Xarakterning fiziologik asoslari
Yuqorida ko‘rib oMganimizdek, kishi temperamenti uning xarakteri
tarkibiga kiradi, shu sababli ham xarakterning fiziologik asosi nerv siste
masining tipidan iborat.
Ijtimoiy muhitning ta’siri, tarbiya va mehnat faoliyati jarayonida kishi
xarakterining tarkib topishida, shubhasiz uning nerv sistemasida ham
0
‘zgarishlar yuz beradi. Bunday o‘zgarishlar nerv sistemasining plastiklik
deb ataluvchi xususiyatiga ko‘ra yuzaga keladi.
Xarakter xislatlari shaxsning keyin hosil qilinadigan va mustahkam-
lanib qoladigan xususiyatlari boMganligi tufayli, xarakterning fiziologik
asosi ham individual hayot jarayonida nerv sistemasining o‘zgargan xu-
susiyatlaridan iborat.
Hayvon nerv faoliyati tiplarini analiz qilib, l.P. Pavlov bunday deb
yozadi:
«Tip hayvon nerv faoliyatining tug‘ma konstitutsion turi — genotip-
dir. Lekin hayvon tugMlganidan boshlab tashqi sharoitning g‘oyat xilma-
xil ta’sirlariga duch keladi va bunga muayyan faoliyatlari orqali u muqar-
rar javob berishi lozim boMadiki, ko‘pincha, bu faoliyatlar mustahkam-
Ianib, nihoyat butun hayotining oxirigacha saqlanib qoladi, shu sababli
hayvonning batamom tarkib topgan nerv faoliyati tipga oid belgilar bilan
tashqi muhit ta’siri ostida hosil boMgan o'zgarishlarning qotishmasidir —
fenotip, xarakterdir».
l.P. Pavlov o‘zgaruvchan nerv sistemasi tipini katta miya yarim shar-
lari po‘stining sistemalilik ishi bilan va nerv jarayonlarining tarkib top
gan, muvozanatli sistemasidan iborat boMgan dinamik stereotip bilan
bogMaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Stereotip shaxsdagi mustahkam odat boMib qolgan xususiyatlaming,
jumladan, xarakter xislatlarining ham nerv-fiziologik asosidir.
Xarakterning nerv-fiziologik asosini tushunish uchun l.P. Pavlovning
ikkinchi signal sistemasidagi ta’limoti katta ahamiyatga egadir. Ikkinchi
signal sistemasi nutq va tafakkurning fiziologik asosi bolishi bilan birga
kishi xulqini ham idora qiladi.
«Normal o‘sgan odamda, — deb yozadi l.P. Pavlov, — ikkinchi signal
sistemasi odam xulqining oliy boshqaruvchisidir». Xarakterning fiziologik
asosi to‘g‘risida gapiiganda barcha xarakter xislatlari go‘yo faqat nerv sistema
tipi xususiyatlari bilangina belgilanadi deb tushunish yaramaydi, albatta.
Xarakterning fiziologik asosi xarakterning mazmunini tashkil qiladi
gan sifatlarni, chunonchi, ijtimoiy maslak, mardlik, o‘z burchiga sado-
qatli bo‘lishlarni o‘z ichiga olmaydi va ololmaydi ham, albatta. Xarakter
psixologiyasining mazmuni o£zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy kate-
goriyadir; psixologiya xarakterning mazmunini tashkil qilgan tomonlarini
yoritishligi tufayli, u ijtimoiy faniar qatoriga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |