P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


qorong'ilik adaptatsiyasidir



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

qorong'ilik adaptatsiyasidir.

 

Eksperimental  tekshirishlardan  olingan  ma’lumotlarga  qaraganda, 



qorong'ida  yorug'likka  sezgirlik  yorug' joydagi  sezgirlikka  nisbatan  200 

ming marta (bir soat mobaynida) oshadi. Qorong'idan yorug'ga chiqqanda 

ham  ko'rish  organlari  yorug'likka  yana  moslashuvi  uchun  bir  necha 

vaqt  (taxminan  4  daqiqadan  5  daqiqagacha  fursat)  kerak.  Bu 



yorug‘Iik

 

adaptatsiyasidir.

Qorong'ilik adaptatsiyasida sezgirlikning juda ham ortib ketish sababi 

awalo shundaki, yorug'dan qorong'iga kirganda ko'z qorachig'ining sathi 

17 marta kengayadi, binobarin, ko'z qorachig'i yorug'ni  17 marta ko'proq 

o'tkazadi. Ammo sezgirlikning 200 ming marta ortish sababini tushuntirib 

berish  uchun  bu  kamlik  qiladi,  albatta.  Bu  yerda  kolbachalar  vositasi 

bilan ko'rishdan tayoqchalar vositasi bilan ko'rishga o'tishning katta ahami­

yati  bor.  Tayoqchalar yorug'Iikni  kolbachalarga  qaraganda yaxshiroq  se­

zadi. Qorong'ida ko'rish purpuri ko'proq turadi, natijada yorug'Iikni ko'rish 

sezgirligi  oshadi.

Adaptatsiya harorat  sezgilarida ham bor.  Biz cho'milish uchun suvga 

tushganimizda yoki dush tagida turganimizda dastlabki paytda suv sovuq- 

roq  tuyuladi,  bir  necha  daqiqadan  keyin  esa  o'sha  suv  unchalik  sovuq 

sezilmaydi  va  hatto  iliqroq  seziladi.

Hid  bilish  sezgilarida  adaptatsiya  tezroq boshlanadi.  Masalan,  biron 

hidi bor uyga kirganimizda awaliga shu hidni sezamiz, bir necha vaqtdan 

so'ng  hidni  sezmay  qolamiz.  Qilingan  tajribalar  hid  sezilmay  qoladigan 

darajada  to'liq adaptatsiya,  chunonchi:  yodning hidiga  50—60  soniyadan 

keyin,  kamfaraning hidiga  1,5 daqiqadan keyin hidi o'tkir sirga  (pishloq- 

qa)  8  daqiqadan  keyin  paydo  bo'lishini  ko'rsatadi.  Hid  bilish  sezgirligi 

adaptatsiyadan  keyin  to'la  tiklanishi  uchun  1  daqiqadan  3  daqiqagacha 

tanafFus  kerak bo'ladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Tegish yoki zaif tazyiq sezgilarida adaptatsiya kuchliroq ko'rinadi. 

Ko'pincha  biz  kiyim-kechakning  badanimizga  tegib  va  tazyiq  qilib 

turganini  sezmaymiz,  doim  taqib  yuradigan  ko‘zoynagimiz  chakka- 

mizga  botayotganini  sezmaymiz.  Narsa  badanimizga  tekkandan  3 

soniya  keyinroq  sezgi  kuchi  qo'zg'ovchining  ta’siri  bilan  hosil 

bo'ladigan  sezgi  kuchiga  nisbatan  beshdan  biricha  kamayishi  tek- 

shirishlardan  ma’lum.

Adaptatsiya  ko'rish,  harorat,  hid  bilish  sezgilarida  kuchliroq,  eshitish 

va og'riq sezgilarida kamroq bo'ladi.  Boshqa sezgi  organlari  ishlab turgan- 

da ayrim sezgi organlarining adaptatsiya jarayoni tezlashuvi mumkin. Masa­

lan, harorat (sovuq), ta’m bilish, muskul retseptorlari va ichki  organlardagi 

retseptorlar ta’sirlanganda  ko'rish  va  eshitish  sezgirligi  tezroq  kuchayadi. 

Olimlar  o'tkazgan  bir  qancha  tajribalar  shuni  ko'rsatadiki,  sovuq  suvga 

latta xo'llab yuz va bo'yinni artganda (issiq faslda), jismoniy tarbiya mashqla- 

riga o'xshash tipdagi yengil ishda — nafas olish tezlashganda va kuchaygan­

da eshitish va ko'rish sezgirligi oshadi, musbat adaptatsiya tezlashadi. Shunday 

vositalardan  foydalanib,  qorong'ilik  adaptatsiyasini  odatdagidek  40—50 

daqiqada emas,  balki  5—6 daqiqada tezlatish  mumkin.

Hozirgi vaqtda psixologlar adaptatsiya hodisasini  l.P.  Pavlovning ana­

lizatorlar va shartli reflekslar haqidagi ta’limoti asosida tushuntirib berish 

uchun  maxsus tajribalar qilmoqdalar (Ye.N.  Sokolov,  E.A.  Golubeva  va 

boshqalar).



Sinesteziya

Ba’zi  kishilarning  sezgilarida  sinesteziya  degan  hodisa  ko'riladi.  Si­

nesteziya  — ikki  sezgining  yaxlit  bir  sezgi  bo'lib  qo'shilishi  demakdir. 

Sinesteziyada sezgilardan  birontasi  muayyan  paytda bevosita ta’sir etuv- 

chi qo'zg'ovchiga ega bo'lmaydi, balki qaytariladi. Sinesteziyaning ko'proq 

uchraydigan  shakli  «rangdor  eshitish»  deb  ataladigan  hodisadir.  Bunda 

tovush  sezgisi  (shovqin,  ton,  musiqali  akkord)  ko'rish  obrazini,  ya’ni 

yorug'lik  yoki  rang tasawurini  uyg'otadi.

Kompozitorlardan A. Skryabin,  F. List, N. Rimskiy-Korsakovda «rang­

dor eshitish»  qobiliyati  bo'lganligi  ma’lum.  Ularga  har bir tovush  muay­

yan  rangli  bo'lib tuyulgan.  Masalan,  Skryabin «do»da «iroda baxsh etuv- 

chi qizil rang» bor,«re»da «nurafshon sariq rang» bor, «mi»da «havo rang» 

bor deb  hisoblagan  va hokazo.

Sinesteziya kishilarning taxminan  12 foizida uchraydi,  «rangdor eshi­

tish» kishilarning 4 foizida ko'riladi. Sinesteziya hodisalarini ko'rsatadigan 

ayrim  so'zlami  adabiy  tildan  topish  mumkin.  Masalan,  «istarasi  issiq»,

www.ziyouz.com kutubxonasi



«basharasi  sovuq»,  «yumshoq  ko‘ngiI»,  «tosh  yurak»,  «shirin  so‘z»,  «sas- 

siq so‘z»  deb gapiradilar va  hokazo.

Sinesteziyaning  mohiyati  hali  to‘liq  aniqlanganicha  yo‘q.  Sezgilar- 

ning  har xil  turlariga  xos bo‘lgan  hissiy  (emotsional)  momentning  umu- 

miyligi tufayli sinesteziya ro‘y beradi, deb hisoblanadi.  Qanday bo'lmasin 

biron  sezgi  (masalan,  tovush  sezgisi)  bo'lganda  umumiy  hissiy  moment 

assotsiatsiya  yo'li  bilan  boshqa  bir tasawumi,  masalan,  rang  tasawurini 

tug'diradi.

Sinesteziyaning fiziologik negizi, aftidan, shunda bo'lsa kerakki, bosh 

miya po'stining ayrim markazlari o'rtasida shartli bog'lanish  hosil  bo'lib, 

mustahkam  o'rnashib qoladi.


Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish