salgina sezila bosh-
lagan darajasini sezgining pastki yoki absolut chegarasi deyiladi.
Agar
shu qo'zg'alish kuchi salgina susaytirilsa ham sezgi yo'qoladi. Sezgi hosil
qilmaydigan kuchsiz qo'zg'alishlar sezgi chegarasidan pastda turuvchi
qo'zg'alishlar deb ataladi.
Maxsus tekshirishlar o'tkazib, ayrim sezgi turlarining absolut (pastki) che
garasi topilgan. Masalan, havo agar tamomila tiniq bo'lsa edi, bunda sham-
ning mingdan bir qismi darajasida bo'lgan numi bir kilometr joydan turib
ko'ra olar edik. Hidga bo'lgan sezgilar ham nihoyat darajada o'tkirdir. Masa
lan, bir litr havoda bir milligramm sun’iy mushkning 0,000005 hissasi bo'lganda
ham uning hidi sezilishi maxsus tajriba bilan isbot etilgan. Xininning achchiq
mazasi 0,0003 foizli eritmasida ham sezila boshlashi isbot etilgan.
Sezgi hosil qiladigan qo'zg'alishning kuchi o'zgarishi, ya’ni ortishi
yoki kamayishi mumkin. Qo'zg'alish o'zgarganda sezgi kuchi ham o'zgaradi
(oshadi yoki kamayadi). Agar uyda bitta lampochka yonib turgan bo'lsa,
muayyan darajada yorug'lik sezamiz. Agar yana bir shunday lampochka
yoqib qo'yilsa, yorug'lik sezgisi kuchayadi. Qo'limizdagi bir kilogramm
og'irlikka yana bir kilogramm og'irlik qo'shsak, og'irlik sezgisi kuchliroq
bo'lib qoladi. Ammo qo'zg'alish kuchining har bir o'zgarishi sezgining
kuchini o'zgartira olmas ekan. Sezgilaming kuchi qo'zg'alish muayyan
miqdorda oshganda yoki kamaygandagina o'zgarar ekan. Masalan, bir
stakan suvda 6 g qand eritsak, muayyan darajada shirin maza sezamiz.
Eritilgan shu qandga yana 1 g qand qo'shsak, shirin mazani bilish sezgisi
o'zgarmaydi. Shirin mazani bilish sezgisi birmuncha ortishi uchun 6 g
qandga yana 2 g qand qo'shish (ya’ni, butun qand miqdorining uchdan
biricha qand qo'shish) kerak ekan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Boshqa bir misol olaylik: agar uyga ikki yuz sham kuchiga ega bo'lgan
lampochka yoqib qo'yilsa va unga bir yoki bir yarim sham kuchiga ega
bo'lgan yorug'lik qo'shilsa, yorug'likning fizik o'zgarishi sezgiga ta’sir
etmaydi. Yorug'likning payqaladigan darajada o'zgarganligi sezilmog'i
uchun yorug'lik kuchini kamida yuzdan bir hissa oshirish, ya’ni keltirilgan
misolda ikki yuz sham kuchiga kamida ikki sham kuchi qo'shish kerak.
Ammo yorug'lik kuchining bu tariqa arang payqaladigan darajada
o'zgarganligi sezgisini eksperiment sharoitidagina hosil qilish mumkin.
Yorug'lik kuchining payqaladigan darajada o'zgarganligi odatdagi sha
roitda sezilmog'i uchun qo'zg'ovchini ikki sham kuchidan ko'proq kuchay
tirish kerak. Tovush kuchining payqaladigan darajada o'zgarganligi
sezilmog'i uchun qo'zg'ovchi kuchini taxminan uchdan bir hissa kuchay
tirish lozim; og'irlik kuchining payqaladigan darajada o'zgarganligi
sezilmog'i uchun o'n yettidan bir hissa oshirish lozim.
Qo'zg'ovchilar ta’siri o'rtasidagi sezilar-sezilmas salgina farqni se-
zishni
Do'stlaringiz bilan baham: |