Xarita masshtabidan foydalanib, masofani o‘lchash.
1. 5-sinf o‘quv atlasidagi
«
Yarimsharlar tabiiy xaritasi»dan quyi-
dagilarni:
a) xarita masshtabidan foydalanib, Toshkent va Pekin shaharlari
oralig‘idagi masofani kilometr hisobida;
b) Toshkent bilan Qohira oralig‘idagi masofani kilometr hisobida;
c) Toshkent shahri bilan Shimoliy va Janubiy qutblar oralig‘idagi
masofani kilometr hisobida aniqlang.
2. Toshkentdan Madridgacha bo‘lgan 7500 km li masofa birinchi
xaritada 25 cm ga, ikkinchi xaritada esa 5 cm ga teng bo‘lsa, ushbu
xaritalarning masshtabini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |