sezgi organlari tajribaga, tarbiyaga qarab o‘sadi, mustahkamlanadi, sezish
qobiliyati mukammallashadi. Go‘dak bolaning sezgilarini biron
qo'zg'ovchiga javoban ko‘rsatadigan reaksiyalariga qarab bilib olamiz, xolos.
Shu reaksiyalarga qarab, bola hayotining dastlabki kunlaridanoq unda
issiq va sovuqni teri sezgisi bilan sezish qobiliyati bor deb aytish mumkin.
Tegishga javoban bo'ladigan reaksiyalar ham ancha yaqqol ko'rinadi.
Bolada ta’m bilish sezgilari ham bo'ladi: bolada shirin eritmaga (qandga)
boshqa, achchiq eritmaga (xininga) boshqa reaksiya bo'ladi.
Bola dunyoga kelgan dastlabki kunlardanoq yorug'likning o'zgarishiga
qarab, ko'z qorachig'i torayadi yoki kengayadi. Ammo bola ko'z harakat
larini hali muvofiqlashtira olmaydi (ko'zini tuta olmaydi): bir ko'zi bir
tomonga, ikkinchi ko'zning ikkinchi tomonga qarab turishi, bir ko'zini
ochib ikkinchi ko'zini yumib yotishi mumkin. Bola har narsaga tikilib
tura olmaydi. Bola taxminan ikkinchi oy oxirida narsalarga tikilib qaray-
digan bo'ladi; shu vaqtda bola tikilgan narsasi chetga surilsa, uni ko'zlari
bilan birinchi marta qidira boshlaydi. Besh oylik bola yorqin ranglarni
ancha ayiradigan bo'lib qoladi.
Bola tug'ilgan dastlabki kunlarda hech narsani eshitmaydi. Buning
sababi shuki, yangi tug'ilgan bolaning o'rta qulog'iga maxsus modda to'lgan
bo'ladi, bu modda tovushning o'tishiga to'sqinlik qiladi. Bu modda birin
chi hafta davomida aksari shimilib ketadi, bola tovushga javoban reaksiya
ko'rsata boshlaydi. Awallari bola faqat tovushning kuchiga javob bersa,
ikki-uch oyligida tovushning qay tomondan kelayotganligini bila bosh
laydi va tovush kelgan tomonga boshini bura boshlaydi. Bolaning tovush
larga sezgirligi o'sa boshlaydi, yoqimli ashula yoki musiqa tovushini eshit-
ganda talpinib suyunadi va aksincha, qattiq tovushlar eshitganda, buni
yoqtirmaganligidan chinqiradi.
Bola hayotining dastlabki 3—4 oyida sezgi organlarining hammasi o'z
vazifasini o'taydigan bo'lib qoladi; keyinchalik shu organlar o'sadi va farq
qilishga doir sezgirlik kuchayishi bilan sezgilar bir-biridan ajratila bosh
laydi. Masalan, bola to'rt yoshligida ko'pgina ranglarni bir-biridan ayira-
di. Ikki-uch yashar bolalarda eshitish sezgisi shu qadar o'sadiki, ular ayrim
kishilarning ovozlarini va ayrim narsalarning tovushlarini bemalol ayirish
bilan birga, murakkab kuylami ham ayira oladi va eng oddiy kuylarni
ayta boshlaydi.
Maktabgacha tarbiya yoshida bolalaming har xil sezgilariga absolut
sezgirligi ancha yuqori darajaga yetishi aniqlangan. Ammo maktabgacha
tarbiya yoshidagi bolada farq qilishga doir sezgirlik maktab yoshidagi bo
laga yoki katta yoshli kishiga nisbatan hali ancha zaif bo'ladi.
Odam bolalik davridan biror faoliyatga kirishsa, sezgilari yaxshiroq o'sadi.
Maktabgacha tarbiya yoshida sezgilar turli o'yinlarda o'sadi. Bu o'yinlarda
www.ziyouz.com kutubxonasi
xilma-xil xossali o‘yinchoqlar katta o‘rin tutadi. Maktab yoshida o'qish,
jumladan, moddiy narsalarning har xil xossalari bilan tanishish sezgilaming
o'sishiga katta ta’sir ko'rsatadi. Maktab o'quvchilarida, asosan farq qilish
sezgirligi o'sadi. Ko'rish va eshitish sezgirligi, ayniqsa, tez o'sadi.
7 yoshdan 10 yoshgacha bolalarda ranglarning tuslarini sezish 45 foiz
ortishi, 10 yoshdan 12 yoshgacha bolalarda 65 foizgacha ortishi olimlar-
ning maxsus tekshirishlarida aniqlangan. Maktab o'quvchilarini rasmga
o'rgatish ranglarni ayirish sezgirligining o'sishiga katta ta’sir ko'rsatadi.
Maktab yoshida eshitish sezgilari ham hiyla o'sadi. Ranglarni farq
qilish sezgirligi bolalarga ashula o'rgatish munosabati bilan, ayniqsa, kuchli
suratda o'sadi.
Maktab yoshida harakat malakalarining vujudga kelishi munosabati
bilan muskul harakat sezgirligi ham o'sadi. Maxsus tekshirishlardan olin
gan ma’lumotlarga qaraganda, 8 yoshdan 14 yoshgacha bolalarda bu sez
girlik 50 foizdan ziyod ortadi.
Odamning mehnat faoliyati sezgilaming o'sishiga kuchli ta’sir
ko'rsatadi. Ma’lumki, biron mahsulotni tayyorlaganda, shuningdek, na-
zoratdan o'tkazganda moddiy narsalaiga bevosita tegish (ko'rish, eshi
tish, paypaslab sezish va hokazo) bilan birga, shu narsalarning sezib bili-
nadigan ayrim xossalariga katta e’tibor berishga to'g'ri keladi, sezgi organ
larining farq qilish qobiliyatiga ortiqroq talab qilishga to'g'ri keladi.
Modomiki shunday ekan, maktabda ishlab chiqarish — mehnat ta’limini
amalga oshirish o'quvchilarda sensor sezgirlikning turli tomonlarini
o'stirishga yordam berishi shubhasiz.
Sezgilaming o'sishi uchun jismoniy tarbiyaning muhim ahamiyati bor.
Masalan, aniq harakatlar qilishga to'g'ri keladigan mashqlar muskul-harakat
sezgilarini o'stiradi. Mashq qilish jarayonida sezgilaming hamma xillari o'sadi.
Sezgilaming ochiq-ravshan bo'lishida nutq katta rol o'ynaydi. Sezgi
lar so'z — ifodalar bilan bog'lansa, ochiq-ravshanroq bo'lib qoladi. Masa
lan, kuy tonlari tegishli terminlar bilan ifodalanmasa, ularni eshitishda
kelib chiqadigan sezgilarni ta’riflab bo'lmaydi. So'z bilan ifodalanmagan
narsa umumiy kompleksdan yaqqol ajralib turmaydi. Odamning sezgisi —
aniqligi, ravshanligi, differensiallanganligi (bir-biridan ajralganligi) nutqning
taraqqiy etishi bilan o'sadi va ko'p jihatdan nutq tarbiyasiga bog'liq bo'ladi.
Bolalami to'g'ri tarbiyalash sezgilaming o'sishida katta ahamiyatga
egadir. Bolaning sog'lig'i va jismoniy tarbiyasi haqida g'amxo'rlik qilish,
jumladan, sezgi organlarining va sensor sezgirlikning o'z vaqtida o'sishini
ta’minlashdan ham iborat. Sezgilar idrok tarkibiga kiradi, shu sababli,
bolalarda idrokni o'stirish bilan ularning sezgilarini ham o'stirgan bo'lamiz.
Mushohadani, kuzata bilishni tarbiyalash — sezgi organlarini ham tar
biyalash demakdir, farq qilish sezgirligini ham o'stirish demakdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi