Ozod Sharafiddinov abdurauf fitrat


Abdurauf Fitrat IKKI MAQOLA



Download 34,89 Kb.
bet2/5
Sana11.01.2022
Hajmi34,89 Kb.
#351186
1   2   3   4   5
Bog'liq
fitrat izdowlari

Abdurauf Fitrat
IKKI MAQOLA


TILIMIZ

Dunyoning eng boy, eng baxtsiz bir tili qaysi tildir? Bilasizmi? Turkcha. Shoirlik qilmoqchi emasman, so‘zning to‘g‘risi shudir. Dunyoni eng boy tili turkchadir, eng baxtsiz tili yona xud (1) turkchadir. Boylarning baxtsizligi sovet hukumati chog‘inda bo‘lg‘on bir ishdir. Bundan burun baxtli edilar deganlar tilimizning holini bilmasdan gapuralar.

Bir tilning boyligi u tildagi so‘zning ko‘pligi (kasrati kalimot) (2), undirish kengligi (vus’ati ishtiqoq) (3), yusup tugalligi (mukammalliyati qavoid)(4) bilan bo‘lur.

Turkchada so‘z ko‘pligi bormi? (arabchilarimizcha aytganda kasrati kalimot mavjudmi?) Bu so‘z bukun emas, necha yuz yil burun oraga chiqmish deya Navoiyning “Muhokamatul lug‘atayn” otli kitobindan o‘z javobini olmish. Navoyining kitobi turkchaning boyligini ochibg‘ina bildira olmasa ham, turkchada so‘z ko‘pligini (u) yaxshi biladir. Navoyi yolg‘iz “yig‘lamoq”ning turlarini ko‘rsataturg‘on turkcha so‘zlarning shunchasini yozadir: ingramoq, singramoq, inchkirmak, yig‘lamoq, yig‘lamsinmoq, o‘kirmak, siqtamoq. (..) Mana sizga bir hodisaning yetti turi uchun otkim, oralarinda ingichka ayirmalar bordir. Turkchada bu hol oz emas. Arabcha nufuz, murur, ubur; u to‘g‘risinda turkchamizda o‘tmoq, kechmoq, oshmoq, ortonmoq bor. Arabcha amal qarshusinda, turkcha tilak, istov, orxan bor. Arabcha zarf yoninda turkcha idish bor, sovut bor. Arabcha fanda manfaat o‘rninda turkcha tosix bor, unum bor. Arabcha qalb o‘trusinda turkcha yurak bilan ko‘ngul bor. Arabcha sadr uchun turkcha ko‘ks va ko‘krak bor. Turkcha lug‘at yozmoqchi bo‘lg‘onimda turkcha so‘z boyligi to‘g‘risida bundan ortiq yozolmayman. So‘zni turkchada undirik kengligi (ya’ni “vus’ati ishtiqoq”) g‘a ko‘chiraman. “Ilm” ishining (bilimning) turkchasidan undirilgan so‘zlar shulardir: bil, bilar, bilajak, bilg‘usi, bilgay, bilsa, bilsachi, bilay, bildi, bilibdir, bilgan, bila boshladi, bila yozdi, bila oldi, bila turdi, bila berdi, bilib, bilgach, bilgali, bilmak, bilish, biluv, bilmov, bilim, bilgi, bilik, bilgili, bilguchi, bilmakchi, bilgur, bilmagay, bilmagan, bilmay, bilimsiz, bilmas, bilmaslik.

Mana sizga yolg‘iz fe’llardan 13 fe’l, qo‘shma fe’llardan 6 fe’l. Qo‘shma fe’llardan har birining buyrug‘i, bo‘lishi (5), holi, kelajagi (6), sharti, qo‘zg‘ovi (7) bor. 13×6=78 bo‘lur. Bunlarga uft (8), vaqt, sabab fe’llari qo‘shilsa, 81 ta bo‘lur. Bunga ism (9) va sifat yozilg‘on 18 qo‘shilganda 99 so‘z bo‘lur. Bu 99 tasida so‘z tollug‘i(10) buyruqdir (ya’ni bil so‘zidir). Demak, turkchada bir tomirdan 98 so‘z undiring emish. Emdi yusup tugalligiga (mukammaliyati qavoidg‘a) boqaylik.

Arab, fors, rus, nemis, fransuz tillaridan qay birining sarf (11) kitoblarini olib qarasak, ko‘ramizkim bir so‘zni yasamoq uchun bir qancha yozilg‘on, undan so‘ng shul qoidadan tashqari qolg‘on (mustasno) so‘zlar deb to‘rt-besh so‘z ko‘rsatilgan. Turk so‘zlarinda esa, bunday so‘z topilmaydur. Yusupsizlik degan hollar (istisnolilik hollar) turkcha sarfda sira yo‘qdur. Tilimizning avji to‘g‘risida ham boyligi, tugalligi bilindimi? Emdi so‘zni turkchaning baxtsizligina ko‘chiraman. Turk tili shuncha boyligi, shuncha tugalligi bilan baxtsizlikdan qutula olmamishdir. Turk tili dunyoning eng baxtsiz tilidir. Turkchaning baxtsizligi arab bosqini bilan bog‘lanmishdir. Arablar bosdiqlari o‘lkaga (12) yolg‘uz hukumatlarini emas, dinlarini, yo‘sunlarini-da tanitg‘on, ol(dir)g‘on edilar.

Musulmonlikning tubi, tomiri Qur’on bilan Hadisdir. Shuning uchun yangi musulmonlar arabcha o‘rganishni o‘zlariga vojib deb bildilar, o‘qidilar, o‘rgandilar, sevdilar. Bundan keyin forsicha va turkcha arabcha bo‘g‘uviga kirib qoldilar. Fors tilining holi butunlay yomonlashdi. Forslar o‘z tillarini tashladilar: yolg‘iz kitoblarini emas, o‘zaro yozuvlarini ham arabcha yoza boshladilar. Lekin bu ish ko‘b cho‘zilmadi. Fors tili bir silkinish bilan o‘zini arab bo‘g‘uvidan qutqara oldi. Fors tilining bu silkinishi Eron shoiri Firdavsiyning chiqishi edi. Firdavsiy arabchaliqqa qarshi qaynag‘on, qizig‘on bir millatchi edi. O‘ttiz yil tirishdi, dongli “Shohnoma” kitobini yozib chiqordi. “Shohnoma”ni yozib chiqaruvdan Firdavsiyning ikkita tilagi bor edi: Eron ulusini arabdan sovutib, eronli tuyg‘usini bermak va arab tilini Erondan surib chiqarmoq. Shuning uchun “Shohnoma”ning har bir yerinda eronlini maqtagan shoir arabliqqa kelganda:

Zahiri shutur xo‘rdanu susimor,


Arabro bajoyi rasidast kor.
Ki taxti Kayanro ko‘nad orzu
Tufu, bar tu, charx kardai tufu!

deb qiyqirmishdir. Bu so‘zlarning turkchasi shudir: Tuya suti bilan ilon eti yemakdan boshqa ish bilmagan arabning ishi, shu yerga chiqmishkim, Eron imperatorining(13) taxtini istaydir. O, shu ishga sabab bo‘lgan falak tufu senga, tufu!

Yana shuning uchundirkim, Eronda arabcha hokim bo‘lgan bir zamonda yozilg‘on “Shohnoma”da arabcha so‘zlar yo‘q darajada ozdir. Firdavsiy bu ikki tilakni bilib, onglab, ishga kirishganini bildirmakchi bo‘lib, yozadirkim:

Bas, ranj burdam soli si,


Ajam zinda kardam ba dini forsiy

demishdir. Turkchasi: “Bu o‘ttiz yil ichinda ko‘p emkaifim (14), Eronni forsicha yozdigim shu kitob ila turg‘izdim”, demakdir. Forsi ishdi shunday qilib yoqasini qutqarmish. Lekin, bizning baxtsiz turkchamiz bir Firdavsiy yetishtira olmamish.

Dunyoning eng boy tili bo‘lg‘on turkchamiz yolg‘uz arabcha qimruqlar (14) bilan emas, forsicha tepkilari bilan daxi ezilmishdir. Ko‘zlarimizni to‘rt ochib qaraylik, dunyoning eng buyuk hakimi bo‘lg‘on ibn Sino turkdir. Ikkinchi Arastu atalg‘on Forobiy turkdir. Arab tilini mangulik tirgizib kelgan Javhariy turkdir (15). “Vahdati vujud” falsafasining imomlaridan bo‘lgan Jaloliddin Rumiy turkdir. Forsiy adabiyotining payg‘ambarlaridan bo‘lg‘on Nizomiy daxi turkdir. Shu yerda otlari yozilg‘on kimsalar yolg‘uz turk ulusini emas, butun dunyoning ulug‘ kishilarindan erurlar.

Ikki turk ulusi bunlarning asarlarindan osig‘lanolmay (16) qolmish, balki o‘zlarini ham yaxshigina taniyolmay qolmishdir. Bunlar o‘z biliqlarini turkcha yozsalar edi, bukun turk ulusining holi ehtimolki boshqa turli bo‘lar edi. Baxtsizlik bundinda ortiq bo‘lurmikin?! Turk o‘g‘li turk bo‘lg‘on Mahmud G‘aznaviy Firdavsiyni chaqirib, turk ezilishini ko‘rsatg‘on “Shohnoma”ni yozdursin, deya har yo‘lig‘a bir oltun bersun. Shul baxtsizlikdirkim, turk o‘g‘li bo‘lg‘on Usmonli hoqonlari o‘z tuyg‘ularini forsicha she’r bilan so‘ylatmishdir (17). Yana shul baxtsizlikdirkim: Kafkaziya turklarining yoqalarin tutmish deya fors tilining hurmati uchun Sakson yerinda (o‘rnida) Hashtot dedirmishdir (18).

Turkcha baxtsizdir. Ming yildan beri ezila kelmishdir. Lekin, bitmamishdir. Bitmas, yashamishdir, yashar. Negakim boydir. Turkcha yashamishdir. Yashar, lekin o‘zini arab, fors tillarindan qutqara olurmi, yo‘qmi? So‘zni bu yerga yetirgach, barmog‘imni yaraning o‘zagina bosmish bo‘ldim. Bu so‘rdug‘img‘a ikki turli javob kelari belgilikdir. Ha, yo‘q. Emdi shu yo‘q deganlar bilan yurishaylik. Bunlar deyalarkim, turkcha arab, fors tillarindan qutulolmas, nechun? Mana dalillari: a) chunki arab, fors tillari boydir. Buning javobini berdikkim, turkcha ham boydir. Chunki, bu kungi turk dunyo-sining bilimli ulug‘ yozuvchilari shu yo‘lg‘a kirmishdir. Bunga javob beramizkim: Turk dunyosining ulug‘ hakimlari bo‘lg‘on Forobiy bilan Abu Ali o‘z asarlarini arabcha yozorg‘a qo‘l qo‘ygan edilar. Siz nechun ularning izidan chiqdingiz? Siz Abu Alining izidan chiqqanda, biz-da sizning izingizdan chiqa olsak kerak. Chunki tilimizda ko‘b narsaning oti yo‘qdir. Javobimiz: Bu so‘zdan tilagingiz nimadir? Shul choqda tilingizdagi arab, fors so‘zlarining turkchasi topilmaydur, demakchi bo‘lsangiz so‘zingiz yanglishdir. Turkchani bilmas ekansiz. O‘rganing. Hozirgi so‘zlarimizdagi arabcha, forschalardan bir nechasi uchun turkcha topilmaydir desangiz to‘g‘ridir. Biz ham ularni chiqarmoqchi emasmiz. Unlarni olurmiz, lekin o‘zimizniki qilurmiz. Turkchalashtirurmiz. “Qoida”ning turkchasi yo‘qdur. “Sarf”ning-da turkchasin topolmadik. Ikkisin daxi olurmiz. Lekin siz kabi “Havoyidi sarfiya” demasdan “Sarf qoidalari” dermiz. Chunki, ilmiy istilohlarning turkchasi yo‘qdir (19).

Kim dedi buni? “Shams”ning turkchasi “quyosh”dir. “Kavokib”ning turkchasi yulduzlardir. “Minvar”ning turkchasi olov, o‘tdir. “Sahobi munavvar” — yorug‘ bulut; “handasa” — o‘lchov xat, chiziq, “zoviya” — burchak, puchmoqdir. “Kavkabi sobita” — turg‘uvchi yulduzdir. “Kavkabi zu-zanab” — quyruqli yulduzdir.

Tuzuk bir necha istilohlarning turkchasini bu kungacha topolmag‘onmiz, ularni saqlarmiz. Chunki turkchamiz qabo (orqada)dir, do‘qqi (qo‘pol), adabiyot tili emasdir.

So‘z bu yerga keldimi, chidamoq qo‘ldan kelmas. Haboliq, do‘qqiliq ko‘rsatmoqchi bo‘lib deymizki: Siz ulusingizni sevmaysiz. Shuning uchun turk ulusi va turk tilining siz bilan ishi yo‘qdir. Qarshingizdagi kishilar bu so‘zni eshitib o‘tirmaslar, qilarini qilarlar. Men ulusimni jonimdan ortiq sevaman derlar. Bunlarning mana shu so‘zlari qumuchdir Tushingizda siz bir xotinni sevsangiz, tirishib, jon chekishib, kuch bilan uyiga kiribsiz, yoniga suqulgandan keyin yuziga qarab: “men sizni ko‘p sevaman, siz ko‘p chiroyliksiz, lekin shu ko‘zingiz ko‘p do‘qqidir, shuni chiqarib tashlang, burningiz yomon is beradir, shuni kesib oting”, desangiz sevgilingiz bo‘lg‘on xotin ikki-uch tayoq urib, sizni quvmasmi? Albatta, quvar. Turk ulusini sevamiz, lekin tili qabodir, musiqasi totsizdir, tarixi qorong‘udir deganlarning ham bir-ikki tayoq yeb, quvilmoqlari kerakdir. Lekin, turk tili baxtsizdir.



Lug‘at va izohlar

Maqola “Ishtirokiyun” ro‘znomasining 1919 yil 12 iyundagi 132-sonida bosilgan. Ko‘pchilikning e’tiborini tortgani, turli munozaralarga sabab bo‘lgani uchun shu ro‘znomaning 23 avgust sonida Fitrat “Tilimiz” sarlavhasi ostida yana chiqish qilgan va turli xat, savollarga javob bergan.
Qavs ichida berilgan izoh va tarjimalar Fitrat yoki ro‘znomachilar tomonidan bajarilgandir. Qavs ( ) belgisi ostida berilgan so‘zlar matbaada tushib qolgan so‘zlar bo‘lib, mazmun tushunarli bo‘lishi uchun shu usul bilan berishni lozim topdik. Matndagi ayrim chalkashliklar, o‘qilishi qiyin, o‘chib ketgan so‘zlarni tiklashga urunildi. Bu yo‘lda kamchiliklir bo‘lishi mumkinligini sezganimiz holda, mushtariylardan uzr so‘raymiz. Tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlarning izohi quyida beriladi.


Download 34,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish