O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/77
Sana26.04.2022
Hajmi1,68 Mb.
#583431
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77
Bog'liq
ЎзМУ хабарномаси

O„ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2021, [1/6/2]
ISSN 2181-7324 
 
TARIX 
http://science.nuu.uz/uzmu.php 
Social sciences 


O„zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
TARIX 
1/6/2 2021 
- 18 -
yordam berish ushbu ilmiy-tadqiqot institutining asosiy 
maqsad va vazifalaridan biridir. 
Gumanitar va madaniy tadqiqotlar institutining ―Ijti-
moiy va iqtisodiy tarix jurnali‖da M.Rahmatiy ―Sulton Abu 
Said Ko`ragoniy davrida Xurosonning iqtisodiy ahvoli‖ [2], 
M.Garovand, D.Nazariy, R.Farastodlar ―Temuriylar davrida 
Xuroson 
shaharlaridagi 
shialarning 
iqtisodiy 
ahvolini 
o`rganish‖ [3], M.Islohiy A.Anush, M.Islohiylar ―Oziq-ovqat 
va ovqatlanish: Temuriylar madaniyati tarixining vaqti-vaqti 
bilan namoyon bo`lishi‖ [4], V.Dinparast ―Ilxoniylar va 
Temuriylar istilosida ovdan harbiy maqsadda foydalanish‖ [5]
kabi mavzularda ilmiy maqolalar yozishgan. Bu maqolalarda 
tarixiy jarayonlarni eronlik tadqiqotchilar o`sha davr 
Movarounnahr, Xuroson va Eronning ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy va madaniy hayotiga bog`liq holda tasvirlashgan. 
Yuqorida keltirilgan V.Dinparast tomonidan tadqiq 
etilgan ―Ilxoniylar va Temuriylar istilosida ovdan harbiy 
maqsadda foydalanish‖ nomli maqolaga e`tiborimizni qarata-
miz. Muallif o`sha davrda harbiy sohadagi amaliyotni yanada 
rivojlantirish sifatida ovdan foydalanilganligiga alohida sifat 
berib o`tgan. Bundan tashqari ovdan qiyin vaziyatda oziq-
ovqat 
masalalarini 
hal 
qilishda 
ham 
foydalanilgan. 
H.Dadaboyev tomonidan yozilgan ―Amir Temurning harbiy 
mahorati‖ [6] kitobida bunga yetarli darajada izoh berilgan. 
―Besh-olti oydan beri g`anim ketidan izma-iz kelayotgan 
qo`shinning oziq-ovqati deyarli tugash arafasida edi… Og`ir 
vaziyatdan chiqish, ya`ni qahatdan xalos bo`lishning birdan-
bir iloji charga ovi qilishga amr qilinadi. Ov juda 
muvaffaqiyatli bo`ladi, ko`plab jayron, yovvoyi echki, kiyik 
va boshqa sahro jonivorlari o`lja qilinadi. Yemish 
muammosini hal qilgan Temurbek safarni davom ettiradi‖ [7]. 
1955-yilda mutaxassislar bilan munozaralar va 
suhbatlar paytida islom tarixi bo`yicha ilmiy-tadqiqot instituti-
ni tashkil etish zarurati aniq bo`lib qoldi. Shu tariqa Islom 
tarixi ilmiy tadqiqot markazi [8] tashkil etildi. Buning 
sabablari qisqacha: 
So`nggi bir necha asrlar davomida Islom tarixi bir 
qismi sifatida yozilgan bir qator voqealar, shu jumladan 
urushlarning yuzlab savollari va noaniqliklari sabablari 
javobsiz qoldirgan. Savollar va noaniqliklar, ularga aniqlik 
kiritish 
va 
ishonchli 
javob 
berish 
tarix 
tamoyilini 
shakllantirishda 
muhimroq 
hamda 
zarurroq 
bo`lishi 
hisoblangan. 
Tarixni yozishda islom va tarix bilan bog`liq bo`lgan 
va noaniq savollarga javob berishda samarali bo`lgan boshqa 
bir qator takrorlanadigan mavzular ko`rib chiqilgan bo`lsa-da, 
ko`pincha ularga yaxshi e`tibor berilmagan. 
Hozirgi kunda dunyoning muhim universitetlari va 
ilmiy-tadqiqot institutlarida Islomga qarshi kurashish uchun 
bir xil savollar (ya`ni jarayonlar) ko`rib chiqilmoqda. Ularda 
islomiy mamlakatlarni o`rganishga kam e`tibor berilgan. Shu 
sababli, bularning islomga qarshi harakatlarini yuqorida aytib 
o`tilgan Islom tarixi ilmiy tadqiqot markazi islomga qarshi
ma`lumotlarni to`xtatishda va unga qarshi qo`llashda samarali 
natijalar beradi. 
Bunday hodisalar bilan kurashish uchun dunyodagi 
barcha ilmiy jamiyatlar va manbalarga, shu jumladan barcha 
ilmiy markazlarning so`nggi tadqiqotlari va izlanishlariga va 
turli xil nazariyalarga ega bo`lgan yetarli ilmiy salohiyatga ega 
bo`lgan katta va keng qamrovli ilmiy-tadqiqot markazining 
mavjudligi juda zarurdir. 
Misol tariqasida ushbu ilmiy tadqiqot institutida 
Humon Mohammadiy Sharafobod, Shukuh Sadat Arabi 
Hoshimiy, Sohila Torobi Farsoniylarning ―Temuriylar 
davridagi naqshbandiya tariqatining fikriy-siyosiy nutqi (hijriy 
771-913)‖ [9] mavzusida ilmiy tadqiqotiga to`xtalib o`tamiz.
Bunda Temuriylar davri (hijriy 771-913 yillar) 
jamiyatda tobora ko`proq so`fiylik oqimlarining paydo 
bo`lishi, yuksalishi va faolligi davri bo`ldi. Demak, bu 
davrdagi 
odamlar 
avvalgi 
davrlarga 
qaraganda 
bu 
mazhablarga ko`proq qiziqish bildirgan. Ayni paytda, 
temuriylar jamiyatida so`fiylar sulolalarining mashhurligi va 
shuhrati bir xil bo`lmagan. Temuriylar jamiyatining xalq 
orasida ham, yuqori tabaqalari orasida ham juda salmoqli 
mavqega ega bo`lgan ana shunday tariqatlardan biri naqsh-
bandiylik edi. Uning nomi, faoliyati, boshliqlarining mash-
hurligi, tarafdorlari soni va temuriylar hukmronligi bilan 
aloqasi va hamjihatligi bu davr manbalarida ko`p uchraydi. 
Maqolaning asosiy masalasi, eng avvalo, nima uchun 
naqshbandiylik temuriylar davri jamiyatida salmoqli o`rin 
egallashga muvaffaq bo`ldi? Ikkinchidan, nega temuriylar 
hukumati bu so`fiylar avlodi bilan juda mustahkam aloqa 
o`rnatgan? Tasviriy-tahliliy va tarixiy usulda, kutubxona 
manbalariga tayangan holda olib borilgan ushbu tadqiqot 
natijalari shuni ko`rsatadiki, naqshbandiya tariqatining siyosati 
sunniy shariatga yaqin, ko`plab so`fiylik ta`limotlaridan esa 
shariatan uzoqdir. U xalq orasida o`z tarafdorlarini topdi. 
Ikkinchidan, Temuriylar hukumati bu so`fiylar sulolasining 
o`z hukmronligidagi xalq o`rtasidagi mavqeini to`g`ri 
anglagan holda ularning qonuniyligidan foydalanish uchun 
naqshbandiylikka yaqin edi. 
Oliy ta`lim muassasalariga to`xtaladigan bo`lsak, bu 
o`rinda Al-Zahro universitetida [10] Temuriylar davri 
masalalariga bag`ishlangan tadqiqotlar ham bor. Ushbu 
dargohning tarix fakulteti xodimi doktor Mehdi Farhoniy 
Munfaredning ―Temuriylar davri manbalarida Eron va Turon: 
madaniy munosabatga harbiy munosabat evolyutsiyasi‖ [11] 
nomli maqolasini keltirib o`tamiz. Bunda Eronning 
Temuriylar hukmronligi davri manbalarida Eron va Turon 
aloqalari 
haqida 
ikki 
xil 
munosabat: 
Temuriylar 
hukmronligining dastlabki o`n yilligini (Eron bosib olingan 
muddatdan boshlangan jarayon nazarda tutilmoqda) va bu 
sulolaning oxirgi o`n yilligini (Xurosondagi jarayonlar, 
xususan, Alisher Navoiy ijod qilgan davr nazarda tutilmoqda) 
alohida ta`kidlangan. Muallif asosan, Sharafiddin Ali 
Yazdiyning ―Zafarnoma‖sini [12] va Alisher Navoiy ijodini 
misol tariqasida ko`rsatib o`tgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning 
ijodini harbiy jihatning ramzi, Alisher Navoiyning ijodini esa, 
ham turkiy til va adabiyotni qayta tiklagan, ham fors adabiyoti 
va eron adib, san`atkor va olimlarining tarafdori ramzi sifatida 
eslatib o`tadi. O`z o`rnida yuqorida keltirilgan fikrlar ham 
tarixiy, ham adabiy jihatdan to`g`ri va asoslidir. Buning 
sababi, Amir Temur tomonidan imperiya asoslari endi tuzilib, 
shakllantirayotgan davrda kundalik hayot ko`proq harbiy 
yurishlar bilan o`tgan. Keyingi davrlarda Temuriylarning asta-
sekin harbiy harakatlardan madaniy va ilmiy faoliyatga o`tish 
jarayonlarini ko`rish mumkin. Jumladan, adabiy muhit har 
qachongidan ham yuksak darajaga ko`tarilgan. Bunga 
Abdurahmon 
Jomiy, 
Alisher 
Navoiy, 
Davlatshoh 
Samarqandiy, Lutfiy [13] kabi bir qator ijodkorlar yetishib 
chiqganligini misol bo`ladi. 
Sharafiddin Ali Yazdiyning ijodida ma`lum darajada 
eronliklarni hayratlantiradigan jumlalar keltirilgan. Muallif o`z 
asarida misol tariqasida Firdavsiy ―Shohnoma‖sining hayoliy 
qahramonlarini sanab o`tadi. Jumladan, u Amir Temurni 
Rustam bilan qiyoslaydi va uni ―Shohnoma‖ qahramonlarida 
ancha ustun deb biladi [14]. 
Yuqorida keltirib o`tilgan ma`lumotni, isboti sifatida 
Amir Temur Eronga kirib borgungacha bo`lgan muddatdagi 
barcha fors qahramonlari amalga oshirgan ishlardan ham 
kop`rog`ini ya`ni hayotning deyarli barcha tarmog`larida 
ijobiy ishlarni amalga oshirgan. Shuning uchun ham muallif 



Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish