O‘zR tarkibidagi viloyat. 1941 y. 6 martda tashkil etilgan (1925 y. 29 iyundan Surxondaryo okruti bo‘lgan). 1960 y. 25 yanv. da Qashqadaryo viloyati bilan qo‘shilgan. 1964 y. fev.da qaytadan tashkil qilindi. Respublikaning jan.sharqida, Surxon-Sherobod vodiysida joylashgan. Jan. dan Amudaryo bo‘ylab Afg‘oniston, shim., shim. sharq va sharqdan Tojikiston, jan. g‘arbdan Turkmaniston, shim.g‘arbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 20,1 ming km2. Aholisi 1874,7 ming kishi (2004). Tarkibida 14 qishloq tumani (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot, Oltinsoy, Sari- osiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Sho‘rchi, Qiziriq, Kumqo‘rg‘on), 8 shahar (Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Termiz, Sharg‘un, She- robod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on), 7 shaharcha (Angor, Do‘stlik, Kakaydi, Sariosiyo, Sariq, Elbayon bekati, Hurriyat), 114 qishloq fuqarolar yig‘ini bor (2004).
Markazi — Termiz sh. Tabiati. Sv. relefi tog va tekisliklardan iborat, shim.dan janubga qiyalanib va kengayib boradi. Tog‘lardan oqib tushadigan ko‘pdanko‘p daryo va soylar dara hosil qilgan. Surxondaryo va Sheroboddaryo oqib o‘tadigan tekislik shim., g‘arb va sharqdan baland Hisor tizmasi (eng baland joyi 4643 m) va uning tarmoqlari (Boysuntog‘, Ko‘hitangtog‘, Bobotog‘) bilan o‘ralgan. Tog‘lar, asosan, yuqori paleozoy va mezozoy davrlari jinslaridan, tekislik qismi esa to‘rtlamchi davr yotqiziklardan tarkib topgan. Bu yerda neotektonika jarayonlari davom etmoqda: tevarak atrofdagi tog‘lar ko‘tarilib, botik, cho‘kib bormoqda. Tog‘lar bilan tekislik orasida adir va tog‘ oldi zonasi joylashgan. Tog‘lar shim. sovuq havo oqimlarini to‘sib turishi natijasida subtropik o‘simliklar o‘stirish uchun qulay iqlim sharoiti vujudga kelgan. Tog‘ zonasi va adirlarda, asosan, galla yetishtiriladi, chorva uchun yozgi yaylov. Mutlaq bal. 300—500 m bo‘lgan SurxonSherobod tekisligida paxta ekiladi, bog‘ tokzorlar barpo qilingan. Jan. qismi keng qumliklar bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan neft va gaz (Xovdog‘, Kakaydi, Lalmikor, Amudaryo bo‘yi tekisliklari), toshko‘mir (Sharg‘un, Hisor, Boysun, Ko‘hitang tog‘larining etaklari), polimetall (Sangardak), osh tuzi (Xo‘jaikon) konlari bor. Gips, granit, argillit kabi qurilish materiallari, mineral suvli buloq ko‘p. Tekislik qismining iqlimi quruq subtropik. Yozi jazirama issiq va uzoq, qishi iliq va qisqa. Yillik o‘rtacha tra 16°—18°. Iyulning o‘rtacha t-rasi 28°.—32°, yanv. niki 2,8°—3,6°. O‘zbekistonda eng issiq tra ham shu viloyat hududida kuzatilgan (1914 y. 21 iyunda Termizda 49,5° issiq bo‘lgan). Ba’zi yillari qish ancha sovuq (—20° va hatto undan ham past). Yil davomida bulutsiz kunlarning ko‘p bo‘lishi va quyosh nurining tik tushishi effektiv tralar yig‘indisi yuqori bo‘lishiga olib keladi. 10° dan yuqori trali kunlar tekislik qismida 290— 320 kun davom etadi. Bu esa viloyatda eng issiqsevar ekinlar (shakarqamish, ingichka tolali paxta) va mevalar yetishtirishga imkon beradi. Viloyat tog‘lar orasidagi berk botikda joylashganidan bu yerda yog‘in kam. Viloyatning jan. Tekisliklarida yiliga 130— 140 mm, Hisor tog‘lari yon bag‘irlarida 445—625 mm yog‘in yog‘adi. Yog‘inning asosiy qismi qish va bahorda tushadi. G‘arbiy, jan.g‘arbiy va shim. sharqiy shamollar ko‘p esadi. Viloyatning jan.sharqiy qismida esadigan Afg‘on shamoli iqlimga salbiy ta’sir etadi. Viloyatning asosiy suv arteriyalari — Surxondaryo va Sheroboddaryo hamda ularning Qoratog‘daryo, To‘polondaryo, Sangardakdaryo, Xo‘jaipok kabi irmoqlari. Tog‘ qor va muzliklaridan, yog‘indan to‘yinadigan bu daryolar viloyat hududining shim. qismi, tog‘ va tog oldi zonalarinigina suv bilan ta’minlay oladi, jan.dagi keng tekisliklarda doimiy suv tanqisligi kuzatiladi. Yer osti (artezian) suvlaridan tobora keng foydalanilmoqda. 1957—58 y.larda Uchqizil, 1959— 62 y.larda Jan. Surxon va Degrez suv omborlari, Jarqo‘rg‘on gidrotuguni qurildi. Hazorbog‘, Dayto‘lak, Qumqo‘rg‘on, Zang kanallari, Sherobod, AmuZang mashina sug‘orish kanallari barpo etildi. Tuprog‘i tekisliklarda taqirsimon va sho‘rxok och bo‘z tuproklar, tog‘ yon bag‘rida turli xil bo‘z tuprokdar. O‘simliklar dunyosi xam tabiiy sharoiti bilan bog‘liq. Jan.dagi ekin ekil- maydigan qumloq joylarda qandim, oq saksovul, cherkez, taroqbosh, yaltirbosh, yantoq, butasimonlar; daryo bo‘ylarida yulg‘un, jiyda, turang‘il, terak, savag‘ich, qiyoq, qamish; adir va tog‘larning pastki yon bag‘irlarida bir yillik efemerlar (lolaqizg‘aldoq, nыxatak); 1200—2500 m balandliklarida efemerlar bilan birga archa, pista, qayin, tol, yongoq, olma, zarang o‘rmonlari uchraydi. Bobotog‘ tizmasi yon bag‘irlarida respublikaning eng yirik tabiiy pistazorlari joylashgan. Baland tog‘ zonasi subalp va alp o‘tloklari bilan band. Hayvonot dunyosi ancha boy: buri, tulki, chiyabo‘ri, ayiq, jayran, qobon, yovvoyi echki, arxar, to‘qaylarda bug‘u, to‘qay mushugi, kalamush, qo‘shoyoq, yumronqoziq, ko‘rsichqon, gekkon kaltakesagi, ko‘zoynakli ilon (kobra), o‘q ilon, jayra, qushlardan ular (tog‘ kurkasi), qirg‘ovul, mayna, qaldirg‘och, g‘oz, o‘rdak, so‘fito‘rg‘ay, chil, kaklik bor. Daryo va suv omborlarida har xil baliq ko‘p. Sv. hududida Surxon davlat qo‘riqxonasi joylashgan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar (78%), shuningdek, tojik, rus, turkman, qozoq va b. millat vakillari ham yashaydi (2004). Aholining o‘rtacha zichligi 1 km2ga 93,3 kishi. Shahar aholisi 364,8 ming kishi, qishloq aholisi 1509,9 ming kishi (2004)
Transporti. Viloyatda t.y. transportining salmogi katta. Surxondaryoda dastlabki t.y. 1915 y.da (Kogon— Termiz) qurilgan. Bu viloyatni boshqa regionlar bilan bog‘laydigan dastlabki muhim yo‘l bo‘ldi. 1925 y.da 248 km li Termiz—Dushanba t. y.ni qurishga kirishildi. Bu yo‘lning qurilishi Termizni O‘rta Osiyoning yirik shaharlari — Toshkent va Dushanba bilan bog‘ladi. 1971 y.ga kelib S.v.ni Tojikistonning jan. tumanlari bilan bog‘lovchi Termiz— Qo‘rg‘ontepa — Yavan t.y.ini qurishga kirishildi. G‘uzor — Boysun — Qumqo‘rg‘on t.y.ning qurilishi yakunlanmoqtsa. Amudaryo ustidan Hayraton t.y. ko‘prigi qurilgan. Viloyat hududidan Moskva — Dushanba, Ashxobod — Dushanba t.y.lari o‘tgan. Termiz — Toshkent, Termiz — AmuZang, Termiz — Sariosiyo, Termiz
— Boldir yo‘nalishlarida poyezdlar kdtnaydi. Shuningdek, Termiz orkali Dushanba — Astraxon, Dushanba — Ko- nibodom, Qo‘rg‘ontepa — Konibodom, Ko‘lob — Astraxon yo‘nalishlarida poyezdlar qatnaydi. Viloyatdagi t.y.larning uz. 300 km. Viloyatning ichki transport aloqalarida avtomobil yo‘lining ahamiyati juda muhim. S.v.dagi qattiq qoplamali avtomobil yo‘llarning uz. 2,7 ming km. Viloyatning asosiy avtomobil yo‘li —Katta O‘zbekiston trakto‘. Avtomobilda mamlakatlararo yuk tashish xizmati korxonasi yuklarni qo‘shni Afg‘onistonga yetkazib bermoqda.
S.v.ning yirik shaharlari (Termiz va Denov)dan bir qancha xorijiy mamlakatlar va O‘zbekistonning ichki tumanlariga avtomobil transporti qatnaydi. Termiz — Qarshi, Termiz — Hayraton (Afg‘oniston), Termiz — Dushanba, Termiz — Toshkent, Denov — Qarshi, Denov — Shahrisabz, Denov — G‘uzor, Denov — Urganch, Denov — Samarqand yo‘nalishlari shular jumlasidan.
S.v.da respublikada yagona bo‘lgan Termiz dare porti joylashgan. Termiz va Sariosiyoda aeroport bor. Termiz aeroportidan Toshkent, Moskva, Ash- xobod, Olmaota, Samarqand, Namangan, Buxoro, Andijon va b. Yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashuvchi samolyotlar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |