yoza boshlaydi. U awal yarim doira shaklini
chizadi va buning o'ng tarafiga pastki tomoni biroz qaytarilgan to'g'ri
chiziq qo'shadi. Bu bolaning «а» harfini o'igana boshlashi demakdir.
Biron ishning uddasidan chiqishni o'rganishning bu dastlabki davrida
har bir yangi harakat ongli ravishda bajariladi. Kishining diqqati, odatda,
bajarilayotgan ishning o'ziga emas, balki, ko'proq o'zining ayrim ha-
rakatlariga qaratilgan bo'ladi. Biron ishning uddasidan chiqishni
o'rganishning bu davri tegishli ish-harakatlami yoki zehniy ishni amalga
oshirishda kerak bo'ladigan usullarni ongli ravishda tanlashdan iborat
bo'ladiki, bu usullarning birga qo'shilishi natijasida maqsadga muvofiq va
to'g'ri ish harakatlar qilinadi. Ammo biron ishning uddasidan chiqishni
o'rganishning dastlabki davridagi harakatlar ko'pincha bir-biriga qovush-
magan bo'ladi. Masalan, bola xat yozishni o'rganar ekan, «а» harfini
faqat bitta harakat yordami bilan emas, balki eng kamida ikkita harakat
yordami bilan yozadi, u yarim doira shaklini alohida chizib oladi va so'ngra
esa bunga pastki tomoni biroz qayrilgan chiziq qo'shadi.
Biron ishning uddasidan chiqishni o'rganishning dastlabki davriga xos
bo'lgan xarakterli xususiyatlardan biri ortiqcha kuch sarf etishni talab
qiluvchi yanglish va qo'shimcha harakatlarning ko'p bo'lishidir. Masalan,
endi yozishga o'rganayotgan bolalar, ko'pincha, yozish paytida tillari,
yuz muskullari, butun badanlari bilan zo'r berib harakat qiladilar, ba’zan
oyoqlarini ham qimirlatadilar.
Biron ishning uddasidan chiqishni o'rganishning bundan keyingi dav
ri — bilib qilinadigan ongli harakatning mustahkamlanish va takomilla-
nish davridir. Bunda ko'nikmalar mashq qilish orasida mustahkamlanadi.
Mashq — ko'nikma hamda kerakli usul va harakatlarni mustahkamlash
hamda takomillashtirish maqsadida ulami ko'p marta takrorlashdir. Mashq
jarayonida harakatlar faqat mustahkamlanibgina qolmay, balki o'zgaradi
va aniq, tez hamda puxta bajariladigan bo'ladi.
Yozishni endigina o'rganayotgan bola har bir harfni to'g'ri va chiroyli
www.ziyouz.com kutubxonasi
qilib yozishga intiladi. Lekin bola dastawal boshdan shoshib yozadigan
bo'lsa, bunda u juda ko‘p kalligrafik va orfograflk xatolarga yo‘l qo'yib
yuborishi mumkin. O'quvchi faqat uzoq vaqt davomida mashq qilishi
orqali to'g'ri va chiroyli yozishni saqlab qolgan holda, tez yoza oladigan
bo'ladi. Agar o'quvchi hali birinchi chorak davomida o'qishning elemen
tar usullarini egallamagan bo'lsa-yu, lekin tez o'qishga intilsa, bunday
qilganda, odatda, o'qishda ham juda ko'p xatolar (ayrim so'zlarni tashlab
ketish, matnni yanglish o'qish) ro'y beradi. Yil oxiriga kelib, o'qish texni-
kasining tobora takomillashishi bilan o'quvchining o'qish tezligi ham te
gishli ravishda ortib boradi.
Mashqlar jarayonida kishining ixtiyoriy diqqati butun ishga ham, uning
ayrim tomonlariga ham qaratilgan bo'ladi. Bunda harakatlarning to'g'ri
bajarilayoganligi, asosan, ko'z bilan nazorat qilinadi.
Biron ishning uddasidan chiqishni o'rganishning bu davrida ayrim
harakatlarning bir-biriga muvofiqlashuvi (koordinatsiyasi) takomillasha-
di. Bir necha harakatlar bir butun murakkab harakat, amal bo'lib bir-
lashadi, umuman qattiq zo'r berish ozayadi va ko'p ortiqcha harakatlar
yo'qola boradi.
Ortiqcha va qo'shimcha harakatlarning yo'qotilishi differensirovka hosil
bo'lishning natijasidir: muvaffaqiyatli natija bilan quwatlanmagan ha
rakatlar asta-sekin tormozlanadi, kerakli natijaga olib boruvchi turli ha
rakatlar esa mashq qilish davomida tobora mustahkamlanadi.
Harakatlarning avtomatlashish davrida ko'nikmalar faqatgina juda
yaxshi mustahkamlanib qolmay, balki yanada takomillashadi, bu davrda
ortiqcha harakatlarning yo'qola borishi davom etadi, kerakli harakatlar
esa yanada aniqroq, ixchamroq va tezroq bo'la boradi.
Malakaning mustahkamlanishi va avtomatlashishi maxsus mashqlar
va o'rganish davrida tugallanmaydi. Malakalar faoliyatning o'zida ham
takomillashaveradi. Masalan, agar kishiga umrida juda ko'p yozish va
o'qish to'g'ri kelsa, uning orfografiya malakasi juda mustahkam bo'ladi.
Barcha mehnat malakalari mehnat jarayonining o'zida takomillashadi.
Malakani egallash uchun qilinadigan maxsus mashqlar faqat tayyorgarlik
ahamiyatiga egadir.
Shunday hollar ham bo'ladiki, bunda malakalar maxsus mashq va
o'rganish natijasida hosil qilinmay, balki faoliyat jarayonida hosil qilina-
veradi, hatto ishni uddalay bilishni avtomatlashtirish ko'zda tutilmagan
taqdirda ham faoliyat jarayonida hosil qilinaveradi.
Avtomatlashgan harakatlar, ya’ni ko'nikma va malakalar ong nazorati-
dan batamom chiqib ketmaydi. Sharoit o'zgarib qolgan paytda ular yana
ongli ravishda takrorlanaveradi, bunda qilinadigan ayrim ishlarni o'ylab
olinadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Avtomatlashgan harakatlar biron-bir to‘siqqa duch kelib qolgan payt-
larida shunday boMadi. Masalan, yurish juda ham avtomatlashgan va mus-
tahkamlangan malakadir. Ammo yoMda to'satdan o‘ra yoki keng ariq
uchrab qolsa, kishi bu to‘siqdan xatlab o'taymi yoki aylanib o‘taymi,
bulardan qay biri ma’qulroq deb o'ylay boshlaydi.
Taxtani randalash paytida ko‘zli joyga to‘g‘ri kelib qolish mumkin.
Ana shunday holda bu ko‘zni nima qilish kerak, tashlab o'tish kerakmi,
yoki ko'rib turib qattiqroq randalab yuborish kerakmi, degan ma’noda
ongli ravishda biron usul qidirila boshlanadi.
Faoliyatning sharoiti o'zgarib qolganda, yangi vazifalar qo'yilganda
kishi ulami ongli ravishda boshqa yo'l va usullar bilan bajarishga o'tishda
ham shunday boMadi. Bu shu narsadan dalolat beradiki, ko'nikmalar ustidan
ongli nazorat qilish batamom yo'qolmas ekan.
O'quvchilaming ishlab chiqarish mehnatiga doir ko'nikma va malaka-
larni egallashlari tufayli maktabning turmush bilan bog'lanishi va
o'quvchilami amaliy faoliyatga tayyorlash amalga oshiriladi.
\ O'qish jarayonida hosil boMadigan hamma ko'nikma va malakalar o'zaro
bir-biri bilan bogMangan holda hosil boMadi. Chunonchi, o'qish ishlari
bilan bogMiq boMgan ko'nikma va malakalarning shakllanishi ishlab chiqa
rish mehnatiga doir ko'nikma hamda malakalarning o'zlashtirilishiga yor
dam beradi. Ishlab chiqarish mehnati va sport sohasiga doir malakalarning
o'zlashtirilishi ham o'zaro bogMiq boMgan hodisadir.
Maktablarda va kasb-hunar kollejlarida asosiy diqqat o'quvchilarda
ishlab chiqarish mehnatiga doir ko'nikma va malakalami hosil qilishga
qaratilgan. Ana shunday ko'nikma va malakalami yuzaga keltirish
o'quvchilardan alohida jiddiylik bilan aqliy kuchlarini, ya’ni idrok, xoti
ra, xayol, tafakkur, diqqat va irodalarini qattiq zo'r berib ishga solishni
talab etadi. Inson psixikasining ana shu hamma tomonlari ko'nikma va
malakalar egallashning dastlabki davrida xususan yaqqol namoyon boMadi.
Shuning bilan bir vaqtda ko'nikmalar hosil bo'lish jarayoni
o'quvchilaming aqliy taraqqiyotlariga ta’sir qiladi. Harakatlar yordami
bilan bajariladigan ishga oid ko'nikmalarda bu harakatlar qaratilgan narsa-
lami idrok qilish chuqurlashadi hamda aniqlashadi.
Qanday bo'lmasin bir ishni qila bilish tafakkur va xayolning taraqqi-
yotiga yordam beradi. Malaka egallash jarayoni juda ham to'plangan hamda
barqaror diqqat va irodaning taraqqiyotiga yordam beradi.
Ishlab chiqarish mehnatiga doir ko'nikmalar o'quvchilardan turli xil
dagi a’zoi badan harakatlarini hamda a’zoi badanning zo'r berishi talab
qilinadi va shu bilan o'quvchilar muskul sistemalarining mustahkamla-
nishiga yordam beradi.
Shuning uchun ishlab chiqarish mehnatiga doir ko'nikmalarni hosil
www.ziyouz.com kutubxonasi
qilish maktabdagi o'qitish jarayonining birdan-bir maqsadi bo'lib qolmay,
balki boshqa o'quv predmetlari singari, o'quvchilami aqliy va jismoniy
jihatdan har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida ham xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |