Yuksak va oliyjanob maqsadlar kishining barcha ruhiy kuch va qobili-
yatlarining o'sishiga katta stimul bo'lib xizmat qiladi.
Durust, ayrim vaqtlarda kishining qobiliyati bilan havaslari bir-biriga
mos bo'lmasligi ham mumkin, masalan, kishi maMum bir sohada qobili
yat ko'rsatadi, ayni vaqtda boshqa bir sohaga ham qiziqadi. Bunday ho
disa ko'proq kishining qobiliyatlari hali to'liq tarkib topib yetmagan va
oshkor bo'lmagan davrlarda uchraydi.
Qobiliyatning o'sishida muayyan faoliyatga qiziqish va muhabbat
qo'yish bilan bir qatorda, kishi o'z ustida ishlashi, uning mehnat faoliyati
hamda bilimlari, ko'nikma va malakalarini ijodiy ravishda qo'llay olishi
ham katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |