P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


O ‘rtoqlik  va  do‘stlik  hissi



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

O ‘rtoqlik  va  do‘stlik  hissi

0 ‘rtoqlik  va  do‘stlik  hissi  kishilar  xayrixoh  boMib  bir-birini  hurmat 

qilishida  ifodalanadi.  Bu  hislar  odamlarning  umumiy  mehnat  va  o‘qish 

faoliyatidagi  o'zaro  munosabatlarda tug'iladi  va  namoyon  boMadi.

O'rtoqlik va do'stlik munosabatlari, odatda, kishining bolalik chog'idan 

boshlanadi.  Bolalar bir-birlariga o'rtoqdirlar,  chunki  ular bir-birlari  bilan 

bir xildagi o'yinlarni  o'ynaydilar,  bir xildagi  vaziyatda birga bo'ladilar va 

shu  sababli  ularda  umumiy qiziqish  tug'iladi.  Ular bir-birlarini  ko'rib va 

bir-birlarini  eslab  shodlanadilar.

Maktabda o'quvchilar bir-birlariga o'rtoqdirlar, chunki ular bir maktab­

da,  bir  sinfda  o'qiydilar,  ular  uchun  o'qituvchilar  ham,  darsliklar  ham 

umumiydir.  Maktab  bolalarda  o'rtoqlik  va  do'stlik  hislarini  tarbiyalash 

sohasida katta ish olib bormoqda, bolalami bir-biriga, bir sinfda o'qiydigan 

bolalarni  boshqa  sinfda  o'qiydigan  bolalar  bilan  o'rtoq,  do'st  qilib  tar- 

biyalamoqda.

Maktab o'quvchilari bilimlami egallamoq uchun birgalikda kurashadilar, 

bir-birlarining  muvaffaqiyatlari  va  muvaffaqiyatsizliklari  uchun  shodlik  va 

qayg'urish hislarini birga kcchiradilar, bir-birlariga o'rtoqlarcha yordamlasha- 

dilar. Shu tariqa, ularda o'rtoqlik va do'stlik hissi mustahkamlanadi. Maktabda 

vujudga  kelgan o'rtoqlik  hissi  ko'pincha  umrbod saqlanib qoladi.

Bir  korxonada,  bir  muassasada  ishlayotgan  kishilarda  o'rtoqlik  hissi 

vujudga  keladi.  Hukumatimiz  har qanday sharoitda  ishlayotgan  kishilari- 

ga o'zaro  munosabatlarida o'rtoqlik va  do'stlik  hislarini  namoyon  qilish- 

lari  uchun  butun  shart-sharoitni  yaratib  bergan.

Do'stlik hislari ayrim kishilar o'rtasidagi munosabatlar doirasida chck- 

Ianib  qololmaydi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Mamlakatimizdagi hamma xalqlar o‘rtasida boMgan munosabatlar ham 

do‘stlik  hislariga  asoslangan.  0 ‘rtoqlik  va  do‘stlik  hislarining  paydo 

bo‘lishiga,  awalo  sabab  shuki,  kishilarning  turmushga  qarashlari  birdir, 

ular  milliy  dunyoqarash  ruhida  tarbiyalanib  kelmoqdalar,  ularning  ijti­

moiy  manfaatlari,  istaklari  ham  birdir,  ularning  maqsadi  mustaqillikni 

mustahkamlash,  butun  dunyoda  tinchlik  o‘rnatishdir.

Bundan,  hamma jihatdan  bir-biriga  o‘xshash  boMgan  odamlar orasi- 

dagina do‘stlik boMishi  mumkin, degan ma’no chiqmaydi. Qobiliyati turli­

cha  boMgan,  turli  kasbdagi,  turli  madaniy  saviyadagi  odamlar  ham  bir- 

birlariga  do‘st  boMishlari  mumkin.  Lekin  umumiy  qarashlari,  umumiy 

intilishlari  boMmagan kishilarning bir-birlari bilan do‘st boMishlari  mum­

kin  emas.

Xalqlarimiz  o‘rtasida o‘rtoqlik va do‘stlik  hislari bir-birlarini  muttasil 

qoMlab-quvvatlashda,  o‘z  ishlarida  bir-birlariga  yordamlashib  va 

ko‘maklashib turishlarida  namoyon  boMadi.  0 ‘rtoqlik,  do‘stlik va  mehr- 

muhabbat  hislari g‘oyaviy umumiylik va ko‘pincha asosiy manfaatlarning 

umumiyligi  bilan  xarakterlanadi.  Shu  bilan  birga  o‘rtoqlikka  nisbatan 

do‘stlik yaxshiroq va mustahkamroq boMadi. 0 ‘rtoqlik, do‘stlikdagi g‘oyaviy 

umumiylikning natijasida kelishib va birgalashib ishlash qaror topadi, busiz 

ularning boMishi  mumkin  emas.

0 ‘rtoqlik  va  do‘stlik  hislari  shu  qadar  kuchli  va jozibadorki,  yigit  va 

qizlar ularni  tushunishga,  o‘z  kechinmalarini,  kishilarga  munosabatlarini 

tushunib  olishga  intilmasdan  qolmaydi.

Do'stlik umumiy faoliyat,  havas va intilishlar, e’tiqodlarda tarkib topadi. 

Dotting  kimligi  boshingga  kulfat  tushganida  bilinadi,  deb  bejiz  aytilma- 

gan.  O'rtoqlik  va  do'stlik  ularning  bir-birlari  bilan  qilayotgan  muomala- 

laridagi  o‘zaro  samimiyatda,  bir-birlarini  tushunib,  izzat-hurmat  qilish- 

larida  namoyon  boMadi.

Do‘st  bilan  uchrashib,  gaplashib  va  suhbatlashib,  u  bilan  bir  qancha 

masalalarni  bamaslahat  hal  qilib  olish,  boshingga  biror  baxtsizlik  tush- 

ganda do‘stdan  maslahat  olish  yoki  uning xayrixohlik  bildirishi,  biror  ish 

o'ngidan  kelganida  do‘st  bilan  birlikda  quvonish,  zarur boMib  qolganida 

do‘stdan  biror  yordam  olish,  do‘stni  biror  muhim  ishga  tortish  kishiga 

huzur va  nash’a  bag‘ishlaydi.

Bir-biriga chinakam do‘st boMgan  kishilar bir-biridan sir yashirmavdi. 

Ba’zan  kishida  o‘z  ko‘nglini  do'stiga ochish,  ko'nglidagi  hamma gaplarni 

unga  birma-bir  aytib  berish  ehtiyoji  tugMladi.  Do'stlar  bir-birlarini  «tu­

shunishga»  qobil  boMganlaridagina  ular  bir-birlari  bilan  mana  shunday 

dilkashlik  qiladilar.  Shu  sababli,  kishi  o'z  do'stiga  o'zining  shubhalarini 

va  o'zining  qilib  qo‘ygan  xatolarini  oshkora  aytib  beradi,  chunki  o'zi 

nima  demoqchi  boMganligini  do‘sti  tushunib,  shunga  yarasha  maslahat

www.ziyouz.com kutubxonasi




berishini  va yordamlashuvini  biladi;  garchi  do‘st  kishi  boshqalarga qara­

ganda qattiqroq qoralasa ham,  lekin shu xatolami tuzatishga yordam be­

radi,  seni  qo‘llab-quwatlaydi,  mushkul  ahvoldan  qutulish  yo'llarini  va 

vositalarini  ko'rsatib beradi.  Do'stlar o'z do'stlarining kamchiliklarini va 

xatolarini yashirmaydi,  bu kamchiliklarni ko'rsatib beradi,  bu  kamchilik- 

larga  baho  beradi,  kishi  o'z  do'stining  o'sishiga  yordam  beradi,  unda 

yaxshi,  yangi sifatlar paydo  boMganligini  ko'rib  quvonadi.

Dunyoqarashning birligi,  ideallarning birligi, umumiy faoliyat, o'zaro 

yordamlashish va bir-biriga bo'layotgan munosabatlardagi samimiyat kuchli, 

mustahkam  va barqaror o'rtoqlik hamda do'stlik  hislarining  negizidir.

O'rtoqlik va do'stlik hislarida faollik va amaliy natija berish xususiyati 

juda  kuchli  bo'ladi.  Bu  hislar  odamlarni  birlashtiradi  va  ularni  qahra- 

monlik qilishga ruhlantiradi, odamning g'ayratiga g'ayrat qo'shadi, mehnat 

unumdorligini  oshirishga  yordam  beradi.

O'rtoqlik va do'stlik turmushimizni sermazmun,  yorqin va zavqli  qila­

di.  Do'stlik  dunyoqarashimizning  tashkil  topishi  va  mustahkamlanishiga 

yordam  beradi,  hayotiy  ideallarimizni  amalga  oshirishni  yengillashtiradi, 

kishilarning  eng yaxshi xislatlarini  — insof,  rostgo'ylik hislarini,  ish  uchun 

umumiy javobgarlik hissini, har qanday yolg'onga,  munofiqlikka,  ikki yuz- 

lamalikka mutlaqo  murosasiz bo'lish hissini  o'stirishga yordam  beradi.




Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish