P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


Nutq  —  biror  nimani  bildiruvchi  vosita



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

Nutq  —  biror  nimani  bildiruvchi  vosita

Odamning  nutqida  uning  fikrlari  va  xilma-xil  ichki  holati  — emot­

sional  kechinmalari  va irodasigina  ifodalanib  qolmasdan,  shu  bilan  birga 

hamisha  biror obyektiv narsa  ham bildiriladi.

Sayrash  va  qichqirish  tarzidagi  xilma-xil  tovush  birikmalari  hayvon­

larda ham boiadi,  lekin bu tovush birikmalari  faqat tug'ma reaksiyalardir

— tashqi  yoki  ichki  ta’sir sababli tug'iladigan  shartsiz  reflekslardir.

Qushlarning sayrashi  va  hayvonlarning qichqirishi,  shuningdek,  ular­

ning xilma-xil  harakatlari  (masalan,  itning dumini  likillatib turishi)  ular­

dagi  instinktlarning  va shu  instinktlar bilan  bog'langan  hislarning  ifodasi 

hamda tarkibiy elementidir,  xolos.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Bu  tovush  birikmalari  va harakatlar  ifodasi  boshqa  hayvonlar uchun 

signal  vazifasini  ham  bajaradi.  Masalan,  hayvon  biror xatami  sezganida 

alohida  tovush  bilan  qichqiradi,  bu  qichqiriq  uning  bolalarida  instinkt 

ravishda  mudofaa  harakatini  (yashirinish  yoki  onasining  oldiga  yugurib 

kelish  harakatini)  vujudga  keltiradi.

Xuddi  shu  hayvonning qulay vaziyatdagi  qichqiriqlari boshqacha xa- 

rakterga ega bo'lib, bu qichqiriqlar farog'atga, xavfsizlikni, ovqat topilgan- 

ligini va shu kabilami  bildiruvchi signallar bo'lib xizmat  qilishi  mumkin.

Hayvonlarda  xos  bo'lgan  xilma-xil  tovush  birikmalari  va  harakatlar 

aslo  nutq emas.  Hayvonlarda nutq bo'lmaydi.

Odamning  nutqida  namoyon  bo'ladigan xilma-xil  tovush  birikmalari 

uning  ichki  holatini  ifodalabgina  qolmasdan,  shu  bilan  birga  obyektiv 

ravishda  mavjud  bo'lgan  narsalar va  hodisalaming nimaligini  bildiruvchi 

vosita bo'lib ham xizmat qiladi. Har qanday so'z biron narsaning ma’nosini 

bildiradi.  Masalan, 

stol

  degan  so'z  birikmasi  ham  nutq  bo'lagi  bo'lib 

qoladiki, bunda shu tovush birikmasi yordami bilan muayyan buyumning 

ma’nosi bildiriladi. So'zlar bizning ongimizdan tashqarida mavjud bo'lgan 

buyumlar  va  hodisalaming  hamda  ularning  xislatlari,  holatlari, 

bog'lanishlari,  munosabatlari va shu kabilarning ongimizdagi bamisoli bir 

vakillaridir.

Yakka bir narsani,  masalan,  Moskva, Volga, Toshkent va shu kabilar- 

ni  bildiradigan  so'zlar  bor.  Lekin  so'zlarning  ko'pchiligi  bir-biri  bilan 

biror munosabatda bog'langan  buyumlar va  hodisalaming butun  bir tur- 

kumini  bildiradi.  Bizning  ongimizda  voqelik  in’ikos  etganida  so'z  shu 

in’ikosni  umumlashtiruvchi  vositadir.  So'z  bilan  hamisha  umumiylikni 

ifodalaymiz. Shu sababli 

stol

 degan so'zni aytganimizda, bu so'z bilan biz 

xuddi  shu  onning o'zida  bizning  ko'z  o'ngimizda turgan  bitta stolnigina 

ifodalab  qolmasdan,  balki  umuman  «stol»  tushunchasini  ifodalaymiz. 

O'zimiz  idrok  qilayotgan  yoki  tasawur qilayotgan  bitta  stolning  nomini 

aytganimizda,  biz  mana  shu  bitta  stol  degan  so'zda  umuman  «stol» 

to'g'risidagi o'zimizda bo'lgan umumiy tushunchani nazarda tutamiz. Shu 

sababli  umumlashtirilgan  ma’noga ega bo'lgan so'z  faqat yakka  narsalar­

ga mansub bo'lmasdan,  shu bilan birga  narsalarning butun bir turkumiga 

ham  mansubdir.

Nutq va ayrim  so'zlar narsalarning  faqat  belgilari  — «yorliqlari» gina 

emas.  Narsalarni  ifodalovchi  nomlar  nutqning  xususiy  funksiyalaridan 

biridir, xolos.  Har bir so'zning bundan tashqari yana ichki mazmuni ham 

bor,  har bir so'z  maium  tushunchani  ifodalaydi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish