m a r d lik
deb ataladi.
Irodaning axloqiyligi
Irodaning axloqiyligi deganda, biz, odatda, kishi oldiga qanday maqsadlar
qo'yganligini, bu maqsadlarga qanday vositalar yordami bilan erishilishini,
irodaviy intilishlar (xohishlar) qanday mayllar tufayli tug'ilishini, ma’lum
bir qarorga kelishda kishi qanday tamoyillarga tayanishini nazarda tutamiz.
Irodaviy harakatlarda kishining axloqiy sifatlari namoyon boMishi tu
fayli iroda kuchi ijobiy sifat hisoblanadi. Boshqa bir tomondan olganda,
odamlarning axloqiy sifatlari haqida quruq gaplarga qarab emas, balki
shu odamlarning axloqiy qiyofalari namoyon boMadigan irodaviy ha-
rakatlariga qarab hukm chiqaramiz. Shuning uchun kuchli irodaning —
mardlik, o'zini tuta bilish, qat’iyatlik, chidamlilik va botirlik kabi xususi
yatlari bizda inson axloqiy sifatlarining namoyon boMishi hisoblanadi.
Odam u yoki bu qarorga kelishida o'zining qarori va xatti-harakatlari
uchun axloqiy jihatdan javobgar ekanligini sezsa hamda anglay olsa, iro
da axloqiy boMadi.
Axloqiylikning darajasi irodaviy jarayonning fazalarida, ya’ni motivlar
kurashida ham, ma’lum qarorga kelishda ham, qarorni amalga oshirishda
ham va qilingan ishlarga keyin baho berishda ham ko'rinadi.
Motivlar kurashi va qarorga kelishda axloqiylik ma’lum bir motivni
asoslashda ko'rinadi. Shuning uchun qabul qilingan qarorlar axloqiy to
mondan asoslangan yoki asoslanmagan boMishi mumkin. Motivlar kurashi-
dagi hissiy mayllar ham axloqiy yoki axloqqa xilof boMishi mumkin, chunki
kishining axloqiy holati kechirgan hissiyotlarida va intilishlarida ham ifo
dalanadi. Axloqiy tamoyillarga muvofiq sur’atda qabul qilingan qarorlar
va amalga oshirilgan harakatlar axloqiy qarorlar deb ataladi.
Kishining axloqiy qiyofasi qabul qilingan qaror va amalga oshirilgan ha
rakatlarga keyinchalik baho berishda ham ko'rinadi. Agar kishi yuksak ma’naviy
fazilatlar egasi bo'lsa, u yaramas qaror qabul qilishdan va nojo'ya xatti-
harakatdan o'zini tiyadi, buning oqibatini oldindan o'ylaydi. Shu tariqa,
kishi o'z harakatlarining natijalarini oldindan ko'rib qabul qilinishi mumkin
boMgan qaror va harakatlarni noma’qul topishi yoki ma’qullashi mumkin.
Axloq dunyoqarash bilan uzviy bog'liqdir.
Kishining irodaviy harakatlarida muhim rol o'ynaydigan hayotiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
maqsadlari va tamoyillari xuddi ana shu dunyoqarashdan kelib chiqadi.
Shuning uchun dunyoqarash va axloq tamoyillariga muvofiq ravishda
amalga oshiriladigan maqsadlar, qarorlar va harakatlar yuksak iroda
ko'rsatishdir. Axloq nuqtayi nazaridan, iroda kishining o‘z shaxsiy, individu
al intilishlarini jamiyat manfaatiga bo'ysundira olishiga qarab baholanadi.
Mana shuning uchun biz o'z intilishlarida, qaror va harakatlarida
mehnatkashlarning manfaatlariga sodiq bo'lgan, vatanga muhabbat qo'ygan
va unga sodiq boigan, mehnatni sevuvchi, qat’iy barqaror, dadil, sabotli,
chidamli va o'zini tuta biladigan kishilami yuksak qadrlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |