P. Gulyamov, R. QuRbonniyozov, m avEzov, n. SaiDova



Download 4,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/157
Sana06.07.2021
Hajmi4,48 Mb.
#110846
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   157
Bog'liq
geografiya 5 uzb

4­§.
 
   Yerning shаkli vа o‘lchаmlаri
Q
adim  zamonlarda  turli  joylardagi  xalqlar  Yerning  shakli  va  kat-
ta ligi  haqida  turlicha  tasavvurga  ega  bo‘lganlar.  Qadimgi  yunonlar 
Yer yassi gumbazsimon shaklda bo‘lib, uning atrofini juda yirik daryo – 
okean o‘rab turadi deb o‘ylashgan. Hindistonda esa Yer yarimshar shak-
lida  bo‘lib,  uni  fillar  ko‘tarib  turadi,  fillar  esa  ulkan  toshbaqa  usti da 
turadi  deb  tasavvur  qilishgan.  Bizning  O‘rta  Osiyo  xalqlari  esa  Yerni 
ho‘kizlar  ko‘tarib  turishadi,  ular  Yerni  bir  shoxidan  ikkinchi  sho xiga 
olganda  yer  qimirlaydi  deb  o‘ylashgan.  Lekin  kishilarning  uzoq-uzoq-
larga sayohat qilishi, dengizlarda kemalarda suzishi oqibatida odam lar 
Yerning dumaloq (sharsimon) ekanligini tasavvur qila boshladilar.
Yerning  sharsimon  ekanligini  miloddan  avvalgi  4-asrda  qadimgi 
yunon olimi Aristotel isbotlagan. U Yerning sharsimonligini asoslovchi 
quyidagi:  dengizda  qirg‘oqqa  yaqinlashib  kelayotgan  kemaning  avval 
machtalari, keyin korpusining suvdan ko‘tarilib chiqishi; Oy tutilganda 
unga  tushgan  Yer  soyasining  doira  shaklda  ekanligi;  tekis  va  ochiq 
joyda, dengizda odam yuqoriga ko‘tarilgan sari ko‘rinarli ufq (gorizont)
ning  kengayib  borishi;  deyarli  barcha  yirik  osmon  jismlarining 
sharsimon  shaklda  ekanligini  dalil  sifatida  keltiradi.  Demak,  Yer 
sharsimon, dumaloq bo‘lsa kerak, degan dastlabki tasavvurning vujudga 
kelganiga 2400 yildan ko‘proq vaqt bo‘lgan.
Globus
  – Yerning  juda  kichraytirilgan  shakli  –  modeli. Yevropada 
birinchi  globusni  1492-yilda  xaritashunos  olim  Martin  Bexaym 
yasagan.  Uning  globusida  Amerika,  Avstraliya  va  Antarktida  qit’alari 
ko‘rsa tilmagan. Chunki u vaqtda bu qit’alarning borligini yevro paliklar 
bilishmas edi. Hozirgi vaqtda Yer yuzasidagi nimalar tasvirlanganiga va 
katta-kichik ligiga ko‘ra har xil globuslar mav jud.
Dunyodagi  katta  va  mazmu niga  ko‘ra  yagona  bo‘lgan  glo bus-
lardan  biri  «Toshkent  globusi»  bo‘lib,  u  Mirzo  Ulug‘bek  nomidagi 
O‘zbekiston  Milliy  universitetida  saqlanadi.  Uning  balandligi  ikki 
yarim metr, aylanasining uzunligi 6 metrga yaqin, og‘irligi (vazni) esa  
http://eduportal.uz


ye
r
 —
 quyosh 
si
st
emasi
dagi
 sa
yyor
a

Download 4,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish