Xo’jaligi
Qirg`iziston xo’jaligi Markaziy Osiyo davlatlari xo’jaligidan farq qiladi. Respublikada mashinasozlik sanoati, Ayniqsa ko’p mehnat talab qiladigan-elektronika, radiotexnika, priborsozlik hamda qishloq xo’jalik mashinasozligi yaxshi rivojlangan. Bishkekdagi avto—yig`uv va fizika priborlari zavodlari, Qirg`izkabel, QirІiz elektrodvigatel, Moylisoy lampa zavodi va boshqa yirik korxonalar hisoblanadi.
Qirg`izistonning yengil sanoat korxondlari shoyi va jun gazlamalar, trikotaj, tikuvchilik buyumlari, poyabzal va boshqa keng iste'mol buyumlari ishlab chiqaradi. O’sh shahrida Markaziy Osiyoda yirik korxonalardan biri-shoyi to’quv kombinati va ip gazlama kombinati joylashgan.
Oziq-ovqat sanoatida shakar, go’sht, konserva va tamaki ishlab chiqarish muhim tarmoqlaridir.Qand-shakar sanoati respublikaning shimolidagi Chuv vodiysida rivojlangan.
Respublika qishloq xo’jaligi mayin junli va yarim mayin junli qo’ylar boqishga, sut-go’shg qoramolchiligi, yilqichilik, paxtachilik (O’sh viloyatida) qandlavlagi, meva va sabzavot, donli ekinlar yetishtirishga ixtisoslashgan.
Chorvachilik respublika qishloq xo’jaligining asosini tashkil etadi.QirІizigtoniing pichanzor va yaylovlari (8 mln. ga. dan ko’proq), qirІiz xalqining chorvachilikdagi qadimiy katta tajribasi chorvachilikni intensiv rivojlantirishga imkon beradi. Chorvachilikda qo’ychilik yetakchi tarmoqdir.Qo’ylarning ko’pligi bo’yicha Markaziy OsiyodaQozog`istondan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
Chorvachilikning sut-go’sht qoramolchiligi uchun sharoit yetarlidir. Bular asosan, Chuy va Talas vodiylarida, Issiqko’l bo’yida, respublikaning janubig`arbida boqiladi.
Iqtisodiy geografiya rayonlari
Qirg`iziston respublikasida yetita iqtisodiy rayon ajratiladi. Ular o’z navbatida uchta yirik iqtisodiy zonaga birlashtirilgan: (Chuy, Issiqko’l, Talos) Markaziy (Norin), Janubiy (O’sh-Jalolobod, Quyi Norin va Qadamjoy—Haydarkent).
Shimoliy Qirg`iziston—Respublikasining xo’jaligi rivojlangan qismi bo’lib (hududning 2\5 qismi aholisining 50%),Qirg`iziston Olatovi etaklarida joylashgan. Chuy vodiysida aholi zichligi eng yuqori bo’lib 1 km.kv.ga 75 kishi to’Іri keladi, sanoat mahsulotning 2\3 qismi, respublikada yetishtiriladigan donning 2\5 qismini, sabzavot va uzumning asosiy qismini yetkazib beradi. Bu yerda lalmikor yerlar ko’p chilikigi tashkil etadi. Bu mintaqa iqtisodiy zonaning rivojlangan qismi hisoblanadi. Mamlakat poytaxti Bishkek shahri ham shu yerda joylashgan. Shaharda yirik qishloq xo’jaligi mashinasozligi, avtomabil yiІish, elektron hisoblash mashinasi, charm—poyabzal, trikataj va sanoat korxonalari ishlab turibdi.
Issiqko’l vodiysi pastki qismida dehqonchilik, baliqchilik, Tog` yonbaІrida esa chorvachilik bilan shuІullanishadi, shuningdek boІdorchilik ham yaxshi rivojlangan. Bundan tashqari dorivor ko’knori va tamaki ekiladi. Asosiy tarmoІi Tog`—yaylov chorvachiligi va u bilan boІliq yilqichilikdir. Iqtisodiy rayon boshqa rayonlarga ham zotdor otlar yetkazib beradi. Issiqko’l nafaqat respublikada balki MDH dagi yirik dam olish maskani hisoblanadi.
Talas vodiysi ShimoliyQirg`izistondagi eng kam rivojlangan. Bu yerda asosan Qirg`iziston uchun xos bo’lgan qo’ychilik bilan shuІullanishadi. Shuningdek don yetishtirish, tamaki va ko’knori yetishtirish yo’lga kuyilgan.
JanubiyQirg`iziston respublika hududining 33%ini aholisining esa 43% ini tashkil etadi. Aholi zichligi 1 km. kv. ga 27,5 kishi to’Іri keladi. Xo’jaligining o’ziga xos tarmoqlari—gidroenergetika, Tog`—kon sanoati (ko’mir, rangli metallar), paxtachilik (Respublikadagi barcha paxta ekiladigan hududlar shu yerda)dir. Tog` yon baІirlarida lalmikor dehqonchilik rivojlangan. O’sh-O’rta Osiyodagi eng qadimiy shaharlardan biridir. O’rta asrlarda bu yerdan ipak yo’li o’tgan. hozir O’sh Tojikistonning Tog`li Badaxshonga boradigan asosiy avtomobil yo’li o’tgan. Shaharda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari ishlab turibdi.
Tog`—kon sanoatining rivojlanishi natijasida bir qancha ishchi pasyolkalari tashkil topdi. Bular Sulyukta, Qizil—qiya, Ko’k yonІoq, Toshko’mir va boshqalardir. Rangli metallar qazib olish va boyitish asosida yirik sanoat markazlari—Moylisoy, Haydarkent, Qadamjoy tashkil topdi.
Markaziy Qurg`iziston—Respublika hududining 26% ini, aholisining esa 6% ini tashkil etadi. Aholi zichligi 1 km.kv. ga 5,5 kishi to’g`ri keladi, Iqtisodiy rayonning asosiy boyligi—Norin daryosi va uning irmoqlaridagi gidroenergiya resurslari, hamda bepayon yaylovlaridir.Foydali qazilmalari hali tuliiq o’rganilmagan. Aholisi asosan chorvachilik bilan shuІullanishadi. Chorvachilikda qo’ychilik yaxshi rivojlangan. Respublikada yetishtiriladigan junning 1\5 qismi tashkil etadi.
Norin—markaziy iqtisodiy rayonning sanoat va administrativ markazidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |