havoning oylik o‘rtacha harorati va yillik amplitudasini aniqlash.
Buning uchun oy davomidagi sutkalik o‘rtacha haroratlarni qo‘shib,
shu oydagi kunlar soniga bo‘linadi. Darslikning 53-rasmida Toshkent
shahrida havoning yil davomidagi 12 oydagi o‘rtacha haroratlari tas-
virlangan. Siz grafikdan 12 oyning har birida havoning o‘rtacha oylik
harorati qancha daraja bo‘lganini aniqlang.
Shundan keyin eng issiq oy (iyul)dagi o‘rtacha havo haroratidan eng
sovuq oy (yanvar)dagi o‘rtacha havo haroratini ayirib, havo haroratining
yillik amplitudasi (farqi)ni topasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |