P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

Iroda  va  diqqat. 

Ixtiyoriy  (irodaviy)  diqqatning  kuchi  iroda  kuchi 

bilan  saqlab  turiladi.  Ko'pincha,  ixtiyorsiz  diqqatning  barqarorligi  ham 

faoliyat  jarayonida  irodaning  zo'ri  bilan  ushlab  turiladi.  Shuning  uchun 

iroda,  asosan,  diqqatda ko'rinadi,  desa boMadi. Agar kishi  diqqatli boMishni 

xohlab,  buning  uchun  zo'r bersa,  diqqat  kuchli  va  barqaror boMadi;  bun­

da  kishi  ixtiyorsiz  ravishda  paydo  boMadigan  va  diqqatning  obyektiga 

munosabati  bilmagan  taassurotlar,  tasawurlar,  fikr  va  hissiyotlami  siqib 

chiqarish  va  yo'q  qilib  yuborish  uchun  zo'r  harakat  qiladi.

Irodaning  ishga  solinishida  kishining  bir  maqsadga  intilishi,  uning 

ishga shaylanib,  hozirlanib turishi  katta ahamiyatga egadir.  Shuning uchun, 

kuchli  va  barqaror  diqqat  hosil  qilishda  m a’lum  ishga  moyillik  va  tayyor 

boMishlik  katta  rol  o'ynaydi.  Bu  ishga  shaylanish,  yoM  tutishdir.  Chunon­

chi,  agarda  o'quvchi  uy  vazifasini  tayyorlashga  shaylansa,  o'qish  ishiga 

hafsala  qo'ysa,  uning  diqqati  butun  ish  davomida  unchalik  zo'r  berishni 

talab  qilmaydi.  Shuning  bilan  bir  vaqtda,  uning  diqqati  kuchliroq  va 

barqarorroq boMadi.  Diqqatning g'oyat  darajada mujassamligini va barqaror­

ligini  saqlab  turish  uchun  kishining  ishga  muvofiqlanishi,  ishlashga  odat- 

lanib  qolganligi  katta  ahamiyatga  egadir.

Ma’lumki,  deyarli  har  qanday  ish  boshda  qiyinchiliklar  bilan  bogMiq 

boMadi,  kishidan  alohida  kuch  bilan  zo'r  berishlikni  talab  qiladi.  Bironta 

yangi  ishning  boshlanishida  unga  qarata  birdaniga  diqqatni  to'plash  qiyin 

boMadi.  Biz,  ko'pincha,  o'zimizni  ma’lum  bir  ish  bilan  «shug'ullanishga» 

majbur  qilamiz.  Masalan,  fanning  biz  uchun  qandaydir  yangi  boMgan 

sohasi  bo'yicha  kitoblarni  sistemali  ravishda  o'qiymiz.  Bunday  hollarda 

diqqatimizni  to'plash  uchun,  ko'pincha,  anchagina  zo'r  berishga,  ko'p 

kuch  sarf qilishga  to'g'ri  keladi.  Lekin,  ma’lum  bir  vaqt  davomida  aynan 

bir sharoit  va  ayni  bir vaqt  ichida  m a’lum  ish  bilan  shug'ullanar ekanmiz, 

natijada  bunday  ishga  o'rganib  qolamiz.  Masalan,  kitob  bilan  ishlashni 

olsak,  unga  o'rganib  qolgan  sharoitimiz  bilanoq  aytarli  zo‘r  bermay  va 

unchalik  kuch  sarf  qilmay  o'qiy  boshlaymiz.  Faoliyatimizning  boshqa 

turlarida  ham  diqqat  berib  turish  uchun  bizda  hosil  boMgan  odatlar xuddi 

shunday  ahamiyatga  egadir.

Shunday  yo'l  bilan  biz  uchun  misli  odat  bo'lib  qolgan  diqqat,  ya’ni 

maMum  bir tashqi  ifodaga  ega  boMgan  va  organizmning  ayni  ish  sharoiti­

ga  odatlanib  ko'nikishi  tufayli  doimo  ishga  tayyor  diqqat  hosil  boMadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Bunday  diqqat  psixologiyada,  boshqacha  qilib  aytganda,  odat  bo‘lib 

qolgan diqqat  deb ataladi.

Bunday odat bo'lib qolgan diqqatning  hosil bo'lishida  ishdagi  saran- 

jomlik, jumladan, ma’lum ish joyining tayin bo'lishligi, muayyan bir ishning 

ma’lum  reja bilan qilinishi  (o'qish  mashg'ulotlarining qat’iy jadvaliga  ri­

oya qilinishi), mehnat asboblarining va materiallarining joy-joyida bo'lishi 

katta ahamiyatga  egadir.  Maktabda partadagi  o'rinni  tez-tez  almashtirib 

turish,  uyda  doimiy  ish  joyining  bo'lmasligi  — bulaming  hammasi 

o'quvchining  diqqatiga salbiy ta’sir qiladi.

Odat bo'lib qolgan diqqat ishda saranjomlik bo'lishi uchun juda muhim- 

dir.  Bizdagi odatlar mashq natijasida hosil bo'ladi.  Shuning uchun,  kuch­

li  va barqaror .diqqat  ham mashqning  mahsulidir.

Qiziqishlar va diqqat.  Diqqatning to'planishi  va barqarorligini  saqlab 

turishda kishining qiziqishlari katta ahamiyatga egadir. Ixtiyorsiz diqqatning 

barqarorligi,  asosan,  kishining ayni  faoliyatiga bevosita qiziqishiga,  ishti- 

yoqiga bog'liq.  Bevosita qiziqish  — bu  ayni  ish jarayonining,  ish-harakat- 

larning o'ziga,  ish  usullariga  bo'lgan  qiziqishdir.

Ixtiyoriy diqqatning  kuchi  va  barqarorligi,  asosan  vositali  qiziqishga, 

ya’ni  faoliyatning maqsadi,  ishning natijasi bilan  qiziqishga bog'liq.  Ixti­

yoriy diqqat  asosida  qilinadigan  ish jarayonining  o'zi  zo'r berishni  talab 

qilish  tufayli  noxush  bo'lishi  mumkin.  Bunday  ish  davomida  diqqatning 

to'planishi va barqarorligi erishilgan  maqsadni,  ish natijalarining zarurligi 

va  ahamiyatini  anglash  orqali  saqlab  turiladi.  Yoshlaming  qiziqishlari, 

ularning asosiy va hayotiy maqsadlari O'zbekistonning mustaqilligini mus- 

tahkamlashi,  uning  kelajagini,  faolligini ta’minlashdan iboratdir.  Bunday 

maqsadlarni  anglash  o'z  ishi  jarayonida  diqqatining  g'oyat  darajada 

to'planishi  va  barqarorligini  ta'min  etuvchi  eng  muhim shartlardandir.


Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish