P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


X.  HISLARNING  INDIVIDUAL  XUSUSIYATLARI



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet317/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

X.  HISLARNING  INDIVIDUAL  XUSUSIYATLARI

Emotsional  kechinmalar va  holatlarning hamma turlari har bir kishi­

ga  xosdir.  Lekin  ayni  vaqtda  har  bir  kishining  emotsional  hayoti  o'ziga 

xos xususiyatga ega.

Awalo,  turli  kishilarda  hissiyotlar o'zining  tezligi,  kuchli  bo'lishi  va 

barqarorligi jihatidan bir xilda o'tmaydi.  Shunday  odamlar borki,  ularda 

hislar sekinlik bilan tug'iladi, o'rtacha kuch bilan o'tadi va barqaror bo'ladi. 

Bular  «bir  maromdagi»,  «osoyishta  odamlar».  Shunday  odamlar  borki, 

ularda hislar tez paydo bo'ladi, kuchli ravishda o'tadi va barqaror bo'lmaydi. 

Bular «serharakat», «qizg'in», «jizzaki» odamlardir.  Ba’zi odamlarda faqat 

biror favqulodda voqealar natijasidagina, ochiq ifodalangan hislar tug'ilishi, 

aksincha,  ba’zi  odamlarda  arzimagan  bir  narsa  kuchli  emotsiyalar  vu­

judga  keltirishi  mumkin.  Bunday  kishilarda  shok  va  affektlar  holati  tez 

paydo  bo'ladi.

Emotsional  jihatdan  odamlar  yana  shu  narsa  bilan  farq  qiladilarki, 

ular  mazmuni  turlicha  bo'lgan  har  xil  hissiyotlarga  bir  xilda  berilaver- 

maydilar. Organik emotsiyalarga ko'proq beriladigan odamlar ham bo'ladi. 

Bunday  odamlarning  hayotida  ovqatlanish  bilan,  o'zlarining  sihat-salo- 

matliklari,  dam  olishlari  va  shu  kabilar bilan  bog'langan  va  kechinmalar 

eng  ko'p  o'rinni  oladi.  Ular o'z  xislatlarini  qondirib,  huzur  qilishni  ha­

yotning  zavqi  deb  biladilar.  Shunday  kishilar  borki,  ularning  hayotida 

intellektual  (aqliy)  hissiyotlar eng  ko'p  o'rinni  oladi.  Ular hayot  zavqini 

tadqiqotlar  bilan  shug'ullanishdan,  yangilikni  bilishdan,  ilm-fan  bilan 

shug'ullanishdan  iborat  deb biladilar va shunday ishlar bilan shug'ullanib 

huzur qiladilar.  Shunday  kishilar borki,  ularning  hayotida  ijtimoiy,  este­

tik  emotsiyalar,  o'zlarini  saqlashga  intilish,  o'zlariga  baho  berish  hislari 

birinchi  o'rinda turadi.

Odamlar  emotsional  jihatdan  yana  shu  bilan  ham  farq  qiladilarki, 

ba’zi bir kishilar ijobiy emotsiyalarga — xursandlikka, o'yin-kulgiga ko'proq 

moyil  bo'ladilar,  oq  ko'ngil  bo'ladilar,  ba’zi  kishilar salbiy emotsiyalarga

— g'azablanish, qo'rqish, vahima,  ma’yuslik, g'amginlik hislariga ko'proq 

moyil  bo'ladilar.

Har bir kishida o'ziga xos u yoki bu xil kayfiyat bo'ladi.  Biz odamlar- 

ni  quvnoq  kayfiyatli  kishilar deb,  g'amgin  kishilar  deb,  jahldor  kishilar 

deb  yoki  ma’yus kishilar deb farq  qilamiz va  hokazo.

Emotsiyalar  sohasidagi  mana  shu  individual  xususiyatlarning  ham­

masi qisman organik sabablarga (asosan, nerv sistemasining holati va faoli­

yatidagi xususiyatlarga) bog'liq bo'ladi,  lekin  ko'p jihatdan odam yashab, 

o'sayotgan muhitga va qay holda tarbiyalanganligiga bog'liq bo'ladi. Kishi- 

larimiz  quvnoq  mehnat  sharoitida  yashaydilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Shuning  uchun  ham  quvnoqlikka,  ruhlanishga,  ulfatchilikka, 

o‘rtoqIikka,  do‘stlikka hamda boshqa yuksak ijtimoiy va  ma’naviy emot­

siyalarga  moyillik  vujudga  keladi.  Mamlakatimizning  hayoti  va  ijtimoiy 

mehnatda faol qatnashish, Vatanga cheksiz mehr, Vatanni dushmanlardan 

himoya qilishda  fidokorlik  hislarini  vujudga  keltirdi.

Emotsiyalar va  hissiyotlar sohasidagi  mana  shu  individual  xususiyat- 

larning  hammasi  odam  mijozining,  xarakterining  belgilaridir  va  odam­

ning  nimalarga qiziqayotganligini  ko‘rsatuvchi  belgilardir.




Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish