III. IRODAVIY HARAKATLARNING SIFATLARI
K ishining irodasi o 'z sifatlari, y a ’ni kuchi, axloqiyligi, mustaqilligi
jihatidan ayrim hollarda tu rlic h a n a m o y o n b o 'la d i.
Iroda kuchi
Iro d a m a ’lum k uchga ega b o 'la d i; b a ’zi h o lla rd a k ishining irodasi
kuchli s u r’atd a n a m o y o n bo'lsa, b o shqa hollarda kuchsiz n a m o y o n bo 'lad i.
Iro d a kuchi irodaning m u h im sifatidir. Iro d a k u c h in in g turli darajasi
b u tu n irodaviy jara y o n la rd a k o 'rin a d i. Iro d a kuchi, a w a l o , in tilishlarda
k o 'r in a boshlaydi; biz kuchli h a m d a kuchsiz intilishlarni, kuchli va k u c h
siz xohishlarni farq qilamiz. Iro d a kuchi y a n a tezlik bilan q a ro rg a kela
olishda va qaro rn in g m u stah k am lig id a ko 'rin ad i.
Yuksak g'oyaviy tam oyillarga asoslangan ongli q a t ’iyat va sabotlilik
kuchli iroda belgilaridandir; q a t ’iyatsizlik, ikkilanish, qabul qilingan q a r o r
ning bajarila olishiga s h u b h a bilan qarashlik va sabotsizlik kuchsiz iroda
belgilaridandir. Iro d a kuchi q a t ’iyatlikda ifodalanadi. Q a t ’iyat q aro rn in g
bajarilishiga t o 'l a ishonish va qarshilik h a m d a qiyinchiliklar q a n c h a lik
katta b o 'lm a s in (yoki katta b o 'lib k o 'rin m a s in ) uni alb a tta am a lg a o s h i
rishga otlanishdir.
J a z m o 'z - o 'z i g a buyruq berishdir. Vijdoniy b u rc h talabi yoki yuksak
m aq sa d n i am alga oshirish tufayli o d a m n i n g kerak b o 'lib qolgan p a y td a
o ' l i m b ilan h a y o t o 'r t a s i d a n b ir o n t a s i n i d a r h o l ta n l a b ola b ilis h id a
k o 'rin a d ig a n ja z m , kuchli iroda dalilidir. B u nday ja z m n i n g misoli sifatida
U s m o n N o sir, C h o 'l p o n , A b d u lla Q o d ir iy la r n in g m a r d o n a j a s o r a tin i
k o 'rsa tish im iz m u m k in .
Iro d a kuchi qabul qilingan q aro rn i o 'z vaq tid a bajarishda k o 'rin a d i.
S h u n in g u c h u n qarorni bajarm aslik yoki u n in g bajarilish m u d d a tin i d o im
«galdan-galga» qoldiraverish va b o sh lan g an ishni oxirigacha yetkaza o l
maslik kuchsiz irodaning a lo m a tid ir. A m m o berilgan q aro rn i bajarish-
www.ziyouz.com kutubxonasi
ning, qilingan ish-harakatning hammasi ham irodaning kuchli ekanidan
darak beravermaydi. Iroda kuchi, asosan, irodaviy harakatlar yordami
bilan qanday to‘siqlar yengilgani va buning bilan qanday natijalarga
erishilganligi ila aniqlanadi. Biz irodaviy zo‘r berishlar vositasi bilan yen-
gadigan qarshilik va qiyinchiliklar darajasi va xarakteri iroda kuchining
obyektiv ko'rsatkichi bo'lib xizmat qiladi.
Agar kishi katta to'sqinlik va qiyinchiliklarni, qarshi harakatlarni iro
daviy zo'r berish va irodaviy harakatlar yordami bilan yengib, katta mu-
vaffaqiyatlarga erishar ekan, bunday holda biz shu kishining kuchli iroda-
ga ega ekanligi va kuchli iroda ko'rsatgani haqida gapira olamiz.
Kishi irodasining kuchsizligi uning juda arzimas qarshiliklarni ham
yenga olmasligida ko'rinadi. Masalan, ba’zan kishi biron kerakli xatni
yozishga yoki biron zarur ishni boshlashga o'zini majbur eta olmaydi.
Irodaning kuchsizligi, odatda, irodasizlik deb ataladi.
Iroda kuchi, ayniqsa, o'zini tuta bilishda, jasurlikda, qat’iyatda, ma-
tonatda va chidamlilikda namoyon bo'ladi.
0 ‘zini
tuta
bilish. Mana shu so'zning o'zidan ko'rinib turibdiki, o'zini
tuta bilish — kishining o'z-o'zini qo'lga ola bilishidir. O'zini tuta bilish —
kishining oldiga qo'ygan maqsadlarini amalga oshirishga qarshilik
ko'rsatuvchi ichki holatini yengishda ko'rinadigan kuchli irodadir. O'zini
tuta bilish — toliqish hissini, og'riqni, qo'rqinchni, shuning kabilarni yen
gishda ko'rinadi, o'zini tuta bilish ayni paytda keraksiz bo'lgan reflekslar-
ga, odatlarga, mayllarga yo'l qo'ymaslikdir. Yu.A.Gagaringa murojaat qilib:
«Uchish paytingizdagi ba’zi vaqtlarda qo'rqish hissi paydo bo'lganmi?»
deb savol berilganda, kosmonavt shunday deb javob bergan: «Albatta,
hamma tirik odamlardagi kabi menda ham bo'lgan. Biroq, men qo'rqinch
hissini tezda yengib tashladim».
O'zini tuta bilish va qo'rqmaslik odamning qo'rqinch hissini kechir-
masligida emas, balki ongni yo'qotib qo'ymay, o'z irodasining kuchi bi
lan bunday hissiyotlami bosishi va batamom yo'qotib yuborishidadir. Bu
degan so'z — o'zini idora qila bilish degan ma’noni bildiradi. O'zini tuta
bilish — vazminlikka oid yuksak fazilatdir. Kishi o'zini biron narsadan
tiyish uchun ba’zan anchagina irodaviy zo'r berishga, ya’ni iroda kuchini
ishga solishga majbur bo'ladi.
Irodasi kuchli kishilar deganda, biz o'zini mahkam tuta biladigan
bosiq kishilami tushunamiz. Ikkinchi jahon urushi yillarida bizning askar-
larimiz, razvedkachilarimiz, qahramon uchuvchilarimiz va temir
yo'lchilarimiz kuchli irodaning yuksak namunalarini ko'rsatdilar.
Irodaviy zo'r berish orqali hushidan ketib qolmaslik va hattoki o'limni
to'xtatib qolish kabi hodisalar qadim zamonlarda ham bo'lib o'tgani
ma’lum. Masalan, asrimizdan oldingi V asrda Gretsiya bilan Eron urushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
paytida bir askargreklaming eronliklar ustidan qozongan g‘alabalari haqida
xabar yetkazish uchun Marafon degan joydan Afinaga chopib kelgan.
Biroq bu xabarni yetkazgan-u shu zahoti jon bergan. Ana shu askarning
xotirasini abadiylashtirish maqsadida sport musobaqalaridan bir turiga,
ya’ni 42 kilometr-u 195 metrga yugurishga — «Marafon yugurishi» deb
nom berilgan.
0 ‘zini tuta bilishning aksi deganda, biz ixtiyorsiz harakatlar tomoni
dan yengilib, ya’ni yo‘q qilib yuboriladigan irodani tushunamiz. Odam
ning bunday xususiyatini o'ziga kuchi yetmaslik, o'zini tiya olmaslik deb
ataladi. O'ziga kuchi yeta olmaslikning eng keskin ko'rinishi beboshlik,
pastkashlikdir. Bunday odam o'zida beixtiyor tug'iladigan salbiy tuyg'ulaiga,
instinktlarga berilib, o'z nafsini tiya olmaydi. Bu hayvonlik holatiga tu-
shib qolish demakdir.
Dadillik — kishining hayot va omonligi uchun xavfli bo'lgan qarshiliklar
ni yengishda ko'rinadigan iroda kuchidir. Masalan, parashutchi har gal samo-
lyotdan o'zini tashlaganida dadillik qiladi. Dushmanning orqa tomoniga o'tib
olgan razvedkachilar ham dadillik namunasini ko'rsatadilar. Dadillik o'zini
tuta bilish bilan mahkam bog'liqdir. Dadil harakat qilish uchun, awalo,
o'zini tuta bilish kerak. Dadillik bor joyda o'zini bilish ham bor.
Biron maqsadni amalga oshirishda hamisha dadillik ko'rsatish
Do'stlaringiz bilan baham: |