3-§ BO‘YICHA EGALLAGAN BILIMLARINGIZNI
MUSTAHKAMLASH YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR
Inson jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida
davlat qonunlarida mustahkamlangan o‘z huquqi erkinligi va
burchlarini amalga oshi
rish bilan qatnashadi. Jamiyat va
davlat insonning huquqi va erkinligi, uning sha’ni va qadr-
qimmatini oliy qadriyat sifatida e’tirof etadi. Inson huquqi va
erkinligi doirasini kengaytirish, shu ningdek, inson huquqlari
to‘g‘risidagi xalqaro huquqiy hujjatlarni hisobga olish
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ham xosdir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi insonning
asosiy huquqlari, erkinliklarini tartibga solishda ijtimoiy
adolat, fuqarolarning umumiy tengligi, fuqaro va davlatning
o‘zaro javobgarligi g‘oyasiga hamda xalqaro huquq talabla -
riga asoslanadi.
E’TIBOR BERING!
?
ð
ð
1. Asosiy huquq va erkinliklarning o‘ziga xos
xususiyati nimadan iborat?
2. O‘zbekiston fuqarolarining asosiy huquq va
erkinliklari boshqa huquq va burchlari paydo
bo‘lishi asoslaridan nimasi bilan farq qiladi?
3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari qan-
day xususiyatli belgilariga ko‘ra va qaysi xal q -
aro hujjatga muvofiq guruhlarga ajratilgan?
56
1. BMT hozirda inson taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan qanday
muammolarni hal qilmoqda?
2. Xalqaro huquqiy hujjatlarda insonning qanday tabiiy
huquqlari belgilangan?
3. O‘zbekiston hududida inson huquqlarini himoya qiluv -
chi organlar haqida tushuncha bering.
4. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida mus-
tahkamlangan inson manfaatlarini aks ettiruvchi tamo -
yillarni izohlab bering.
Bilimingizni sinab ko‘ring
XULOSA
ð
Konstitutsiya alohida kishilar uchun ham, davlat va
jamiyat uchun ham hayotiy zarur, hamda ijtimoiy ahami -
yatga ega bo‘lgan huquq va erkinliklarni o‘zida mujassam-
lashtirgan.
Ular erkin shaxsga xos bo‘lgan g‘urur va qadr-qimmat-
ni, o‘zi yashab turgan jamiyat qurilishi va uni boshqarishga
oid masalalarni hal etishda, ha
yotiy moddiy va ma’naviy
ehtiyojlarni qondirishda zarur bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy
shart-sharoitlarni yaratishda qatnashish huquqini ta’min-
lash uchun nihoyatda zarur.
Erkin mehnat qilish, erkin tadbirkorlik bilan shug‘ulla -
nish huquqini ta’minlamasdan, jamiyatning iqtisodiy
taraqqiyotini tasavvur etish mumkin emas.
Fuqarolarning saylov huquqini amalga oshirmasdan esa
jamiyatni demokratik asosda bosh
qarish tizimini yuzaga
keltirib bo‘lmaydi. Shu sababli, huquq va erkinliklar davlat
tomonidan tan olinibgina qolmay, ular davlat faoliyatining
muhim sharti sifatida muhofaza etiladi.
57
Do'stlaringiz bilan baham: |