VI. DIQQATNING TARAQQIYSI
Bolalar diqqati juda erta — hayotlarining birinchi oylaridayoq ko'rina
boshlaydi. Dastawal ixtiyorsiz diqqat namoyon bo'ladi. Bola o'z diqqatini
biron jihati bilan — rang-barangligi, ohangdorligi, harakatchanligi bilan
ajralib turuvchi ma’lum bir narsalarga (tovushlarga va shuning kabilarga)
qaratadi. Bolalaming yoshlari ulg'aygan sari, o'yin faoliyatlari davomida,
tarbiya ta’siri bilan ixtiyorsiz diqqatlari taraqqiy qila boradi. Ixtiyorsiz
diqqatning taraqqiysi o'sib borayotgan hissiyot, ehtiyoj va qiziqishlar bilan
bog'liqdir. Ixtiyorsiz diqqatning taraqqiysi shundan iboratki, bunda ixtiyor
siz diqqatni tug'diruvchi narsalar doirasi orta boradi. Bundan tashqari, ix
tiyorsiz diqqat anchagina kuchli va barqaror bo'la boradi.
Ixtiyorsiz diqqat inson faoliyatining barcha turlarida katta o'rin oladi.
273
www.ziyouz.com kutubxonasi
Jumladan, ixtiyorsiz diqqat ish jarayonida katta ahamiyatga egadir. Ixti
yorsiz diqqat o‘qish materialini o'zlashtirishni yengillashtiradi va
0
‘quvchilarni unchalik toliqtirmaydi. Bunday material yengil va ko'pincha
juda puxta o'zlashtiriladi. Shuning uchun, o'qish jarayonida o'quvchilaming
ixtiyorsiz diqqatlaridan mumkin qadar foydalanish lozim. O'qitishning
ko'rgazmali va jonli bo'lishi, o'qish materialini o'quvchilardagi bor bilimlar
bilan bog'lab bevosita qiziqarli qilib berish ixtiyorsiz diqqatni saqlab tu-
rishga yordam beradi.
Lekin o'qish jarayonining hammasini faqatgina ixtiyorsiz diqqat aso
sida olib borish yaramaydi.
«Biroq, passiv diqqatning bir o'zi kifoya qilmaydi, hatto uning juda erta
va haddan tashqari tez hamda faol diqqatning yordamisiz o'sishi bir xil
ruhiy dardga aylanib ketishi mumkin. Bunda ruh kuchsizlanib, yalqov-
lanib, hamisha qiziq-qiziq hikoyalar yoki qiziq-qiziq kitoblar bilan ta’sirlanib
turishni talab qiladigan bo'lib qoladi» (K.D.Ushinskiy. Избранные
педагогические сочинения, II tom. Uchpedgiz.l939-y., 171-bet).
Ta’lim va umuman inson faoliyatining barcha turlari, asosan ixtiyoriy
diqqat bilan amalga oshiriladi.
Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat asosida o'sib boradi. Ixtiyoriy diqqat
yosh ulg'ayishi bilan, inson faoliyati davomida va asosan tarbiyaning ta’siri
ostida o'sib boradi.
Dastlab katta kishilar bolalaming diqqatini biron-bir narsaga qaratadilar.
Odatda, bolalarga shunday deydilar: «bu yoqqa qara», «mening gapimni
eshit», «ashulaga quloq sol» va shuning kabilar. Kattalar tomonidan qara-
tiladigan mana shu tarzdagi ixtiyoriy diqqat bolaning ikki yoshga qadam
qo'yishi bilanoq ko'rina boshlaydi. Bunda bola diqqatining to'planishi va
bir qadar barqarorligini saqlab turishi uchun yoshlik paytidan boshlab beix
tiyor o'ziga jalb qiladigan qo'zg'atuvchilarning taassurotini yengishga to'g'ri
keladi. Katta kishilar bolani tozalikka, tartibli, yakka, intizomli bo'lishga va
jamiyat ichida yashash qoidalariga o'rgatadilar. Bulaming hammasi ixti
yoriy diqqatni taraqqiy qildiradi. Keyinchalik, 3—5 yoshlardan boshlab,
ixtiyoriy diqqat bolaning o'z tashabbusi bilan ham o'sa boshlaydi.
Bolaning mana shu yoshlarida va butun bog'cha yoshi davrida ixti
yoriy diqqatning o'sib borishi uchun o'yin juda katta ahamiyatga ega.
O'yin paytida bolalar diqqatlarini bir joyga to'plab, o'z tashabbuslari bi
lan ma’lum maqsadlami ilgari suradilar. Ma’lum bir o'yin qoidalarini
bolalaming o'zlari tanlab oladilar, bunga o'z harakatlarini moslashtiradi-
lar va bir-birlarining harakatlarini kuzatib boradilar. Mana shularning
hammasida faqat ixtiyorsiz diqqat emas, balki bolalardagi ixtiyoriy diqqat
ham ko'rinadi, bog'cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o'sib borishi
uchun o'yin bilan bir qatorda, ularning uyidagi ishlaming ba’zi birlarida
www.ziyouz.com kutubxonasi
qatnashishlari, jumladan, o'zlariga tegishli ishlarni o‘zlari bajarishlari katta
ahamiyatga ega.
Bolalardagi ixtiyoriy diqqat, maktab yoshidan boshlab, xususan tez
o‘sa boshlaydi. 0 ‘qish ishida — darsni eshitish, kitob o'qish, masalalarni
yechishda, asosan, ixtiyoriy diqqat talab qilinadi. Shuning bilan birga,
o‘qish jarayonining o‘zi ixtiyoriy diqqatning hamda uning turishi va
barqarorligining o'sishiga yordam beradi.
Bolalarda ixtiyoriy diqqat bilan ishlash qobiliyatini o‘stirib borish max
sus tarbiya vazifalaridan biridir. Maktabda ta’lim-tarbiya ishlari sohasidagi
vazifalarga, jumladan, o'quvchilar irodasi va intizomini tarbiyalash bilan
bog'liq bo'lgan ixtiyoriy diqqatni tarbiyalash vazifasi ham kiradi.
Bolalaming yoshlari ulg'aygan sari, diqqatning ayrim sifatlari, uning
ko'lami, ko'chuvchanligi, bo'linuvchanligi, kuchi va barqarorligi o'sa boradi.
Bolalaming diqqati, awalo, ko'lamning torligi, bir narsadan ikkinchi
narsaga sekinlik bilan ko'chishi va zo'rg'a bo'linishi bilan ajralib turadi.
Bir yoshgacha bo'lgan bolalarda biz, faqatgina juda tor konsentratsiya-
lashgan diqqatni ko'rishimiz mumkin. Masalan, agar bir qo'lida olma
ushlab turgan bolaning ikkinchi qo'liga ham olma bersak, u paytda ik
kinchi olmani olishi bilanoq, awalgi ushlab turgan olmasini tashlab yubo-
radi. Demak, bunda bolaning diqqati o'z qo'lida ushlab turgan ikkita
narsaga ham taqsimlay olmaydi. Keyinchalik diqqatning bo'linuvchanligi
kattalar yordami bilan bolalaming o'yin faoliyatlarida, o'qish jarayonida
va amaliy mehnat jarayonida o'sib boradi.
Bolalaming yoshlari ulg'aygan sari, diqqatning kuchi va barqarorligi
o'sa boradi. Diqqatning bu xususiyatlari bolalaming o'yin faoliyatlarida,
mehnatda va asosan o'qish jarayonida o'sadi.
O'qish jarayoni uchun diqqatning ma’lum darajada kuchli va barqaror
bo'lishligi talab qilinadi. Diqqat barqarorligining o'sishiga bolalar ongi
ning mazmunan boyishi va xususan, ular tafakkurining o'sishi katta yor
dam beradi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar diqqatining kuchi va barqaror
ligi ularning tabiatidagi hissiyotchanlik bilan ko'p jihatdan bog'liq. Bu
yoshdagi bolalaming hissiyotlari davomli va barqaror bo'lmaganidek, ular
ning diqqatlari ham aytarli barqaror bo'lmaydi. Lekin bolalaming hissi
yotlari ko'pincha juda kuchli bo'ladi. Shuning uchun ularning diqqatlari,
garchi qisqa vaqt ichida davom etsa ham, kuchli bo'ladi.
Maktab yoshidagi bolalaming hissiyotlari anchagina barqaror bo'la
boshlaydi. Shuning uchun pedagog o'qish materialini hissiy momentlar
bilan boyitar ekan, bu bilan diqqatning barqarorligi va kuchini saqlab
turishga yordam beradi. Shuning uchun diqqatga doir bu sifatlaming ke
yingi taraqqiyoti ham irodaning taraqqiyoti bilan bog'liqdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |