ishi davomida diqqatni ayni bir vaqtda piyoda yuruvchilar, avtomobillar
ishlashini na konduktorning signallarini kuzatib boradigan qilib taqsim-
rak. O'qituvchi darsni tushuntirish paytida o'z diqqatini o'quvchilar xul-
qiga, ko‘rgazma qurollarni ko‘rsatishga, sinf doskasiga va shu kabilarga
taqsimlashi lozim.
Konsentratsiyalanish va boMinishlik har qanday diqqatga xos boMgan
xususiyatdir. BoMingan diqqat aynan bir vaqtning o'zida bir necha narsalarga
qaratilgan boMmasa kerak, deb o ‘ylash lozim. BoMingan diqqat bu
diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga juda tezlik bilan ko'chishidir.
Yuliy Sezar haqida shunday qissa saqlanib qolgan. U g o ‘yoki bir
vaqtning o'zida bir narsani yozib, boshqa narsa haqida o'ylash, uchinchi
narsani eshitish va to'rtinchi narsa haqida gapirish kabi murakkab ishlar
ni bajara olgan emish. Psixologiya nuqtayi nazaridan, bunday hodisaning
boMishi mutlaqo mumkin emas. Har holda Yuliy Sezar diqqatini bir nar
sadan ikkinchi narsaga tez ko'chirish qobiliyatiga ega boMgan boMsa ke
rak. Shu sababli, Yuliy Sezar o'z diqqatini bir vaqtning o'zida to'rt xil
faoliyatga qarata oladi, deb o'ylaganlar.
Shunday hollar ham boMadiki, bunda kishi biron doklad yoki ma’ruza
eshitib o'tirar ekan, ayni shu vaqtning o ‘zida xayol surishi, qandaydir
boshqa narsalar haqida o ‘ylashi, kitob yoki gazeta o'qishi mumkin. Bu
narsa hammaga o'z turmush tajribasidan m a ’lum. Bunday hollarda diqqat
bir narsadan (doklad eshitishdan) boshqa bir narsaga (kitob yoki gazeta
o'qishga) tezlik bilan «o'tib turadi». Bizga esa ikki xil ongli faoliyat bir
vaqtda bajarilayotganday tuyuladi.
Kishi faqat shunday holda ikkita ishni birdaniga bajara olishi mum-
kinki, bunda qilinayotgan ishlardan biri m a ’lum darajada avtomatlashgan
boMishi kerak. Masalan, biz ayni bir vaqtning
o'zida doklad yoki ma’ruzani ham eshitib, ham
yozib borishimiz mumkin. Bunda ma’ruzani
deyarli avtomatik ravishda yozib boriladi; lekin
vaqt-vaqti bilan ongimiz nazorat qilib turadi.
Diqqatning bunday boMinishida unchalik zo'r
berishni talab qilmaydigan, ya’ni odat boMib
qolgan ish, miya po'stining m a’lum darajada
tormozlangan qismlari orqali «boshqarilishi»
mumkin. «Biz, asosan, bir ish, bir fikr bilan band
boMganimizda, albatta, shu asosiy ishimizga alo-
qasi boMgan miya yarim shari nuqtasi kuchli
q o ‘zg‘algan holda boMganda, ayni zamonda biz
juda yaxshi ko'nikkan bir ishni bajara olishimiz, ^
ya’ni miya yarim sharlarining tashqi tormozla-
nish mexanizmi asosida tormozlangan qismlari
bilan ishlay olishimiz oddiy bir narsa emasmi,
axir», — deydi l.P. Pavlov (IV tom, 428-bet).
Do'stlaringiz bilan baham: