Nutqning fonetika (tovush) jihatidan o'sishi
Bola tilga kira boshlagan dastlabki paytlarda u nutq tovushlarini hali
mukammal ayta olmaydi. Bolalar ba’zi tovushlarni noto'g'ri talaffuz qiladi-
lar. Masalan,
r —
o'miga
I, sh
o'miga
s, к
o'miga rtovushini talaffuz qiladi
lar. Masalan,
oyoq
degan so'zni
oloq, Karim
o'miga
Tayim
,
qand
o'miga
ant
,
osh
o'rniga
os, Raxim
o'miga
Layim
deydilar va hokazo. Ko'pincha so'zlardagi
ayrim tovushlarni va hatto butun-butun bo'g'inlami tushirib qoldiradilar,
masalan,
ber
deyish o'miga
be, olib kel
deyish o'miga
opte
deb aytadilar va
hokazo. Ko'pincha tovushlarning o'mini almashtirib yuboradilar, masalan,
holva
o'miga
havla, saiyog*
o'miga
sayroq
deydilar va hokazo.
Endi tili chiqib kelayotgan bolalar nutqining fonetik jihatdan to'liq
bo'lmasligining (nutq tovushlarini to'la ajrata olmaslikning) sababi shuki,
bunday bolalarda nutq (artikulatsiya) apparati yetarli sur’atda o'smagan
bo'ladi. Shuningdek, bunga yuksak nerv faoliyatining o'sishidagi xususiyat
lar ham sabab bo'ladi. Fonetika kamchiliklariga yana bir sabab shuki,
bola ayrim so'zlarda o‘zi idrok qilayotgan tovushlarni hali yetarli farq qila
olmaydi, umumiylashtira va so'z tarkibiga kirita olmaydi.
Bola besh yoshga tolib, olti yoshga o'tganida, odatda, u o'z ona
tilining fonetikasini egallab oladi.
Ba’zan tovushlarni talaffuz etishdagi nuqsonlar maktab yoshidagi bola
larda ham uchraydi. Bu nuqsonlar ayrim hollarda nutq apparatining nuq-
sonlariga bog'liq bo'ladi. Bunday hollarda nutqni to'g'irlamoq uchun
mutaxassis shifokorga murojaat qilmoq kerak. Ko'pincha esa noto'g'ri
tarbiya bola nutqidagi mana shunday fonetika nuqsonlarining ancha vaqt
gacha saqlanib qolishiga sabab bo'ladi. Katta yoshdagi kishilarning o'zlari
ham juda ko'p hollarda bolalaming chuchuk tiliga taqlid qilib, xuddi shu
bolalardek, fonetika jihatidan nuqsonli til bilan gaplasha boshlaydilar va
bolalaming nutq tovushlarini talaffuz qilishidagi kamchiliklarni o'z vaq
tida tuzatmaydilar. Natijada bolalaming nutqidagi kamchiliklar ularda
qattiq o'rnashib qoladi. Bolalaming nutqi to'g'ri o'sib borishi uchun bolalar
bilan va bolalar oldida to'g'ri gapirish hamda ularning nutqidagi kamchi-
www.ziyouz.com kutubxonasi
liklarni o'z vaqtida tuzatib turish kerak. Bunday qilinganda bolalaming
nutqi hamisha nazorat qilinib turiladi, bolalar kattalarning to'g'ri nutqiga
taqlid qilishga intiladilar, shu tariqa, o‘z nutqlaridagi kamchiliklarni ham
tez to'g'rilab va tuzatib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |